Lug‘atlar bilan ishlash orqali mumtoz matnni o‘rganish. Ahmad Yassaviy hikmatlari misolida
Download 32.79 Kb.
|
1-seminar
Lug‘atlar bilan ishlash orqali mumtoz matnni o‘rganish.Ahmad Yassaviy hikmatlari misolida. Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim xonadonida tug‘iladi. Yetti yoshida otasidan, so‘ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo‘lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganib, so‘ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos soladi. U so‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini targ‘ib etishda she'rlaridan foydalanadi.Islom dini aqidalari va o‘z asoslagan g‘oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Qur'on" g‘oyalari va payg‘ambar Muhammad Alayhissalom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg‘ambar Muhammad Alayhissalom ta'limotida ulug‘langan ma'naviy-axloqiy xislatlar-muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo‘ylik targ‘ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo‘lishga undaydi.Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o‘rin tutadi. Ularning barchasida so‘fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g‘oyalar o‘z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida e'tirof etiladi.Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs-ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan "ko‘risha" oladi, nafsga mute' bo‘lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan: Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg‘on, Har kim topsa, rozi bo‘lib, bo‘yi sung‘on Yaxshilarga xizmat qilib duo olg‘on, Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q. Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg‘on, Bu gumrohdin so‘rmang savol, yo‘lda qolgan, Haqni topgan o‘zi pinhon, so‘zi pinhon Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga. Banda bo‘lsang mehnat tortg‘il g‘ofil odam, Oqil ersang g‘animatdur senga shul dam Omonatdir aziz joning yurma beg‘am, Eshitib o‘qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad. Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo‘lmagan o‘lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o‘tadi.Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo‘lini targ‘ib qilar ekan, insonni jaholat botqog‘idan xalos qilish lozimligiga urg‘u beradi. U "Shariatda orif-biloh bo‘lishni, tariqatda voqif-asror bo‘lishni, haqiqatda komil-mukammal bo‘lishni, ma'rifatda daryoi ummon bo‘lishni talab qiladi". Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo‘lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi. Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G‘azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,-unga muhabbat qo‘yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g‘olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir.Ahmad Yassaviy 63 yoshidan keyingi, ya'ni payg‘ambar yoshiga yetgandan so‘ng umrining davomini yerto‘lada o‘tkazgan. Shu bilan birga Yassaviya tariqati asoschisi hisoblanadi.Ular inson kamolotining ta'minlanishi uchun turli yo‘llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta'limoti g‘oyalariga ko‘ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifat mavjudligi ta'kidlanganligidan guvohlik beradilar. Shu o‘rinda Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos yana bir xususiyatni ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.Bu- nafsga qarshi kurash masalasidir.Shoir hamma vaqt nafsdek baloyi azimni yenga olmagan insonga achinadi,unga tanbeh beradi.Nafsini jilovlagan inson sabr-qanoatga erishadi.Agar oshiq bo‘lsa ,bunday sabrli ishq egasining “Mahshar kunida armoni” bo‘lmaydi deydi.Ishq muhokamasiga doir ushbu hikmatning boshqa bir bandida “Nafsni tepib dargohiga loyiq bo‘lg‘il” deb ta’kidlaydi.Bu ham nafsini yenggan va uning istaklarini bartaraf etgan insongina chin oshiqlikdir deydi. Ishqqa tushding, o‘tga tushding, kuyib o‘lding, Parvonadek jondin kechib axgar bo‘lding, Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding, Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q. Ushbu bandda chin oshiqning holi yana ham kuchaytirilib ko‘rsatiladi.Ishq dardiga uchragan insonda juda kata ruhiy o‘zgarishlar bo‘ladi.Yassaviy uni bamisoli o‘tga tushgan inson holiga qiyoslaydi.Ikkinchi misrada sham tegrasida aylanib kuygan,axgar –laxcha cho‘g‘ bo‘lgan kapalakka o‘xshatadi. Ahmad Yassaviyning “Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam” deb boshlanadigan hikmati murakkab emasi. Birinchi misradayoq mavzu yo‘nalishini anglash mumkin. Rabbim yodi ulug‘ yoddur aytur bo‘lsam, Asal yanglig‘ suchuk bo‘lur tilim mening. O‘zim faqir,qildim muqir,bo‘ldim haqir, Qanot qoqar uchar qushdek qushdek ko‘ngim mening. Muqir –arabcha so‘z bo‘lib iqror bo‘lmoq, bo‘yniga nolmoq ma’nolarini anglatadi. Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganda unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz kuch sifatida baho bergan. Nafs yo‘lig‘a kirgan kishi rasvo bo‘lur, Yo‘ldan ozib, toyib,to‘zib gumroh bo‘lur. Yotsa qo‘psa shayton bilan hamroh bo‘lur, Nafsni tepkil,nafsni tepkil, ey badkirdor. Shuni takidlash kerak Ahmad Yassaviy hikmatlarini xalq sevib o‘qishining sababi shunda deb o‘ylaymanki xalq og‘zaki ijodiga juda yaqinligidadir deb. Rohat tashlab,jon mehnatim xushlag‘anlar, Saharlarda jonin qiynab ishlag‘anlar, Ho-yu havas, moumonni tashlag‘anlar Chin oshiqdir,hargiz oni yolg‘on yo‘q. Ahmad Yassaviy she’riyatidagi obrazlar tizimi ham tasavvuf ta’limoti hamda xalq og‘zaki ijod an’analari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan.Pir,darvish,ishq,obid,oqil,zohid,ishq,tolib,ummat,rasul, oshiq,obid,shayton, Iymon kabi obrazlar bevosita sharq diniy-islomiy falsafiy,yo‘l,rabot, karvon, o‘q kabilar xalq og‘zaki ijod an’analari bilan bog‘liq. Download 32.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling