Oʻzbek ismlarida evfemizatsiya va uning disfemizatsiyalashuviga oid muammolar xurshida Kadirova
Download 384.7 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-ismlarida-evfemizatsiya-va-uning-disfemizatsiyalashuviga-oid-muammolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad (s.a.v.)
- Itboy
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 814 w www.oriens.uz October 2022 Begmatovning «Oʻzbek ismlari» 13 kitobi bu borada munosib qoʻllanma boʻlibdi. Kitobning 600-betida shunday yozilgan: «Ismlar va ularning milliy shakllariga loqaydlik bilan munosabatda boʻlish ba’zi oʻzbekcha nomlarning ruscha buzilgan shaklini «ijod qilish»da ham koʻrinadi. Natijada ba’zi ota-onalar oʻz farzandlarining, yoshlar esa oʻz doʻstlari, oʻrtoqlarining, aka-ukalar yo opa-singillarining ismlarini Alik (Alisher, Ahmadjon), Gulya (Gulnora, Gulandom), Dilya (Dilbar, Dilorom)… shakllarida buzib aytishadi. Bunday nombozlik, nombuzarlik harakati ona tiliga, qolaversa, rus tiliga ham hurmatsizlikdir” 14 . Jurnalistning mushohada va olimning ishiga boʻlgan munosabati oʻrinli. Biroq, rus tilidagi bunday qisqartmalar ham, aytish joizki, evfemizaцiyaning oqibatidir. A. Ahmetov ruslarda bola yoshligida Kolya, Sasha, Misha ulgʻayganida esa Nikolay, Aleksandr, Miхail deb atalishini evfemik yondashuv deb hisoblaydi. Bunda soʻzning quvvati va sehri borligi, ulgʻayganlarida uni oʻzgartirish orqali umrni uzaytirish niyati, maqsadi borligini tushuntiradi. Yangi nom hayotni qayta boshlashga imkon beradi deb ishonganliklarini aytadi. 15 Mamlakatimiz hududida, bugungi kunda kamayib borayotgan boʻlsada hali- hanuz Muhammad (s.a.v.) atamasining ism tarkibidagi mamat, mat shakllari uchrab turadi. Irismat, Ismat, Ismatyor, Isomamat, Isomat, Ismatmirza, Ismatqul shular jumlasidan. b) tarkibida “it” ma’nosi boʻlgan ismlarni oʻzbek ismlari roʻyхatidan olib tashlash. Birliklardagi disfemik ma’no faqat muayyan makon va zamon bilan bogʻliq holda yuzaga chiqadi va shu asosda idrok etilar ekan, disfemik ma’no, evfemizmlarda boʻlgani kabi asosan etnik steriotiplar bilan bogʻlanadi va belgilanadi. Bu ismlar, tinglovchi nuqtai nazarida insonning itga mengzalishidek disfemik taassurotli boʻlishi mumkin. Garchi nutqiy хarakterga ega boʻlsa ham, bir denotativ mazmun ifodalovchi evfemik va disfemik birliklarni oʻzaro qiyoslash asosida ularning nisbiy evfemiklik va disfemiklik qiymati baholanadi. Demak, mazkur birliklarga munosabat bildirganda nisbiylik tamoyiliga tayanish maqsadga muvofiq. 16 Masalan, Itboy (oʻz. – itdek arzimas bola. Bu ism chaqaloqqa u yomon koʻzlardan uzoq boʻlsin, unga koʻz tegmasin deb beriladi), Ityemas (oʻz. – “bu bolani tashlasang, it ham emaydi, u shunchalik yomon, jirkanch” degan ma’noda beriluvchi ism. Bu bilan chaqaloqni oʻlimdan asrash koʻzda tutiladi), Itjon (oʻz. – itdek arzimas bola. Bolaga koʻz 13 Бегматов Э. Ўзбек исмлари. - Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1998. 14 Тўлқин Эшбек. http://uchildiz.uz/%D0%B8%D1%81%D0%BC%D0%BB%D0%B0%D1%80- %D0%B6%D0%B8%D0%BB%D0%BE%D1%81%D0%B8/ 15 Ахметов А. Туркi Тiлдерiнден табу мен эвфемизмдер. Алмати: Ғўлўм, 1995. 31-33 б. 16 Qodirova X. O`zga tilli guruhlarda mental хususiyatga ega evfemizm va disfemizm hodisalarini tushuntirishning muhim jihatlari. // O`zbek tilini ikkinchi va xorojiy til sifatida o`qitish masalalari: muammo, yechim, istiqbollar. ToshDO`TAU, Respublika ilmiy-amaliy anjuman metriallari. – Toshkent, 2020 yil, 20 may. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling