Oʻzbek ismlarida evfemizatsiya va uning disfemizatsiyalashuviga oid muammolar xurshida Kadirova


Download 384.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana06.11.2023
Hajmi384.7 Kb.
#1752635
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
o-zbek-ismlarida-evfemizatsiya-va-uning-disfemizatsiyalashuviga-oid-muammolar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
814 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
Begmatovning «Oʻzbek ismlari»
13
kitobi bu borada munosib qoʻllanma boʻlibdi. 
Kitobning 600-betida shunday yozilgan: «Ismlar va ularning milliy shakllariga 
loqaydlik bilan munosabatda boʻlish ba’zi oʻzbekcha nomlarning ruscha buzilgan 
shaklini «ijod qilish»da ham koʻrinadi. Natijada ba’zi ota-onalar oʻz farzandlarining, 
yoshlar esa oʻz doʻstlari, oʻrtoqlarining, aka-ukalar yo opa-singillarining ismlarini 
Alik (Alisher, Ahmadjon), Gulya (Gulnora, Gulandom), Dilya (Dilbar, Dilorom)… 
shakllarida buzib aytishadi. Bunday nombozlik, nombuzarlik harakati ona tiliga
qolaversa, rus tiliga ham hurmatsizlikdir”
14
. Jurnalistning mushohada va olimning 
ishiga boʻlgan munosabati oʻrinli. Biroq, rus tilidagi bunday qisqartmalar ham, aytish 
joizki, evfemizaцiyaning oqibatidir. A. Ahmetov ruslarda bola yoshligida Kolya, 
Sasha, Misha ulgʻayganida esa Nikolay, Aleksandr, Miхail deb atalishini evfemik 
yondashuv deb hisoblaydi. Bunda soʻzning quvvati va sehri borligi, ulgʻayganlarida 
uni oʻzgartirish orqali umrni uzaytirish niyati, maqsadi borligini tushuntiradi. Yangi 
nom hayotni qayta boshlashga imkon beradi deb ishonganliklarini aytadi.
15
Mamlakatimiz hududida, bugungi kunda kamayib borayotgan boʻlsada hali-
hanuz Muhammad (s.a.v.) atamasining ism tarkibidagi mamat, mat shakllari uchrab 
turadi. Irismat, Ismat, Ismatyor, Isomamat, Isomat, Ismatmirza, Ismatqul shular 
jumlasidan.
b) tarkibida “it” ma’nosi boʻlgan ismlarni oʻzbek ismlari roʻyхatidan olib 
tashlash. Birliklardagi disfemik ma’no faqat muayyan makon va zamon bilan bogʻliq 
holda yuzaga chiqadi va shu asosda idrok etilar ekan, disfemik ma’no, evfemizmlarda 
boʻlgani kabi asosan etnik steriotiplar bilan bogʻlanadi va belgilanadi. Bu ismlar, 
tinglovchi nuqtai nazarida insonning itga mengzalishidek disfemik taassurotli boʻlishi 
mumkin. Garchi nutqiy хarakterga ega boʻlsa ham, bir denotativ mazmun ifodalovchi 
evfemik va disfemik birliklarni oʻzaro qiyoslash asosida ularning nisbiy evfemiklik 
va disfemiklik qiymati baholanadi. Demak, mazkur birliklarga munosabat bildirganda 
nisbiylik tamoyiliga tayanish maqsadga muvofiq.
16
Masalan, Itboy (oʻz. – itdek 
arzimas bola. Bu ism chaqaloqqa u yomon koʻzlardan uzoq boʻlsin, unga koʻz 
tegmasin deb beriladi), Ityemas (oʻz. – “bu bolani tashlasang, it ham emaydi, u 
shunchalik yomon, jirkanch” degan ma’noda beriluvchi ism. Bu bilan chaqaloqni 
oʻlimdan asrash koʻzda tutiladi), Itjon (oʻz. – itdek arzimas bola. Bolaga koʻz 
13
Бегматов Э. Ўзбек исмлари. - Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 1998.
14
Тўлқин 
Эшбек. 
http://uchildiz.uz/%D0%B8%D1%81%D0%BC%D0%BB%D0%B0%D1%80-
%D0%B6%D0%B8%D0%BB%D0%BE%D1%81%D0%B8/  
15
Ахметов А. Туркi Тiлдерiнден табу мен эвфемизмдер. Алмати: Ғўлўм, 1995. 31-33 б. 
16
Qodirova X. O`zga tilli guruhlarda mental хususiyatga ega evfemizm va disfemizm hodisalarini tushuntirishning 
muhim jihatlari. // O`zbek tilini ikkinchi va xorojiy til sifatida o`qitish masalalari: muammo, yechim, istiqbollar. 
ToshDO`TAU, Respublika ilmiy-amaliy anjuman metriallari. – Toshkent, 2020 yil, 20 may.



Download 384.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling