O’zbek kinosi tarixi
Download 126.19 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek kinosi tarixi
O’ZBEK KINOSI TARIXI Xoliqov Mirjalol K.Behzod nomidagi MRDI 2-kurs magistranti
1897-yili Toshkent shahrida kinofilmlarning birinchi namoyishi bo’lib o’tgan. 1925-yili “Bu kino” o’rtoqligi tomonidan “Sevzap kino” bilan ham korlikda bir qator hujjatli filmlar hamda “O’lim minorasi” deb nomlanuvchi badiiy fil mini ishlab chiqargan. Xuddi shu yili “Musulmona yol” badiiy filmi tomoshabinlar hukmiga havola qilingan. 1925-yili “Sharq yulduzi” kino fabrikasi barpo etilib, u yerda hujjatli, ilmiy ommabop va badiiy filmlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. “Sharq yulduzi” kino fabrikasi tomonidan suratga olingan birinchi badiiy film “Paxtaorol” deb nomlangan. So’ngra o’sha davrlardagi O’zbekistonda mavjud bo’lgan muammolarga, ya’ni ayollar ozodligi,yer-suvreformasiga bag'ishlangan filmlar yaratilgan: “Ikkinchi xotin”, “Ravot shoqollari” va “Chodira” (1927-y.), “Yopiq furgon” (1928-y.), “Avliyo qizi” (1931-y.), “Ramazon” (1933-y.). 1931- yili rejissyor N.G'aniev tomonidan suratga olingan “Yuksalish” filmida birinchi bora O’zbekistonda industrializatsiya jarayoni ko’rsatilgan. 30-yillarning birinchi yarmida tarixiy – “Tong oldidan” (1933-y., rej. S.Xo’jaev) hamda bolalar uchun “Qilich” (1936-y., rej. Y.A’zamov) badiiy filmlari yaratilgan. Rejissyor N.G'aniev tomonidan suratga
olingan “Yigit”
(1936-y.) filmi
bilan o’zbek
kinematografiyasining boshlang'ich bosqichini hoyasiga yetadi. Ovozsiz kino davrida o’zbek kinematografiyasining rivoji garejissorlardan O.N.Frelix, K.Gertel, M.Doronin, N.N.Klado, operatorlardan A.Dorn, A.Bulinskiy, V.Shevchenko, V.Timkovskiylar o’z hissalarni qo’shdilar. 1 Shu yillarda respublikamizda bir qator milliy kino san’atining nomoyondalari yetishib chiqdi: N.G'aniev, K.Yormatov, M.Qayumov, E.Hamroev, Y.A’zamov, A.Saidovva boshqalar. O’zbek kinochilarining samarali ijodi hamda suratga olish
1 Abdulqosimova X. yanabirboro’zbekkinosixususida // Guliston. 1999, 5-son
texnikasining zamonaviylashtirilishi oqibatida ovozlikinoga o’tish jarayoni oson kechdi. Birinchi o’zbek ovozlifilmi bo’lmish “Qasam” (1937-y., rej. A.G.Usolstev) o’zbek qishlog'I hayoti haqida hikoya qiladi. Mazku rfilmdaY.Bobojonova, A.Ismatov, L.Sarimsoqovalar kabi aktyorlar ishtirok etganlar. 2 Ikkinchi Jahon urushi davrida O’zbekistonga boshqa respublikalar kino studiyalari evakuastiya qilindi. Toshkentda Moskva, Leningrad, Kiyev kino studiyalari xodimlari faoliyat yurita boshladilar. Bu yerda turlistudiyalar ham korligida “Ikki jangchi”, “Aleksandr Parxomenko” (rej.L.Lukov), 217-raқamli odam” (rej.M.I. Romm), “Nasriddin Buxoroda” (rej.Y.Protozanov) kabi filmlar yaratildi. O’zbek kino rejissorlari omonidan esa “Biz g'ala baqilamiz!” (rej.K.Yormatov), “Mardonavor do’stlar” (rej.N.G'aniev) filmlar suratga olindi. O’tgan asrning 40- yillarida o’zbek kinematografiyasining zarvaraqalariga kirgan kino asarlar yaratildi: “TohirvaZuhra” (1945-y.), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1947-y., rej. N.G'aniev), “AlisherNavoiy” (1948-y., rej. K.Yormatov). Realistik usulda suratga olingan bu filmlar uzoq o’tmishda gihay ottarzini, jamoatchili korasidagi kechgan jarayonini aks ettirdi. Bulardan tashqari 1948-yili rejissor N.G'aniev tomonidan paxtakor qiz taqdiri haqida hikoya qiluvchi “Farg'onaqizi” filmini yaratdi. 1958- yili “Sharq yulduzi” kino fabrikasi “O’zbekfilm” kinostudiyasi deb nomlana boshlandi. Bu dargohda 50-yillardan boshlab dolzarb masalalarga qaratilgan filmlar suratga olina boshlandi:“Opa-singil Rahmonovalar” (1955-y.), “Atir gulgullaganda” (1959-y., rej. K.Yormatov), “Maftuningman” (1959-y., rej. Y.A’zamov), “Abu Ali ibn Sino” (1957-y., rej. K.Yormatov), “Qutlug' qon” (1956-y., rej. L.Fayziev), “Furqat” (1959-y., rej. Y.A’zamov). 3 1959-yili “O’zbekfilm” kinostudiyasi Toshkent shahridagi Chilonzor ko’chasida joylashgan yangi binoga ko’chib o’tdi. Bu yerda o’zbek kinosi arboblari bilan bir qatorda Sh.Abbosov, A.Xachaturov, A.Hamroyev, D.Salimov, R.Botirov, X.Aҳmar, U.Nazarov, Қ.Komolova kabi rejissorlar, operatorlar H.Fayziev, D.Fatxullin, L.Travistkiylar ijod qila boshlashdi. Bu davrlarda “O’zbekfilm” kino
2 www.google.com .
3 www.google.com .
studiyasi dasuratga olingan filmlar mavzu va janrlarning turli-tumanligi bilan farqqila boshladi: «Sinchalak» (1961-g., rej. L.Fayziev), “Tunda o’tgan hayot” (1966-y.,rej.U.Nazarov),“Sevishganlar”(1969-y.,rej.E.Eshmuhamedov), “Seni
kutamiz,yigit”(1972-y.,rej.R.Botirov), “Ulug'bek yulduzi”(1965-y., rej. L.Fayziev), “O’tkankunlar”(1970-y.,rej.Y.A’zamov),“Sen yeti memasan”(1963-y.,rej. Sh.Abbosov), “Qirq birinchi yilolmalari” (1970-y., rej. R.Botirov), “Oy borib, omon qayt!”(rej.L.Fayziev).1965-yildan boshlab “O’zbekfilm” kino studiyasida multiplikatsion filmlar va 1966-yildan “Nashtar” satiric kino jurnali ishlab chiqarila boshlandi. “O’zbekfilm” kinostudiyasida 70-yillarda yaratilgan filmlarda o’zbek xalqining tarixini ifoda qiluvchi sahifalarni yoritgan, tarixiy shaxslar bo’lmish Nodira, Mushfiқ, Beruniyҳamda Abu Ali ibn Sino obrazlari kino tasma orqali xalqimiz hukmiga havola qilindi: “Odamlar orasida” (1974-y., rej. K.Yormatov),“Dahoningyoshligi”(1983-y.,rej.E.Eshmuhamedov).Shu yillarda bolalar uchun ishlangan filmlar ham rivoj topdi. “Qaldirg'ochlar bahorda uchib kelishadi” (1975-y., rej. X.Ahmar), “Shum bola” (1977-y., rej. D.Salimov) kabi filmlar an’analarimizni qadrlashga, tabiatni asrashga o’rgatadi. O’tgan asrning 70- yillarida xorijiy kino studiyalar bilan hamkorlikda filmlar yaratildi: Bolgariya bilan 1977-yili “Ikki soldat haqida qissa” (rej. Sobitov), Yugoslaviya bilan 1979-yili “Muhabbat va nafrat” (rej. R.Botirov), Hindiston bilan 1980-yili “Ali bobo vaqirq qaroqchi” (rej. L.Fayziev, U.Mexra). 1975-yili “O’zbekfilm” kinostudiyasi dassenari yustaxonasi yuzaga keldi. Vatanimiz mustaqillikni qo’lga kiritgach “O’zbekfilm” kino studiyasida suratga olingan filmlar turli xalqaro kino festivallarda ishtirok etish huquqiga ega bo’ldi. “Erkak” filmi (rej. Yu.Roziqov) Moskva xalqaro kino festivalida “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida Gran- Prisovrini qo’lga kiritgan. So’nggi yillarda “O’zbekfilm” kino studiyasida yaratilgan filmlar ko’plab festivallarda ishtirok etib, salmoqli mukofotlarni qo’lga kiritmoqdalar. Shu bilan birga ular yordamida xorijiy davlatlarda gikino tomoshabinlar xalqimiz an’analari, mustaqillikda vrida erishgan yutuqlarimiz hamda turmush tarzimiz bilan tanishishga muvaffaq bo’lishmoqda. “Dev bilan pakana”, “18-kvadrat”, “Suvyoqalab” (rej. J.Қosimov), “Osmondagi bolalar”, “Vatan”, “Oyostida gihovli”, “Abdullajon”, “Oyijon” (rej. Z.Musoқov), “Qorayol”, “Zabarjad” (rej. B.Odilov), “Orol – baxtim manim!” (rej. R.Galiev, T.Qalimbetov), “Tahdid” (rej. H.Nasimov) kabi filmlar shular jumlasidandir.
1. Abdulqosimova X. Yana bir bor o’zbek kino six ususida // Guliston. 1999, 5-son 2. www.google.com. 3. Karimova N. Ekranda zamondosh obrazi // Guliston. 1997. 5-son 4. www.ziyonet.uz
Download 126.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling