,,YUQORI PLITA’’ DETALINI ZAGATOVKALARINI OLISHDA SHTAMPOVKA USULIDA OLISH
Abdumalikov Mahmudjon Alisher o’g’li, Andijon mashinazolik instituti, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” yo'nalishi
3-kurs talabasi
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida bugungi kunda iqtisodiyotning barcha jabxalarida keskin burilishlar, o’zgarishlar va rivojlanishlar sodir bo’lmoqda. Ushbu rivojlanishlarning asosiy sababi esa oqilona yuritilayotgan iqtisodiy jarayonlar va tadbirkorlikka asoslangan holda qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlardir.
Davlatimizning dunyodagi sanoati rivojlangan mamlakatlaridan o‘z o‘rnini egalallashda yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ko’rsatilgan asosiy masaladir. Bunday mutaxassislar zamonaviy mashina va jihozlarni ishlab chiqarishni, loyihalashni, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlaridan foydalanishni, raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar asosida yuqori unumdorlikdagi moslanuvchan ishlab chiqarish modullarni va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni har tomonlama bilishlari va ulardan foydalana olishlari kerak. Shuning uchun kurs ishi zamonaviy mashina va jihozlarini ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish maqsadida ilg‘or texnika va yuqori texnologiyalardan foydalangan holda bajarilishi kerak.
Jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratuvchi va mamlakatimizning texnik taraqqiyotini rivojlanishini belgilovchi soha mashinasozlikdir. U sanoatning turli tarmoqlarini yangi texnika, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydi. Shu sababli mashinasozlik ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatuvchi sanoatning muhim ko’rsatkichlaridan biridir
Yuqori plita mashinasozlikda, sanoatda, qishloq xo’jaligidagi mashina,mexanizm va uzellarda juda ko’plab foydalinadi Ст3 ГОСТ 380-71 , og’irligi m=1,1 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |