Özbek kompazitorlari ijodida davriya shakli


Download 23.37 Kb.
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi23.37 Kb.
#1041944
  1   2
Bog'liq
Özbek kompazitorlari ijodida davriya shakli.


Özbek kompazitorlari ijodida davriya shakli. 
REJA:
- Hamza Hakimzoda Niyoziy, M.Ashrafiy
- Yu.Rajabiy, T.Jalilov
- M. Burxonov, S.Yudakov
- G.Mushel, S.Boboyev

Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yilning 7-martida Qo‘qonda tabib oilasida tug‘iladi. ”Otam savodli bo‘lgani uchun men 1899 yildan 1906 yilgacha madrasada eski usul bilan dars o‘qishda davom etdim” — deb Hamza tarjimai holida aytib o‘tgandi. Madrasadagi o‘qishlarni u ma’qul topmasdan tinimsiz o‘z ustida ishlay boshlaydi. Sharq adabiyotining ulug‘ siymolari ijodini qunt bilan o‘rganadi va 1905 yildan boshlab ijodiy mashiqlarga berilib ”Nihon” taxallusi bilan she’rlar, g‘azallar yoza boshlaydi. 1905-1915 yillar davomida Hamzaning 214 ta she’riy turkumi nashrdan chiqadi.
Hamza el-yurtining istiqloli va istiqboliga xizmat qilishdek olijanob maqsad bilan nafas oladi va yurtdoshlarini bu ayanchli turmush girdobidan ro‘shnolikka olib chiqish yo‘llarini axtaradi. Nihoyat o‘sha davrning peshqadam ziyolilari kabi ma’rifatparvarlik bosqichiga ko‘tariladi va hamma narsaning bosh omili, imkoni, davosi bu ilm-ma’rifat degan xulosaga keladi. Hamza dastlab Toshkentda, keyinchalik Qo‘qon va Turkiston shaharlarida ”usuli savtiya” - yangi usuldagi maktab ochadi. Maktab o‘quvchilariga sharoit yaratish maqsadida ”Yordam jamiyati” tuzadi. Boshlang‘ich sinflar uchun ”Yengil adabiyot”, ”Qiroat kitobi” qo‘llanmalarini yozadi va o‘zi ham muallimlik qiladi. Bundan tashqari ”O‘qishni”, ”Qalam”, ”Bilim”, ”Maktab” kabi she’rlar va ”Yangi”, ”Baxt”, ”Feruzaxonim” nomli povestlarini yozib tomomlaydi. Hamza ”Biz ishchimiz”, ”Yashangiz ishchi dehqonlar”, ”Berma erkingni qo‘ldan” kabi o‘nlab she’rlari tufayli ”inqilob kuychisi” deb taniladi. U 1918 yilda Farg‘onada musiqali dramatik truppani tashkil etadi. Hamza Hakimzoda Niyoziy O‘zbekiston hukumatining 1926 yilning 27 fevralidagi qarori bilan ”O‘zbekiston xalq yozuvchisi” degan faxriy unvonga munosib ko‘riladi. Hamza 1929 yilda vafot etadi.
Muxtor Ashrafiy Ashrafovich 1912 yil Buxoroda tug‘iladi. M.Ashrafiy kompazitor, dirijyor o‘zbek operasi asoschilaridandir. O‘zbekiston xalq artisti, Samarqand musiqa va xoreografiya institutida tahsil olgan. Petrburg konservatoriyasini dirijyorlik bo‘yicha to‘gatgan. Birinchi asari ”’Sadrash” marshi Tolibjon Sodiqov va Sharif Romozonov bilan hamkorlikda yuzaga kelgan. Ustozi S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda ilk operalari ”Bo‘ron”, ”Buyuk kanal”ni yaratgan ”Qahramonlik”, ”G‘oliblarga shon-sharaflar” simfoniyalarini, ”Dilorom”, ”Shoir qalbi” operalari, ”Sevgi tumori”, ”Matonat”, ”Muxabbat va qilich” baleti ”Rustam haqida doston” oratoriyasi o‘zbek musiqa madaniyatiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. ”Baxt taronasi” kantatasi ”Bahor eli”, ”Nasriddin Buxoroda”, ”Opa-singil Rahmonovalar”, ”Natashaxonim”, ”Koniyut g‘orining siri”, ”Semurg‘”, ”Gang uzra tong” kabi kinofilmlarga musiqalar yozgan, simfonik poema va syuitalar yaratgan. ”Dilorom” operasi asosida birinchi o‘zbek film-operasi yaratildi. Toshkent konservatoriyasi Ashrafiy nomiga qo‘yilgan edi.
XX asr o‘zbek san’atiga o‘lkan hissa qo‘shgan sa’atkorlar sulolasi bishlig‘i Yunus Rajabiy. Yu.Rajabiy 1897 yili Toshkentda tug‘iladi. U bastakor, xonanda va sozanda, o‘zbek musiqa merosini to‘plovchisihamdir. O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston FA akademigi Yu.Rajabiy ilk saboqni madrasada olganidan so‘ng Turkiston xalq konservatoriyasida, Toshkent oliy musiqa maktabining kursida hamda Moskvada tashkil etilgan bastakorlar kursida ta’lim oladi. U dutor cholishni Mirza Qosimdan o‘rganadi. O‘zbekiston radiokometeti qoshidagi xalq cholg‘u ansambilini tashkil qiladi va o‘zi bu ansamblga rahbarlik qiladi. Yangiyo‘l teatrida va O‘zbekiston teleradiosining ”Maqom” ansambli rahbari lavozimida ishlaydi va bir qancha maqomlarni ansamblda o’rgatadi. Uning dasturidan maqomning ba’zi parchalari o‘rin olgan. Masalan: ”Griya”, ”Ushshoq”, ”Ko‘cha bog‘i”, ”Eshvoy”, ”Kurd”, ”Qalandariy” va hokozo. Bir qancha qadimiy o‘zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan. Jumladan: ”Subhidam”, ”Yolg‘iz”, ”Sayqal”, ”Fig‘on”, ”Oraz”, ”Begi Sulton” va boshqalar. Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yu.Rajabiy o‘zbek musiqa dramasining shakllanishida ham muhim hissa qo‘shadi. Dastlab ”Farxod va Shirin”, ”Layli va Majnun”, ”Rustam”, ”Avaz”, ”Hosilxon” kabi spektakllarga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan, keyinchalik B.Nadijdin bilan hamkorlikda ”Qasos”, N.Mironov bilan ”Qo‘chqor To‘rayev”, G.Mushel bilan ”Muqanna”, O.Halimov bilan ”Nodira”, B.Zeydman bilan ”O‘g‘il uylantirish”, Sayfi Jalil bilan birgalkda ”Navoiy Astrabodda” singari musiqali dramalarini yaratgan. U ”Zaynab va Omon” operasining sahnada qo‘yilishida ham ishtirok etadi.

Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling