Özbek kompazitorlari ijodida davriya shakli
T.Jalilov 1895 yil Andijonda tug‘iladi
Download 23.37 Kb.
|
1 2
Bog'liqÖzbek kompazitorlari ijodida davriya shakli.
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.Burxonov 1916 yil Buxoroda tuilgan
- Yudakov Sulaymon Aleksandrovich
- Georg Mushel
- Sobir Boboyev
T.Jalilov 1895 yil Andijonda tug‘iladi. U atoqli sozanda va bastakor, o‘zbek musiqali drama janri asoschilaridan. O‘zbek xalq artisti (1937), Usta Ofoq Oxun va Muhammad Usmon tanburchilardan ta’lim olgan. 1918-20 yillarda tashviqot birgadasiga xonanda va sozanda, milliy musiqa to‘garagi (1923-26), Andijon musiqali drama teatri (1929-34), Toshkentdagi o‘zbek davlat muisqali teatri (1934-36), o‘zbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs ansambli(1937-40), Muqumiy teatrida badiiy rahbar (1940-52), musiqa rahbari (1952-66) lavozimlarida faoliyat olib boradi.
O‘zbek mumtoz shoirlaridan Navoiy, Furqat, Muqumiylar (”Gulistonim mening”) va boshqa g‘azallariga bastalagan ashulalari, ”Signal” (xalq so‘zi), ”Dovruq” (K.Ahmadiy she’ri), ”Aziz Vatanim” (Habibiy), ”Kokuliy” (S.Zununova), ”Yalla” va ”O‘ynasin” (Uyg‘un) kabi qo‘shiqlari ommaviylashib ketgan. S.Abdulla she’riga bastalagan ”To‘ylar muborak” qo‘shig‘i nikoh to‘ylarida doimiy ravishda sevib kuylanadi. 1925-27 yillsharda o‘zbek konsert etnografik ansamblining Qozoq, Moskva, Leningrad, Baku shaharlari buylab va chet el (Parij, Berlin)da bergan konsertlarida faol qatnashgan. Xalq raqslari jahon festvali (London 1935)da ishtirok etib oltin medalga sazovar bo‘lgan. Eronga ijodiy safarga borgan konsert brigadasining o‘zbek gruppasiga rahbarlik qilgan. M.Burxonov 1916 yil Buxoroda tuilgan. O‘zbek kompozitori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arboboi.. 1928-32 yillarda ustozlaridan Ota Jalolidin Nosirov, Domla Halim Ibodov, Matyusuf Harratov kabi sozanda va xonandalardan xalq musiqa merosini o‘rganadi. 1935-39 yillarda Moskva konservatoriyasi qoshidagi opera studiyasida 1939-41 va 1947-49 yillarda esa Moskva konservatoriyasida S.N.Vasilenkodan kompozitsiya bo‘yicha ta’lim olgan. M.Burxonovning kompozitorlik ijodi 1930 yillarning ikkinchi yarmidan boshlanadi. U dastlab 1935 yili “Ey bulbul” (A.Lohutiy 1939), “Ba chashmonat qasam” (Mashrab 1939), “Ishq o‘ti” (Uyg‘un 1943), “Ishqida” (Navoiy 1949), “Namedonam chi nom darad” kabi romanslar va “A.Navoiy” dramasi (Uyg‘un va I.Sulton 1943) ga musiqalar bastalagan. 1942 yilda T.Jalilov, T.Sodiqov, M.Vaynberg, A.Kulumovlar bilan hamkorlikda “O‘zbekiston qilichi” musiqali dramasini yaratadi. 1947 yilda shoir T.Fattox she’ri asosida o‘sha davrning davlat gimnini ijod qiladi. 1950 yilda Sh.Tuyg‘un “Hikmat” dramasiga musiqa yozadi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlar qo‘shiqlarini o‘zbek xalq cholg‘u asboblari va jo‘rsiz xor uchun qayta ishlab respublikamizning barcha viloyatlarida tanilgan. Burxonovning “Samolyot”, “Kapalak”, “Vatan qo‘shig‘i”, “Ashula bayami” kabi ko‘pgina bolalar qo‘shiqlari ham mashhur kompozitor qalamiga mansubdir. Yillar davomida “Baxor qushlari” (1957) poempsini yozgan. 1957 yilda “Abu Ali Ibn Sino” simfonik syuitasini yaratgan (A.Oripov 1968) “A.Navoiyga qasida” kabi katta shakldagi asarlar yaratadi. M.Burxonov, I.Akbarov va M.Leviyevlar hamkorlikda “Abu Ali Ibn Sino”, “Samalyotlar qo‘nolmadi”, “Maftunigman”, “Orol baliqchilari”, “Surayyo”, “Boy ila xizmatchi”, “Istiqlol yo‘li” fil’mlariga musiqalar bastalagan. U vokal xor asarlariga xalq merosidan ijobiy foydalangan. Yudakov Sulaymon Aleksandrovich 1916 yil Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq artisti (1976 yil). Moskva konservatoriyasi qoshidagi Rabfakni musiqa bilim yurtini 1931 yilda tugatgan, shu konservatoriyaning R.M.Gliyer sinfida ta’lim olgan. 1941 yildan Toshkentda ijod bilan shug‘illanadi. S.Yudakov opera (“Maysaraning ishi”), balet (“Jonli alanga”), kontatalar (“Mening vatanim”, “Muborakbod”) 6 qsimli “Mirzacho‘l” vokal simfonik syuita, vokal simfonik poemalar, “Ona xotirasiga” poema rapsodiyasi, “Alyor” xor vokal poemasi, “Xorografik syuita”, “Tantanali uvertyura”, “Festval uvertyurasi”, “Yoshlik poemasi”, 7 qsimli “G‘alaba” oratoriyasi, qo‘shiqlar, romanslar, kamer cholg‘u asarlari, dramatik spektakllar, kinofil’mlarga musiqa va balet asarlar, Tojikston davlat gimni (1944 yil) muallifi. “Maysaraning ishi” birinchi o‘zbek komik operasi Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Dushanbe, Fransiya, Ufa, Moskva “Romen” (siganlar teatri), Lots (Pol’sha) teatrlarida kuylangan. Bu simfonik asarlar juda ko‘p orkestrlar repertuarlaridan o‘rin olgan. Qo‘shiqlardan: “Davra qo‘shig‘i”, “O‘zbekiston”, “Karnaval val’si” kabi bir qancha qo‘shiqlari xalq orasida ommalashgan. Georg Mushel 1909 yil 29 iyul Tambovda tug‘ilgan. Kompozitor, pianinochi, pedagog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1944). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936) Toshkent konservatoriyasida o‘qituvchi, professor (1976). O‘z ijodida Yevropa kompazitorlik (masalan M.Ravel, S.Prokofev) musiqasi an’analarini davom ettirib, o‘zbek musiqa merosiga xos uslub va ohanglarga shakl va uslublarga ijodiy tayangan. O‘zbekistonda birinchilar qatori simfoniya (1938) balet, kamer musiqiy asarlari rivojiga asos solgan. «Farxod va Shirin» operasi, «Muqumiy» (1953), «Ravshan va Zulxumor» kabi muisqali dramalar, «Raqqosa» (1952), «Baxt guli» (1959), «Kashmir afsonasi» (1961), «Samarqand haqida afsona» (1971) baletlari, 3 simfoniya, fortipiano va orkestor uchun 6 ta konsert, skripka va orkestor uchun konsert, organ asarlari, kamer musiqa (jumladan «24 prelyudiya va fuga» (1975)) romans, qo‘shiq, kinofilmlarga musiqalar yozgan. Mushel rassom sifatida turli janrlarda 100 dan ortiq asarlar yaratgan. Toshkentda Mushel nomidagi yosh musiqachilar tanlovi o‘tkaziladi (1994 yildan boshlab). Sobir Boboyev 1920 yil 30 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. S.Boboyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1949). 1943-47 yillari O‘zbekiston radiosi xorida ishlagan. Kompazitorlar uyushmasi raisi (1948-55, 1960-65, 1981-85), Samarqand opera va balet teatrida badiiy rahbar va direktor (1966-69). O‘zbek davlat filormoniyasida badiiy rahbar (1972-76). 3 opera: «Hamza» (K.Yashin 1961), «Yoriltosh» (Sh.Sa’dulla 1967), «Fidoiylar» (Sh.Sa’dulla 1972), 8 musiqali drama va komediya jumladan «Dalada bayram» (Sh.Sa’dulla, Z.Fatxulin 1957), «Ikki bilakuzuk» (Sh.Sa’dulla 1963), «Muxabbat qo‘shig‘i» (B.Kliyenov 1980) va boshqa kontata, orkestr asarlari, Navoiy, Mashrab, Nodira va zamonaviy o‘zbek shoirlari asarlariga romans va qo‘shiqlar bastalagan. Adabiyotlar 1. O‘zbek musiqasi tarixi. T.Ye.Solomonova T.1981. 2. Istoriya o'zbekskoy muziki. Tom I, II-Toshkent, 1972, 1973 3. Voprosi muzikalnoy kulturi O'zbekistana Toshkent 1961. 4. Kompozitori i muzikovedi O'zbekistana. A.Djabbarov, T.Solomonova T.1975. Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling