O‘zbek milliy cholg‘ularidan afg‘on rubobi annotatsiya


Download 41.08 Kb.
bet3/6
Sana24.06.2023
Hajmi41.08 Kb.
#1653129
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1111Afg\'on rubobi

TADQIQOT METODOLOGIYASI. Milliy cholg'ularimiz juda qadimiy ekanligi ajdodlarimizning musiqa madaniyatiga oid eng qadimiy ma'lumotlar xususan, qoyatoshdagi tasvirlarda, arxeologik qazilmalar paytida topilgan ashyolarda qolaversa turli bosma nashrlarga ishlangan rasm va miniaturada o'z aksini topgan. Shuning uchun ham keyingi yillar arxeologik ekspertiza natijasida topilgan va hozirgacha topilyotgan turli ashyolar va tasvirlar ajdodlarimizning musiqa madaniyati xususan musiqa cholg'ular to'g'risidagi tasavvurimizni yanada boyitmoqda. Ruboblar haqida ma'lumot beradigan bo'lsak, ruboblar 3 xil bo'lib, ularning o'sha davr bo'yicha atalgan nomlari: birinchi, savdogarlar sotib olingan qadimiy rubob, ikkinchisi, Toshkentlik sozgar tayyorlagan yangi rubob va uchunchisi, Qobuldan keltirilgan olti ichakdan eshilgan asosiy tori 9 ta metall rezanator tori bo'lgan Afg'on rubobi rubob sifatida e'tirof etilgan cholg'u pomir rubobi hisoblanadi. Afg'on rubobi o'zbek milliy musiqasi ijrochiligida asosan, Buxorada qo'llanilgan. Afg'on rubob Hindistonda, Pokistonda va Badaxshon viloyatlarida turli nomlar bilan tanilgan. Tarixdan ma'lum bo'lishicha aynan shu Afg'on rubobi Badaxshon viloyatining ba'zi mahalgohlari, Afg'oniston hududida, ba'zilari Tojikiston hududida mavjud. Shu bois bu rubob sozi Badaxshonda "Badaxshon rubobi" deb atalgan.5 Bunda kelib chaqadiki Afg'on rubobi hamma joyda o'xshash joy nomi bilan tilga olinadi. Badaxshon rubobi kosaxona va dasta qismi bir bo'lak yog'ochdan tayyorlangan. Bu musiqa cholg'usining ijrosi ham o'zbek milliy cholg'ulari qatorida barcha musiqiy dargohlarida birdek o'rgatiladi. Afg'on rubobining kelib chiqishi aniqlash qiyin chunki, u turlicha misollar bilan keltirilgan. Qadimda bu cholg'u Markaziy Osiyo, Hindiston va Afg'oniston xalqlari orasida ommalashgan cholg'ulardan biri hisoblangan. Bu cholg'u o'sha davrdagi musiqa madaniyati yetarlicha mashhur cholg'ulardan bo'lgan bo'lsada asosan, milliy kuy va qo'shiqlarini ijro etish imkoniyatiga ega bo'lgan. Ag'on rubobida yangraydigan taronalarni xalqimiz sevib tinglashadi. Sozdan chiqayotgan ohanglarga musiqiy mehr bilan quloq tutadilar.

Download 41.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling