O‘zbek milliy cholg‘ularidan afg‘on rubobi annotatsiya
Download 41.08 Kb.
|
1111Afg\'on rubobi
XULOSALAR. Yana aytamiz desak ma'lomot judayam ko'p, lekin xulosa qiladigan bo'lsak xususan, Afg'on rubobi, qashqar rubobi va boshqa cholg'ularimiz hammasini o'ziga yarasha o'tmishi, tarixi bor. Lekin bularni birlashtirib jamlab turuvchi birgini so'zni bilaman, bu ham bo'lsa musiqa. Dunyodagi barcha insonlar desam mubolag'a bo'lmaydi, hammasining yoqtirgan cholg'u asbobi, yoqtirgan kuy va qo'shig'i bo'ladi. Shu joyida aytib o'tish kerakki, buyuk bobomiz alloma, mutaffakkir Af-Farbiy o'zining "Qadimiy musiqiy tarixi" kitobida shunday oltinga teng so'zlar keltirib o'tgan. Inson miyyasining shunday hilvat joylari borki! - unga faqat musiqa irqaligini kirish mumkindir. Haqiqatdan ham musiqa insonni uning har qanday holatda bo'lishiga qaramay, unga orombaxsh etuvchi bir ilohiy tuhfadir desam mubolag'a bo'lmaydi. Afg‘on rubobining yaratilishi haqida bizgacha turli rivoyatlar yetib kelgan. Bir rivoyatda hikoya qilinishicha: Bir kuni Buxoro xonining qizi kasal bo‘lib qolibdi. Shunda Xon Hindistondan va yetti iqlimdan donishmand tabib va olimlarni o‘z saroyiga chorlaydi, bittayu-bitta qizini qanday qilib davolash mumkinligi haqida maslahat solibdi. Ammo barcha urinishlari behuda ketibdi. Shunda Balh shahrida tug‘ilib, o‘zi Buxoroda muqim sozanda xonning oldiga borib, uning qizini davolash uchun urinib ko‘rishga ruxsat oladi. Shunda Xon; “Qizimni kim davolasa yarim boyligim va qizimni beraman, deb” – va’da beribdi. Ammo qizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish, u bilan suhbatlashish imkoni bo‘lmabdi, chunki o‘sha davrdlarda ayollarni parda orqali ko‘rish mumkin edi. Qizning yonida albatta o‘zi yaxshi ko‘rgan, ishongan sirdoshi kanizagi bo‘lardi. Shundan yigit nimaga qiziqadi, nima uchun u hech kimni yoqtirmasligi va ko‘p hayol surishini so‘rabdi. Shunda kanizak yigitga xonzodanihoyatda tovusga ixlosi balandligini, ayniqsa, u qanotlarini yoyib o‘z chiroyini ko‘z-ko‘z qilganda: -“Qani endi shu tovus kuylasa, mening dardimga davo bo‘lardi”, - degan gapini kanizak yigitga yetkazibdi. Shundan keyin Balhlik yigit Buxorodagi o‘z ustaxonasida ilk bor tovusga o‘xshatib rubob yasaydi va xonzoda huzuriga borib parda orqasida rubob chalib, uni maftun etadi. Xonzoda rubobdan chiqayotgan yoqimli sadolardan bahramand bo‘lib o‘z holiga kelib, asablari tuzalib, avvalgidan ham go‘zallashib ketibdi. Buni ko‘rgan xon va’dasida turib, sozandaga qizini va yarim boyligini beribdi. (Shunda bu rubob kimniki deb so‘raganida, bu ana shu afg‘onniki, - deb odamlar aytishibdi). Vaqt o‘tishi bilan yigit va xonzoda uzoq yillar baxtli hayot kechirishib, farzandli bo‘lishibdi va ularning farzandlari ham shu otasiixtiro qilgan rubobni Buxoroda bir necha yillar davomida rivojlantirib, kuylar ijro etib kelishibdi.
An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doira, nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llaniladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'i, safoil kiradi. Qayta ishlangan cholg'ular asboblariga - rubob, g'ijjak, dutor va chang sozlarinig musiqaning saprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga ko'ra qayta ishlangan namunalari kiradi. Unga ko‘ra: -an'anaviy cholg'u ijrochiligi azaldan xalq ijro amaliyotida shakllanib, turli ko'rinish va tarkiblar asosida foydalanish an'ana bo'lib kelgan. Avvalo an'anaviy cholg'ularning har biri yuqori professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlar, sharoitlar va ijro uslublar yuzaga kelgan. -hozirgi davrga kelib o'zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik yo'nalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo'nalishi, xalq mumtoz musiqa yo'nalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti yo'nalishi. -xalq folklor yo'nalishida ommaviylik xususiyatga ega bo'lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo'lgan cholg'ulardan ko'proq foydalaniladi. Masalan: rubob, nay, g'ijjak, chang va doira cholg'u asboblari. Qayd etish joizki xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o'ziga xos bo'ladi. -hozirda ham shu kabi va boshqa ko'plab o'zbek milliy sozlarimizning takomillashuvi ko'plab kompozitorlarning asalarlarini ijro qilishda, ularni turli ansambl, orkestrlarda ijro qilish imkonini berdi. Hozirgi kundagi yoshlarimiz ham o'zbek milliy sozlarimizning keng imkoniyatlaridan foydalanib, turli asarlarni cholishda hamda o'zbek musiqamizni dunyoga tanitishda o'z xissalarini qo'shmoqdalar. Download 41.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling