O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi
Download 4.02 Mb.
|
Vagar tarix sari aylagung mayl,
Muni bilg’achki, ne ish qildi har xayl… Ne ishdin mamlakat obod bo’ldi, Qayu ishdin ulus barbod bo’ldi. Olim baytlarning ma’nosini tahlil qilib berar ekan bu bilan o’quvchini ham tarixni o’rganishga da’vat etadi va tarix barbodlik emas, obodlik istiqboliga xizmat etishi kerakligini ta’kidlar ekan, bu talqinlar adabiyot o’qituvchisiga buyuk shoir g’oyalarini chuqurroq tushuntirishda qo’l keladi. Adabiyotshunosligimiz tarixida oʻzining keng dunyoqarshi, qomusiy bilimlari, talqinlaridagi kutilmaganlik va tahlillarida falsafiy teranlik omuxtalashib ketgan ustozlar oz emas. Ular qoldirgan ajoyib ilmiy meros, ulargagina xos boʻlgan ilmiy tafakkurdagi olmos qirralarning naqadar oʻtkir va serjiloligini ham koʻrsatib turadi. Bunga ular, bir tomondan, zamonaviy yoki mumtoz oʻzbek adabiyotini, ikkinchi tomondan esa, jahon xalqlari folklori va adabiyoti namunalarini muntazam oʻqib, oʻrganib borganlari, sanʼatning koʻpgina boshqa turlariga xos nozik jihatlarni puxta oʻrganishlari, jahon adabiyotshunosligi bilan hamqadam boʻlishga intilganlari tufayli erishishgan. Abdurahmon Saʼdiy, Abdurauf Fitrat, Vohid Zohidov, Izzat Sulton, Azizxon Qayumov, Boturxon Valixoʻjayev, Abduqodir Hayitmetov, Najmiddin Komilov, Yoqubjon Isʼhoqov, Suyuma Gʻaniyeva va yana koʻpgina olimlarimiz ana shu silsilaning bebaho durdonalaridir. Ushbu qomusiy olimlar, buyuk siymolarning barchasini birlashtirib turadigan bir jihat bor, bu – navoiyshunoslikdir. 1. Olimning adabiyotshunoslik olamiga qoʻygan ilk jiddiy qadamlari mumtoz adabiyotimiz, xususan, Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bevosita bogʻliq edi. Buning yorqin misoli sifatida uning matbuotdagi ilk maqolalari hamda nomzodlik dissertatsiyasini (1975) esga olish mumkin. Ushbu tadqiqot oʻzbek adabiyotida ruboiy janrining genezisi, uning tarixiy taraqqiyoti hamda poetikasi masalalarini tadqiq etishga bagʻishlangan. Olim unda mazkur janrning paydo boʻlishidagi tarixiy sharoit, manba va manshalari haqida chuqur kuzatishlar olib boradi. Ruboiy janrining oʻzbek adabiyotida toʻliq shakllanishi, asosiy janr belgilarining yaxlitlashib borish jarayonida Alisher Navoiyning alohida oʻrni borligini jiddiy kuzatish va tahlillar asosida isbotlab beradi. Olimning “Oʻzbek ruboiyotning har tomonlama yuksak bosqichlarga koʻtarish Alisher Navoiy zimmasiga tushdi. Navoiy oʻz ijodida forsiyzabon ruboiynavislaring anʼanalarini puxta oʻzlashtirib, bu sohada milliy adabiyot erishgan yutuqlarga tayangan holda ruboiyni peshqadam janrlar qatoriga qoʻshdi. Navoiy ruboiyni hayotga yaqinlashtirdi. Uni ishqiy, axloqiy, ayniqsa, falsafiy maʼnolar talqini uchun izchil va zoʻr mahorat bilan xizmat qildirdi” singari xulosalari bugun taʼlimning koʻpgina bosqichlaridagi darslik va oʻquv qoʻllanmalar sahifalarigacha kirib borgani bejiz emas. 2. “Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti” mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi (1995) adabiyotimiz tarixidagi eng murkkab va jiddiy hodisalardan biri – tasavvufning oʻzbek adabiyotida paydo boʻlishi hamda rivojlanish yoʻllarini tadqiq etishga bagʻishlangan. Unda tasavvufning mohiyati hamda oʻzbek adbiyotida namoyon boʻlish shakllari nihoyatda sinchkovlik va katta jiddiyat bilan oʻrganib chiqilgan. Mana shu yirik tadqiqotning oʻzak qismini ham yana Alisher Navoiyning ijodiy namunalarini tadqiq etish tashkil etadi. 3. Olim adib asarlarini janrlar kesimida jiddiy tahlil qilishga katta kuch sarflab kelmoqda. Ayniqsa, adibning lirik merosi I.Haqqulov tadqiqotlarining salmoqli qismini qamrab olgan. Ruboiydan tashqari qitʼa, gʻazal, muxammas, masnaviylarga oid kuzatishlar shu siraga kiradi. Ayniqsa, adib qitʼalarining deyarli boshdan-oyoq tahlillari eʼtiborga molik. Maʼlumki, Alisher Navoiyning qitʼalari milliy pedagogik qarashlarning badiiyatga oʻrab berilgan goʻzal namunalaridir. “Kamol et kasbkim…” (1991) kitobi ayni mana shu nuqtalarga asosiy urgʻu berilgani bilan ham eʼtibor qozondi. Muallif buyuk mutafakkir qitʼalarining badiiy-estetik jihatlriga qanchalik diqqat qaratgan boʻlsa, uning tarbiyaviy imkoniyatlarini koʻrsatishga ham shunchalik katta kuch sarflagan. Ushbu yoʻnalishda Navoiy gʻazallarining kompleks tahlillari ham eʼtirofga sazovordir. Adabiyotshunoslik tarixida alohida gʻazallarning bu yoʻsindagi tadqiqi Ye.E.Bertels, N.Mallayev, A.Qayumov, A.Rustamov, A.Hayitmetov, A.Abdugʻafurov, Yo.Isʼhoqov, N.Komilov, singari olimlar, M.Shayxzoda, Oybek, E.Vohidov, J.Kamol, M.Abdulhakim, Q.Kenja singari shoir va yozuvchilar tomonidan amalga oshirilgani yaxshi maʼlum. I.Haqqulov bu anʼanai davom ettirib, adibning koʻplab gʻazallarini adabiyotshunoslik va falsafa fanining soʻnggi yutuqlariga tayangan holda tahlil qilib berdi. Aslida ushbu yoʻnalish ham I.Haqqulovning navoiyshunoslikdagi ilk qadamlaridanoq koʻzga tashlangan edi. “Gʻazal gulshani” buning yorqin dalili boʻla oldi. Bu kitob 1991 yilda chop etilgan. Kitob mundarijasi mumtoz adabiyotdagi gʻazalchilik anʼanasi, uning mohiyati va taraqqiyot tamoyillarini belgilashga qaratilgan. Garchi unda Hofiz Sheroziy, Hofiz Xorazmiy, Gadoiy, Sakkokiy, Fuzuliy, Mujrim Obid, Zavqiy sheʼriyati borasida gap borsa-da, Navoiy gʻazallarining asosiy urgʻu olgani bejiz emas edi. Keyinchalik esa bu yoʻnalishning ham alohida eʼtibor bilan davom ettirilgani kuzatildi. Olim Navoiy gʻazallarining koʻpchiligini umumiy tahlilga tortgan, ulardagi tasavvuf bilan bogʻliq jihatlarni maxsus tadqiq etgan edi. Shuningdek, bir qator gʻazallarni maxsus tarzda tahlil qilib bergan. Bu tadqiqotlar turli gazeta va jurnallarda, “Navoiyga qaytish” , “Alisher Navoiy gʻazallari”, “Alisher Navoiy gʻazallari. Lugʻat, nasriy bayon va izohlar” singari kitoblarda chop etilgan. Ularning asosiy qismi “Ishq va hayrat olami” kitobida jamlangan . 4. Olimning “Xamsa” asarlari tadqiqi yoʻnalishidagi faoliyati ham shoyoni tahsindir. Ularda “Xamsa”ning yaxlit adabiy hodisa sifatidagi baholari ham, alohida dostonlarga munosabti ham yangi va yaxshi kuzatishlarga boyligi bilan ajralib turadi: “Xamsa”ning tag maʼnosida boshdan-oxir Navoiy – mutafakkir shoir shaxsi turadi. Bu shaxsiyat XV asr sharoitidagi oʻzbek xalqining Vijdon ovoziga aylangandi. “Xamsa”da tasvirlangan gumanistik gʻoyalar Navoiyni tarbiyalab voyaga yetkazgan Vatan va xalq ideallariga mos orzu-umidlarining sheʼriy ifodasidir” yoki “Majnunning “oʻz maqsadlariga erishish yoʻli” jangovar kurashchanlik emas, kamolot yoʻli. Uning dushmani – zolim nafs. Navoiy aytmoqchi, toʻqaydagi sherni yengishdan koʻra nafs itini yengishni u zoʻrlik deb biladi. Shu kurashda Majnun sobit va izchildir. Majnun na jamiyat, na zamon va muhit qarshisida taslim boʻlgan. Chunki u oʻzligi oldida taslim emas edi. Majnun Layliga yozgan maktubida: “Yoʻqluk manga gar boʻlubturur yoʻl, Sen bor boʻlu bu yoʻqqa yor oʻl”, – deydi. Bu – fanolik yoʻli. Fanolik esa ishqi haqiqiyning soʻnggi bosqichi. Bu bosqichga koʻtarilgan oshiq ruh qushini oʻzlik qafasidan butunlay xalos qilib, boqiy hurlikka erishadi . 5. Navoiyshunoslikning bitta oʻziga xos jihati bor. Bu uning ichki tarmoqlarga egaligi bilan belgilanadi. Rosti gap, navoiyshunos degan nom juda katta daʼvo, iddao va eʼtirofdir. Navoiy ijodi bilan shugʻullangan olimlarning hammasi ham bu iddaoga daxl qilolmaydi. Shunga koʻra ularni adib lirikasini, xamsachilik anʼanalarini, tarixiy, ilmiy, diniy-tasavvufiy asarlarini oʻrgangan olimlar sifatida tasniflash mumkin. I.Haqqulov bu jihatdan mutafakkir hayoti va ijodini yaxlit holda oʻrganishga bel bogʻlagan yirik navoiyshunoslar anʼnalarini davom ettirib kelmoqda. 6. Alisher Navoiy ijodidagi yetakchi tendensiyalarni izlash va ilgʻash, ularning asl mohiyatini ilmiy jihatdan toʻgʻri belgilash, tavsif va talqin qilish olim qiziqish doirasining markazida turadi. Uning koʻplab maqola va kitoblarida mana shu jihatlar qizil ip boʻlib oʻtadi. “Zanjirband sher qoshida” kitobida “Navoiy aksariyat oʻrinlarda nodonga dononi zid qoʻyib mushohada yuritadi. Bu goʻyoki qorongʻilikka qarshi yorugʻlik haqida soʻzlayotganga oʻxshaydi”. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling