O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Download 4.02 Mb.
bet2/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
ANNOTATSIYA

Ushbu o’quv-uslubiy majmua Filologiya fakulteti o'zbek filologiyasi bo’limining 3-bosqich bakalavr yo'nalishidagi talabalariga mo'ljallangan. Majmua “Gumanitar fanlar bo’yicha DTS (2016-yil), “Filologiya va tillarni o’qitish” yo’nalishining “Malaka talablari” (2017-yil), 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish yo’nalishining o’quv rejasi (2017-yil) hamda “Navoiyshunoslik” fanining fan dasturi (2017-yil) asosida tuzildi. Unda navoiyshunoslik sohasining dolzarb muammolari, Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi eng muhim ma'lumotlar, Navoiy asarlari poetikasi, shoir lirikasi, xususan “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi janrlarni sharhlab o‘qitish, Navoiy dostonlari va nasriy asarlarini sharhlab o‘qitish bilan bog‘liq masalalarni o’rganish va o’rgatishga qaratilgan.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi №PF-4797 Farmonida aks etganidek, o'zbek tili va adabiyoti qadimiy va boy tarixga ega bo'lib, uning yuksalishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o'rin olgan o'lmas asarlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu ma'noda mazkur fanning maqsadi – Alisher Navoiyning boy adabiy va ilmiy merosini filolog talabalarga ta'lim berish orqali ularni yuksak ma'naviyatli va keng ma'rifat sohibi etib tarbiyalashdir. Navoiy ijodini o‘rganish orqali yoshlarda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirish, o‘zbek adabiyoti tarixining eng muhim davri haqida har tomonlama bilim hosil qilish, ma'naviy dunyosi mukammal bo‘lishiga ko‘maklashish ushbu o‘quv fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
"Navoiyshunoslik" faninig uchinchi qismini o’zida mujassam etgan ushbu o’quv-uslubiy majmua 3-kurs 5-semestrlarga mo’ljallangan bo’lib, unda Alisher Navoiy lirikasini sharhlab o’rganish ko’zda tutiladi.

Muallif haqida ma’lumot







Razzoqov Alisher Abduzohidovich
Razzoqov Alisher Abduzohidovich 1985-yil 10-iyunda Samarqand viloyatida tug'ilgan. Millati o'zbek.
1992-2003-yillarda Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi 4-maktabda o'qigan. 2005-2009-yillarda Samarqand davlat universitetining o'zbek filologiyasi fakultetining bakalavr, 2009-2011 yillarda magistratura bosqichlarida tahsil olgan. 2011-2012 yillarda stajyor tadqiqotchi-izlanuvchi, 2013-2014-yillarda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti tahsilini o’tagan. 2019-yil 16-martda professor D.Salohiy rahbarligida “Alisher Navoiy she’riyatida ilm va ma’rifat talqini” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlab, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. 2015-yildan buyon SamDU O’zbek adabiyoti tarixi kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Uning Alisher Navoiyning hayoiti va ijodi, navoiyshunoslikning dolzarb masalalariga oid 30 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari Respublika va xorijdagi nufuzli jurnal va to'plamlarida chop etilgan.
A.A.Razzoqov ko'pgina Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda. U kafedra va universitetning ma'naviy-ma'rifiy va jamoatchilik ishlarida doimo faol qatnashadi.
Yashash manzili: Samarqand viloyati, Tayloq tumani, Uzunqishloq qishlog'i. Tel: +99893 232 02 48
e-mail: alisherrazzoqov@mail.ru




Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling