O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


T.r. Mustaqil ta’lim mavzulari


Download 4.02 Mb.
bet62/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
T.r.

Mustaqil ta’lim mavzulari

Topshiriqlar

Bajarish muddati

Belgilan
gan soat

1.

Asosiy o’quv adabiyotlaridan Alisher Navoiy lirikasiga oid mavzularni o’qib konspektlashtirish

Berilgan mavzularning asosiy mohiyati amaliyot va seminar daftarlarida o’z ifodasini topadi.
Ad. …

1-10-haftalar

2



2.

“Xazoyin ul-maoniy” debochasini o`qib-o`rganish va konspektlashtirish

Asar boblariga qisqacha yozma tavsif beriladi

2-3-haftalar

2

3.

“G’azalda uch kishi tavridur ul nav’” misrasi bilan boshlabadigan qit’ani yod olib, yozma tahlil qilish

Yod olish, ifodali o’qish, baytma-bayt tahlil qilish

4-5-haftalar

2

4.

“Xazoyin ul-ma’oni”dagi ilk g’azal tahlillaridan birini o’qib konspektlashtirish

A.Rustamov, B.Valixo’jayev, N.Komilov, Q.Tohirov, N.Bekova tahlillari
Ad. …

6-7 haftalar

2

5.

Alisher Navoiy g’azallaridan ikkitasini yod olish va ifodali o’qish

G’azal vazn qoidalariga amal qilingan holda yoddan aytib beriladi

8-9 haftalar

2

6.

Navoiyning 10 ta ruboiysini yod olish va sharhlash

Baytlar yoddan aytib sharhlanadi

10-11 haftalar

2

7.

Tuyuqlardan yod olish va sharhlash

Baytlar yoddan aytib sharhlanadi

11-12 haftalar

2

8.

“Arba`in”dagi qit`alardan yod olish va sharhlash

Yozma axborot mustaqil ish daftarida ifodalanadi

12-hafta

2

9.

“Nazm ul-javohir”dagi ruboiylardan yod olish va sharhlash

Yozma axborot mustaqil ish daftarida ifodalanadi

13-hafta

2

10

Notanish so’z va atamalarning izohli lug’ati

Amaliyot va seminar darslari davomida to’ldirib boriladi

1-16-hafta




Jami:

18



SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi
NAVOIYSHUNOSLIK
fanidan
NAZORAT MATERIALLARI

Tuzuvchi f.d. (PhD) A.Razzoqov
Navoiyshunoslik” fanidan OB uchun
test-topshiriqlar

1. Navoiy qasidalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:


A. Hiloliya, Arba’in, Nazm ul-javohir, Ruh ul-quds;
V. Hiloliya, Ruh ul-quds, Nasim ul-xuld, Qut ul-qulub;
S. Hiloliya, Badoe’ ul-vasat, Nasim ul-xuld, Qut ul-qulub;
D. Hiloliya, Nazm ul-javohir, Siroj ul-muslimin.
2. Navoiyning masnaviy janridagi asari uning qaysi devoniga kiritilgan?
A. “G’aroyib us-sig’ar” devoniga; V. “Badoe’ ul-bidoya” devoniga;
S. Devoni Foniyga; D. “Navodir ush-shabob” devoniga.
3. Sano haqqakim koshifi hol erur,
Xirad mushkilotig’a hallol erur –
Ushbu bayt Navoiyning qaysi lirik turga mansub asaridan olingan?
A. Masnaviy; V. G’azal; S. Qit’a; D. Tuyuq.
4. Soqiynoma janridagi asar Navoiyning qaysi devoniga kiritilgan?
A. “G’aroyib us-sig’ar” devoniga; V. “Favoyid ul-kibar” devoniga;
S. Devoni Foniyga; D. “Navodir ush-shabob” devoniga.
5. Falakdin sipohi fano oshurub,
Sipohilik ichra o’zun yoshurub.
Jamol ichra tong boshi nohiddek,
Kamol ichra tush vaqti xurshiddek –
Navoiyning masnaviy janridagi asaridan olingan ushbu baytlar kim haqida?
A. Abdurahmon Jomiy haqida; V. Pahlavon Muhammad haqida;
S. Shayxim Suhayliy haqida; D. Sayid Hasan Ardasher haqida.
6. Navoiyning fard janriga masub asarlari uning qaysi devoniga kiritilgan?
A. “G’aroyib us-sig’ar”; V. “Navodir ush-shabob”;
S. “Badoe’ ul-vasat”; D. “Favoyid ul-kibar”.
7. Ey husnunga zarroti jahon ichra tajallo,
mazhar sanga ashyo,
Sen lutf bila kavnu makon ichida mavlo
olam sanga mavlo –
mazkur bayt Navoiyning qaysi janrga mansub she’ridan olingan va 2-misradagi “mavlo” so’zlari qanday ma’noda ishlatilgan?
A. Masnaviy, “xoja, xomiy va qul” ma’nolarini anglatadi;
V. Mustazod, “xoja” va “ozod qilingan qul” ma’nolarida;
S. G’azal, “xoja” ma’nosini anglatadi;
D. Tuyuq, “ozod qilingan qul” ma’nosida;
8. Bordim bu sahar dayri fano sari urub gom,
maxmuri shabona,
Tortar edi har lahza sabuh ahli ichib jom,
noqusi mug’ona –
mazkur bayt Navoiyning qaysi janrga mansub she’ridan olingan va “gom” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A. Mustazod, “qadam”; V. Qit’a, “oyoq”;
S. Masnaviy, “og’iz”; D. Ruboiy, “maqsad”.
9. Navoiyning masnaviy janriga mansub asari kimga maktub tarzida yozilgan?
A. Abdurahmon Jomiyga; V. Pahlavon Muhammadga;
S. Shayxim Suhayliyga; D. Sayid Hasan Ardasherga.
10. Odatda soqiynoma janriga mansub asarlarda qo’llaniladigan va asarning mazmun-mundarijasiga imo-ishora qilish uchun xizmat qiladigan she’riy san’at qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Talmeh; V. Tashbeh; S. Ishtiqoq; D. Baroati iste’lol.
11. Mutribo, sen dog’i ohange tuz
Lahnida rangi Husayni ko’rguz.
Ham Husayni so’zidin rangi g’arib,
Ham g’aribi damidin bayti ajib –
Mazkur baytdar Navoiyning qaysi janrga mansub asaridan olingan va unda qanday badiiy san’atlar mavjud?
A. Qasida, baroati iste’lol, talmeh, iyhom; V. Masnaviy, talmeh;
S. Soqiynoma, baroati iste’lol, talmeh; D. ruboiy, baroati iste’lol, talmeh.
12. Ul biri gulshani umrumda tazarv,
Bu biri bog’i hayotim aro sarv.
Ul yigitlar safining zebosi,
Bu yigitlik fanining donosi –
Mazkur baytlar Navoiyning qaysi janrdagi asaridan olingan va shoir kimlarning ta’rifini keltirgan?
A. Soqiynoma, Mirzobek va Mir Darvesh; V. Masnaviy, Sayid Hasan Ardasher
S. Ruboiy, Mirzobek va Mir Darvesh; D. to’g’ri javob yo’q.
13. Qit’a janriga mansub she’rlar Navoiyning qaysi devonlariga kiritilgan?
A. “G’aroyib us-sig’ar”, “Navodir ush-shabob”;
V. “Badoe’ ul vasat”, “Favoyid ul-kibar”;
S. “Badoe’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”;
D. A va V javoblar to’g’ri.
14. Ey Navoiy, kishiga berma ko’ngul,
Agar ul hurdurur, yo’qsa pariy.
Vasli naf’i buki, chekkaysen jon,
O’lturur, lek firoqi zarari –
Mazkur she’r janri to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. Qit’a; V. Ruboiy; S. Tuyuq; D. To’rtlik.
15. Yaraqon bo’ldimu dehqoni qazo,
Za’faron ekti yoshim arig’ig’a.
Ul pariy qildi ko’zum sari vatan,
Boqmang, ahbob, ko’zum sarig’ig’a –
Mazkur qit’a mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. Diniy-tasavvufiy; V. Axloqiy-ta’limiy; S. Hasbi hol; D. Ijtimoiy.
16. Qarilar xotiri nozukdur, ey tifl,
Shikastidin qilib vahm, o’lma gustoh:
Unuttungmuki, atfol o’ynag’anda,
Sinar oz mayl ko’rgandin quruq shoh –
Mazkur she’r qaysi janrda bitilgan undagi “tifl” va “atfol” so’zlari vositasida qanday san’at yuzaga kelgan?
A. Ruboiy, tajnis; V. qit’a, ishtiqoq; S. qit’a, tanosub; D. tuyuq, irsoli masal;
17. Debon bergan kishi erdur valekin
Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa bil ani xotun,
Debon bermasni xotundin dag’i kam –
Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A. Qit’a, axloqiy-ta’limiy; V. Ruboiy, diniy-tasavvufiy;
S. G’azal, hamd; D. Qit’a, hasbi hol.
18. Navoiyning turkiy tildagi ruboiylari uning qaysi devonlaridan o’rin olgan?
A. “G’aroyib us-sig’ar”; V. “Navodir ush-shabob”;
S. “Badoe’ ul-vasat”; D. “Favoyid ul-kibar”.
19. Subhanollohi xoliqi z-ul-majdu alo
Kim, andin erur to’la xalo birla malo.
Gar mehr aning misli degaylar uqalo,
Mehr ollida zarra yanglig’ o’lg’ay masalo –
Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. Qit’a, diniy-tasavvufiy; V. Qit’a, axloqiy-ta’limiy;
S. Ruboiy, diniy-tasavvufiy; D. To’g’ri javob yo’q.
20. “Sittai zaruriya” turkumidagi qasidalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. “Ruh ul-quds”, “Ayn ul-hayot”, “Minhoj un-najot”;
V. “Tuhfatul-afkor”, “Qut ul-qulub”, “Nasim ul-huld;
S. “Nasim ul-huld”, “Hiloliya”, “Fusuli arba’a”;
D. A va V javoblar to’g’ri.
21. Navoiyning to’rt faslga bag’ishlangan forsiy tildagi qasidalar turkumi qanday nomlanadi?
A. “Sittai zaruriya”; V. “Fusuli arba’a”; S. “Ruh ul-quds”; D. “Nasim ul-huld”.
22. Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg’a maqome
Bergilki, sening hamdinga bo’lsun tili go’yo –
Mazkur bayt shoirning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va qanday she’riy san’atlar qo’llangan?
A. Oshiqona g’azal, iyhom, tanosub; V. Orifona g’azal, ishtiqoq, irsoli masal;
S. Hamd g’azal, iyhom, tanosub; D. Na’t g’azal, tanosub, iyhom.
23. Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh,
Parvarda sening ne’matinga johilu dono –
Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan?
A. Oshiqona g’azal, iyhom; V. Orifona g’azal, ishtiqoq;
S. Hamd g’azal, tazod; D. Na’t g’azal, tanosub.
24. Kun shakli yuzung sajdasidin bo’ldi mushakkal,
Tun turrasi qahring elidin bo’ldi mutarro –
Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’at qo’llangan?
A. Hamd g’azal, ishtiqoq; V. Orifona g’azal, ishtiqoq;
S. Oshiqona g’azal, tazod; D. Na’t g’azal, tanosub.
25. Qachonkim zohir etsang “tanzi’ ul-mulk”,
Skandarning bo’lub mag’lubi Doro –
Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan?
A. Orifona g’azal, iqtibos, talmeh; V. Na’t g’azal, iqtibos, tajohuli orifona;
S. Oshiqona g’azal, iqtibos, tazod; D. Hamd g’azal, iqtibos, talmeh.
26. Yuz eshigining tufrog’ig’a surta olg’aymenmu deb,
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro –
Bayti Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan?
A. Orifona; V. Na’t; S. Oshiqona; D. Hamd;
27. Bir dilovardur ko’ngulkim, g’am sipohi qalbida,
Ohi novak, toza dog’idur qizil qalqon anga –
Mazkur bayt Navoiyning qaysi mavzudagi g’azalidan olingan va unda qanday she’riy san’atlar qo’llangan?
A. Orifona g’azal, iqtibos, talmeh; V. Na’t g’azal, iqtibos, tajohuli orifona;
S. Oshiqona g’azal, tanosub, iyhom; D. Hamd g’azal, iqtibos, talmeh.
28. Parim bo’lsa, uchub qochsam ulustin to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmoqdin, yugursam to hayotim bor –
Bayt manbasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. “G’aroyib us-sig’ar”; V. “Navodir ush-shabob”;
S. “ Badoe’ ul-vasat”; D. “Favoyid ul-kibar”.
29. Tuyuq janridagi she’rlar Navoiyning qaysi devonidan o’rin olgan?
A. “G’aroyib us-sig’ar”; V. “Navodir ush-shabob”;
S. “ Badoe’ ul-vasat”; D. “Favoyid ul-kibar”.
30. Soqiyo, pahlaviy oyin may tut,
Pahlaviy lahn ila ko’nglumni ovut.
Pahlavonona ketur sog’ari jarf,
Quyubon maydin anga bahri shigarf –
Mazkur baytlar kim haqida va Navoiyning qaysi janrdagi asaridan olingan?
A. Soqiynoma, Mirzobek va Mir Darvesh; V. Masnaviy, Sayid Hasan Ardasher
S. Ruboiy, Mirzobek va Mir Darvesh; D. To’g’ri javob yo’q.
31. Otashin la’le, ki toji xusravonro zevar ast,
Axgare bahri xayoli xom puxtan dar sar ast –
Mazkur bayt Navoiy forsiy qasidalaridan qaysi birining matla’i hisoblanadi va u kimning qasidasiga tatabbu’ tarzida yozilgan?
A. “Tuhfatul-afkor”, Xusrav Dehlaviyning “Daryoyi abror” qasidasiga javoban;
V. “Ayn ul-hayot”, Jomiyning “Lujjat ul-asror” qasidasiga javoban;
S. “Nasim ul-xuld”, Jomiyning “Jilo ur-ruh” qasidasiga javoban;
D. “Qut ul-qulub”, Xusrav Dehlaviyning “Mir’ot us-safo” qasidasiga javoban.
32. Uylansa birav toriy o’lub nakbat anga,
Makkoraki, qaltabon surar shahvat anga.
Zisht ersa gar eldin yoshurur rahmat anga,
Xo’b ersa gar elga ko’rguzur la’nat anga –
Mazkur she’r janri va mavzusi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping:
A. Qit’a, diniy-tasavvufiy; V. Qit’a, axloqiy-ta’limiy,
S. Ruboiy, axloqiy ta’limiy; D. To’g’ri javob yo’q.
33. Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,
Bas el komin ravo ayla o’zungni komron ko’rgach –
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. Tazod, talmeh, tashbeh; V. Tazod, ishtiqoq;
S. Tazod, irsoli masal; D. Tazod, tajohuli orifona.
34. Orifona g’azallar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping
A. “Birovga musallam tariqi tasavvuf...”, “Gar fano rasmini tilar ersang mazbut...”, “Chu solik aylar esa azm vodiyi tavhid...”;
V. “Ul malaksiymoki, solmish husnidin olamg’a o’t...”, “Kimsa hargiz ko’rmadi chun ahli davrondin vafo...”, “Bir kichik yoshliq nigore topmisham nozukkina...”;
S. “Dahr sudidin tama’ uzkim...”, “ Ne xush bo’lg’ay ikovlan mast bo’lsaq vasl bog’inda...”, “Lablarinkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila...”;
D. “Ey ko’ngul, er-ko’k asosin asru bebunyod bil...”, “Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach...”, “Dahr elidin naf agar yo’qtur...”.
35. Jamoling partavidin sham’ o’ti gar gulsiton ermas,
Nedin parvona o’t ichra o’zin solur Xaliloso –
Mazrur baytda “Xaliloso” so’zi orqali qaysi payg’ambarga ishora qilingan?
A. Muso; V. Iso; S. Lut; D. Ibrohim.
36. Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki, bor, hamdinga go’yo –
Mazkur baytda “zarrot” va “zarra”, “zikr” va “zokir” so’zlari vositasida qanday badiiy san’at yuzaga kelgan?
A. Tanosub; V. Istiora; S. Tashbeh; D. Ishtiqoq.
37. Ey Navoiy, aqlu hush yag’mo qilur davron mayi,
Chiq ravon bu bazmdin filjumla hushung borida –
Mazkur baytdagi “may” so’zining ma’nosi to’g’ri izohlangan javobni toping:
A. Ma’rifat ma’nosida; V. Ishq ma’nosida;
S. Iymon ma’nosida; D. O’z ma’nosida.
38. Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdir mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga –
Ushbu baytdagi “joh” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. “jon” ma’nosida; V. “jaholat” ma’nosida;
S. ma’no anglatmaydigan modal so’z; D. amal, mansab, martaba ma’nolarida.
39. Quyidagi baytlardan qaysi birida “tajohuli orifona” san’ati qo’llangan?
A. Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdir mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga;
V. Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki, bor, hamdinga go’yo;
S. Yuz eshigining tufrog’ig’a surta olg’aymenmu deb,
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro;
D. Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading,
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach.
40. Chekmay malak lutfung kuni juz zikr ila tasbih uni
Odam debon qahring tuni har dam “zalamno rabbano” –
Mazkur bayt qaysi mavzudagi g’azaldan olingan va qanday she’riy san’atlar qo’llangan?
A. Oshiqona g’azaldan, husni ta’lil, baroati iste’lol, tazod, iqtibos;
V. Hamd g’azaldan, talmeh, tazod, iqtibos;
S. Na’t g’azaldan, talmeh, iqtibos, husni ta’lil;
D. Orifona g’azaldan, husni ta’lil, baroati iste’lol, tazod, iqtibos.
41. Eti iqlim ila ila to’quz gardun,
Balki bu dabdabai kunfayakun,
Bo’lg’anidin sen eding barcha g’araz
Kim, yaratmadi zotingg’a evaz –
“Soqiynoma”dan olingan ushbu baytlar kimning ta’rifi haqida?
A. Abdurahmon Jomiy; V. Shayxim Suhayliy;
S. Pahlavon Muhammad; D. To’g’ri javob yo’q.
42. Sinuq safolki, may durdin ichkali topsang,
Qabul aylamagil jomi saltanat Jamdin.
Ilikka kirsa quruq non, maosh uchun chekma
Nashot ne’matining minnatini Hotamdin –
Mazkur qit’ada ilgari surilgan g’oya qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
A. Hasaddan tiyilish haqida; V. Qanoatga targ’ib;
S. To’g’riso’zlik haqida; D. To’g’ri javob berilmagan.
43. Navoiy qit’alari sharhiga bag’ishlangan “Kamol et kasbkim...” asarining muallifi kim? A. N.Komilov; V. N.Jumaxo’ja; S. Yo.Ishoqov; D. I.Haqqul.
44. G’azalda uch kishi tavridur ul nav’
Kim, andin yaxshi yo’q nazm ehtimoli –
Ushbu bayt bilan boshlanadigan she’r janri qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. G’azal; V. Ruboiy; S. Muxammas; D. Qit’a.
45. Elni xor aylagan tama’ bilgil,
Doimo azza manqana’ bilgil –
Mazkur baytning janri va manbasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. G’azal, “G’aroyib us-sig’ar”; V. Fard, “Navodir ush-shabob”;
S. Soqiynoma, “Badoe’ ul-vasat”; D. Fard, “Favoyid ul-kibar”.
46. Navoiy sehr emas go’yo Kalimulloh asosidur,
Bu mo’’jizlarki, zohir bo’ldi kilki nuktaposhimdin –
Mazkur baytda “Kalimulloh” so’zi vositasida qaysi payg’ambarga ishora qilingan?
A. Muso; V. Iso; S. Ibrohim; D. Lut.
47. Etmasa gardi rahing ko’hli bo’lib Ruhulloh
Ojiz aylar chog’i xuffosh a’mosig’a davo –
Mazkur baytda “Ruhulloh” so’zi vositasida qaysi payg’ambarga ishora etilgan?
A. Muso; V. Ibrohim; S. Iso; D. Lut.
48. Senga etishmasa tong yo’q bu aqli zulmoniy,
Ki mehr sham’ig’a parvona bo’lmadi xuffosh –
ushbu baytdagi “xuffosh” so’zining ma’nosi to’g’ri berilgan javobni toping.
A. Kapalak; V. Parvona; S. O’rgimchak; D. Ko’rshapalak.
49. To’rt unsur qaydidin to chiqmag’aysen, naf’ emas
Osmoniy to’rt daftarni tutaykim yod bil –
Ushbu baytdagi “to’rt unsur” va “to’rt daftar” so’zlarining ma’nolari to’g’ri izohlangan javobni toping:
A. To’rt unsur: shimol, janub, sharq, g’arb, To’rt daftar: shoirning to’rt devoni;
V. To’rt unsur: oltin, kumush, mis, qalay, To’rt daftar: Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on;
S. To’rt unsur: tuproq, olov, suv, shamol, To’rt daftar: Tavrot, Zabur, Injil, Qur’on;
D. To’rt unsur: tuproq, olov, suv, shamol, To’rt daftar: shoirning to’rt devoni.
50. Ko’ngul mir’oti ichra jilvagardur yoru sen g’ofil,
Toriqma hajridin ko’pkim, emassen yordin ayru –
Mazkur baytdagi “mir’ot” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping:
A. Kokil; V. Ko’zgu; S. Sham; D. Parvona.



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling