O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Download 4.02 Mb.
bet64/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
Tavakkulni ulkim qo’yub, xotirig’a
Tushar shoh ollida qulluq havosi,
Nasibi aning bir ayoq osh erur bas,
Agarchi ganji Qorun erur muddaosi.
Biravkim, bo’lur bir ayoq osh uchun qul,
Yuziga keraktur qazonning qarosi.

  1. Baytlarni tahlil qiling (janr, mavzu va g’oyasi, murakkab so’zlar lug’ati, she’riy san’atlar, umumiy ma’no-mazmuni):

Nomangki, tirikligimdin uldur matlub
Ochib o’qug’ach necha lafzi marg’ub,
Ko’p to’lg’anib ashk ichra o’zumdin bordim,
Ul nav’ki, su ichiga tushkay maktub.

Soliki ozodani ko’rsang g’aniy, qilg’ay debon


Mol aning man’i suluki qilmag’il inkor anga.
Kema tiyri mol aro bo’lmish muqayyad demagil,
Ko’rki, oncha mol o’lurmu monii raftor anga.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
"NAVOIYSHUNOSLIK"
fanidan


GLOSSARIY
(izohlli lug’at)


Samarqand-2019
Abjad – I. Tarixiy sanalarni ifodalashning Sharq xalqlari orasidagi o’ziga xos usuli. Unda sanalar raqamlar bilan emas, harflar yoki harflar ishtirokida hosil bo’luvchi so’z va jumlalar vositasida ifodalanadi. Abjad hisobida harflarning maxsus tartibi mavjud. 28 ta harf jami sakkizta so’zda jamlanadi. Bular: abjad, havvaz, huttiy, kalaman, sa`fas, qarashat, saxxaz, zazag’. Raqamlar 1 dan 9 gacha, 10 dan 90 gacha, 100 dan 1000 gacha har bitta harfga biriktiriladi.
II. Abjad hisobida harflar tartibdagi dastlabki to’rtta harfni (alif, be, jim va he) ifodalovchi so’z.
Ajuz – q. Zarb.
Alqish - madhiya, hamd (DLT)
Asllar - Juzvlarni turli tartibda qo'shish natijasida Xalil ibn Ahmad tomonidan hosilqilingan dastlabki ruknlar. Asllar sakkizta: Fa`uvlun, Fo`ilun, Mafo`iylun, Fo`ilotun, Mustaf`ilun, Maf’uvlotu, Mutafoilun, Mafoilatun.
Afoil va tafoillar – Aruzda “fa’ala” so’zidan hosil qilinuvchi so’zning vazni, o’lchovini ifodalashga xizmat qiladigan ma’nosiz so’zlar.
Aruz – I. She’riy vaznlar tizimi. VIII asrda arab filologi Xalil ibn Ahmad tomonidan asos solingan. O’zbek mumtoz she’riyatining asosiy vazni. O’zbek adabiyotiga XI asrdan boshlab kirib kelgan. Aruzda yozilgan dastlabki asar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni. Aruz vaznida hijolar sifati ya’ni cho’ziq yoki qisqaligining muayyan tartibda takrorlanishiga asoslaniladi.
II. Arabiston yarim orolida jaylashgan bir vodiyning nomi bo’lib, u vodiydagi kishilarning asosiy mashg’uloti vaqtinchalik uy-chodir tikib sotishdan iborat. Aruz tizimidagi atamalarning ko’pchiligi shu vodiy xalqining urf-odatlari, ashyolari nomidan olingan.
III. Uyning (chodirning) asosini tashkil etuvchi ustunlar-ruknlardan birining nomi. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra vaznning nomi aynan shu so’zdan olingan.
IV. Baytdagi ruknlardan birining maxsus nomi. Birinchi misraning oxirgi rukni.
Aruzvoriy - Navoiyning "Mezon ul-avzon"ida hazaji musammani solim vaznida yozilgan g’azallarga bitilgan qo’shiqlarga nisbatan shu atama qo'llangan.

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling