O’zbek onomastikasining o’rganilishi. Reja
Download 13.91 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
O’zbek onomastikasining o’rganilishi. Reja: O‘zbek onomastikasi sohasining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivoji O‘zbek onomastikasining tarmoqlari Onomastika va toponimikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Nominatsiya tushunchalari. Tayanch tushunchalar: Onomastika – tilshunoslikning tildagi har qanday (barcha tip ) atoqli otlarini tadqiq etuvchi sohasi. Antroponimika – nomshunoslikning kishi ismlarini o`rganuvchi bo`limi. Toponimika - nomshunoslikning joy nomlarini o`rganuvchi sohasi. Kosmonimika – nomshunoslikning kosmik fazoda joylashgan samoviy obyektlarini o`rganuvchi sohasi. Zoonimika – nomshunoslikning hayvonlarga qo`yilgan atoqli otlarini o`rganuvchi tarmog`i. Etnonimika – har qanday etnos (urug`, qabila, elat, xalq, millat va b.)ning nomi. Nominatsiya – obektlarni nomlash , nom berish jarayoni . Toponimika - yunoncha topos — joy va onoma (yoki onima) — nom so'zlaridan tarkib topgan. Gidronomiya - daryolar, ko'llar, den-gizlar, soylar, kanallar, qoitiqlar, bo'g'ozlar, sharsharalar nomlari. Oronimiya - yer yuzasining relef shakllari - tog'lar, cho'qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari. Oykonimiya - qishloq hanida shaharlarning nomlari . Mikrotoponimiya (yunoncha mikros -kichik)- kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o'tloqlar , daraxtzorlar, jarlar, yo'llar, ko'priklar va hatto atoqli otga ega bo'lgan ayrim daraxtlar nomlari. Etnotoponimtar - turli xalq, urug'-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar . Antropotoponimlar - Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlar. O‘zbek onomastikasi sohasining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivoji. O‘tgan asrning 60-yillarida o‘zbek tilshunosligining tadqiq doirasi ancha kengaydi va unda an’anaviy grammatika, leksikologiya, semasiologiya sohalaridan o‘z maqsad va vazifalariga ko‘ra farqlanuvchi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi. Mana shu davrda paydo bo‘lgan va rivojlanishga yuz tutgan yangi yo‘nalishlardan birini o‘zbek onomastikasi tashkil qiladi. Ma’lumki, atoqli otlarga qiziqish o‘tmishda ham bo‘lgan. Kishi ismlari, joy nomlarining paydo bo‘lishi, etnografiyasi, ma’no va etimologiyasi haqida tarixiy yozma manbalarda anchagina qiziqarli fikrlar mavjud. Ammo atoqli ot materiallarini sistemali va izchil ravishda to‘plash, ularni ilmiy asoslarda keng ko‘lamda tahlil qilish o‘zbek filologiyasida o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlandi. Bu boradagi ilk qadamlar H.Hasanov, T.Nafasov, E.Begmatovlarning tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi. Keyingi yillarda o‘zbek nomshunosligi, ayniqsa, uning toponimika, antroponimika, etnonimika sohalari jadal rivojlandi. Endilikda o‘zbek antroponimlarining materiallari qoniqarli ravishda to‘plangani va tadqiq qilingani, deyarli barcha viloyatlar, bir qator tumanlar toponimiyasi monografik tarzda o‘rganilganini qayd etish mumkin. O‘zbek tilshunosligida onomastik tadqiqotlar ko‘lamining kengaya borishi bu ilmiy sohaning rivoji, shakllanishi va ravnaq topishiga olib keldi. O‘tgan davr davomida o‘zbek ismlari va toponimlarini o‘rganishga bag’ishlangan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi, o‘nlab monografiya, to‘plam va risolalar, ko‘pgina maqolalar e’lon qilindi. Bularning barchasi o‘zbek onomastikasi hozirda tilshunoslikning rivoj topgan o‘ziga xos ilmiy yo‘nalishi ekanidan dalolat beradi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, kishi atoqli otlari, toponimlari va etnonimiyasiga munosabat tubdan o‘zgardi. Endilikda bu nomlar nafaqat lisoniy material, balki xalq tarixi, madaniyati va ma’naviyatining nodir merosi sifatida ham e’zozlanadigan va o‘rganiladigan bo‘ldi. Natijada o‘zbek onomastikasining tadqiq yo‘nalishlari yanada kengaydi va nufuzi oshdi. O‘zbek nomshunosligining paydo bo‘lishi va zamonaviy ilmiy soha sifatida shakllanishi bu sohaning o‘ziga xos ilmiy terminologiyasining yaratilishi hamda uning rivoji va takomiliga sabab bo‘ldi. Download 13.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling