O’zbek onomastikasining o’rganilishi. Reja
O‘zbek onomastikasining tarmoqlari
Download 13.91 Kb.
|
O‘zbek onomastikasining tarmoqlari:
Antroponimika - nomshunoslikning kishi ismlarini o`rganuvchi bo‘limi. Toponimika -nomshunoslikning joy nomlarini o`rganuvchi sohasi. Oronim (tog`, qir, tepa, cho`qqi, davon v.b. atoqli otlari), gidronim (okeanlar, daryolar, ko`llar, dengizlar, kanallar, soylar v.b. atoqli otlari), xoronim (cho`lliklar, qumliklar, tabiiy o`rinlar atoqli otlari), oykonim (shahar, qishloq, mahalla v.b. atoqli otlari), ekklezonim (machit, cherkov, manostir v.b.), dromonim (yer osti, yer usti, suv osti va suv usti yo`llarining atoqli otlari), nekronim (mozor, qabriston va shu tip muqaddas qadamjoylar atoqli oti). Kosmonimika - nomshunoslikning kosmik fazoda joylashgan samoviy obyektlarini o`rganuvchi sohasi. Zoonimika -nomshunoslikning hayvonlarga qo`yilgan atoqli otlarini o`rganuvchi tarmog`i. Etnonimika -har qanday etnos (urug`, qabila, elat, xalq, millat va b.)ning nomi. Etnonimika – nomshunoslikning, shuningdek, tarix, etnografiya fanlarining etnonimlarini tadqiq qiluvchi soha. Onomastika va toponimikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Atoqli otlarning paydo bo‘lishi, rivoji ko‘pgina lisoniy va nolisoniy omillar bilan bog’liqdir. Shu sababli atoqli otlar tadqiqotchisi nomlarni tahlil qilishda tilshunoslikdan tashqari boshqa fanlarning ilmiy usullaridan, ular erishgan yutuqlardan foydalanadi. Ushbu hol onomastika sohasining boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan munosabatini yuzaga keltiradi. Ushbu munosabatni quyidagilarda aks etganini ko‘rish mumkin: toponimika va leksikologiya, toponimika va etimologiya, toponimika va dialektologiya, toponimika va geografiya, toponimika va lug’atshunoslik, toponimika va leksikografiya, toponimika va tarix, toponimika va kartografiya, onomastik statistika kabi. Onomastikaning tahlil usullari. Atoqli otlarni o‘rganish bilan bog’liq tahlil usullari uch guruhga bo‘lish mumkin: 1. Onomastik nazariyalarga daxldor terminlar: ilmiy toponimika, onomastik yo‘nalish, onomastik tekshirishlar, tarixiy nomlarni tiklash printsipi, tarixiy-etimologik yo‘nalish, toponimika metodologiyasi, toponimik qonuniyatlar, xususiy toponimika, umumiy toponimika kabi. 2. Atoqli otlarni o‘rganishning ilmiy yo‘nalishlari: ismlar etnografiyasi, kartografik toponimika, onomastik leksikografiya, toponimik atlas, toponimik leksikografiya, toponimlarni kompleks o‘rganish, toponimlarning tarixiy-etimologik tadqiqi, toponimlarning entsiklopedik lug’ati, toponimlarning etimologik lug’ati,toponimlarning etimologik tadqiqi va b. 3. Ilmiy tadqiq usullari: toponimik klassifikatsiya (onomastik tasnif, toponimik Klassifikatsiya) toponimik tasnif, toponimik qatlamni belgilash, xronologik tasnif, ekstralingvistik klassifikatsiya, estetik tasnif va b. Nominatsiya tushunchalari. Nomlash shunchaki o‘zicha yuz beradigan (stixiyali) hodisa bo‘lmasdan, o‘ziga xos murakkab lisoniy va nolisoniy qonuniyatlarga, ehtiyoj va talablarga javob berishi lozim bo‘lgan jarayondir. Ushbu jarayonning xususiyatlari onomastik tadqiqotlarda muayyan terminlar bilan yuritiladi: 1. Nomlash (nominatsiya) tushunchasini umumiy tarzda ifoda etuvchi terminlar: atash, nomlash, atash sistemasi, atash funktsiyasi, ism berish, nominatsiya, onimizatsiya, onomastik nominatsiya, nominatsion sistema, nomlash madaniyati, nomlash san’ati va b. 2. Nomlash usuli bilan bog’liq tushunchalar: to‘rt nasabgacha atash, olti nasabgacha atash, urug’ nomiga nisbat berish, laqab bilan atash, ob’ektlarni yakka tarzda nomlash, ota tomonidan atash, rasmiy nomlash, atashning arabcha usuli, ikki nom bilan atash, kishilar sharafiga nomlash, ko‘pnomlilik, qo‘shnomlilik va b. 3.Nomlanish jarayoni va qonuniyatlari:toponimizatsiya turdosh so’z (appeliyativ)ning o’z vazifasini o’zgartirib atoqli ot tizimiga o’tishi , joy nomiga aylanishi . Fitonimizatsiya appelyativ o’simlikning atoqli otga o’tish jarayoni. Antroponimlarning paydo bo`lishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlari. O‘zbek onomastikasida o‘zlashgan terminlarning ba’zilari o‘zbekcha variantlar bilan parallel qo‘llaniladi: antroponimika (ismshunoslik). Ammo bu kabi terminlarni o‘zbek tilida doimo yakka yoki qo‘shma so‘z shakli bilan ifodalash imkoni yo‘q va u ko‘proq tavsifiy xarakterda birdan ortiq so‘z bilan beriladi: andro (yun. andros – erkak) , andronim , antro (yun. antrofos – odam). O`zbek tilidagi kishi ismlarning leksik semantik xususiyatlari va morfologik tuzilishi. Tildagi atoqli otlar anglatuvchi ob’ektlar moddiy, tabiiy va sun’iy, xayoliy, real va afsonaviy, dunyoviy yoki diniy bo‘lishi, ular quruqlikda va suvliklarda, yer yuzasi yoxud yer ostida, aksincha, fazo (samo)da joylashgan bo‘lishi mumkin. Ushbu tushunchalarni ifodalovchi terminlar miqdoran ko‘p bo‘lib, murakkab guruhlarni tashkil qiladi. SHu sababli ilmiy tadqiqotlarda bu nomlarni qandaydir umumlashtirish, ularni ma’lum omillar asosida tasniflashga to‘g’ri keladi: «Nom» so‘zi onomastikada ko‘p xolda «atoqli ot » ma‘nosida qo‘llanadi. Shaxs (inson) tushunchasiga daxldor terminlar: ayollar ismi // ayollar nomi, bobo ismi, ota ismi, bola ismi, laqab, individual laqab, kollektiv (jamoaviy) laqab, taxallus, antroponim, antroponimiya, ism, familiya, kishi atoqli otlari, kishilar nomi, laqab-nom, laqab-taxalluslar; otasining ismi (otchestvo), patronimik nom, shaxs atoqli otlari, erkaklar ismi (nomi), erlar nomi, o‘g’il bolalar ismi, qiz bolalar ismi. Har bir kishining o'z nomi — ismi bor, Bir xil ismli kishila ya'ni adashlar ko'p bo'lgan holda, ularni laqab bilan farq qilganla Familiyalar ham aslida kishilarni bir-biridan farq qilishga xizim qiladi. Umuman, inson narsalarga nom qo'ymasdan yashay olmayd: Dunyodagi hamma narsaning nomi bor. O'simlik va hayvonlarnin; mahalliy nomlaridan tashqari ilmiy, lotincha nomlari ham mayjud Har qanday o'simlik va hayvonni lotincha nomiga qarab turli mill;n mutaxassislari darrov bilib oladilar. Demak, nomlar bir narsam ikkinchi narsadan farq qilishga yordam beradi. Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg'ani boshqa bir jilg'adan, bir ko'chani yonidagi ko'chadan, tog'-adirlarni, shahar va qishloqlarn, bir-birlaridan farq qilish uchun ham kishilar nomlar o'ylab chiqar gan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi Toponimlarni t o p o n i m i k a fani o'rganadi. Joy nomlari, ya'ni toponimiya bir necha turga bo'linadi. Bular gidronomiya (yunoncha gidro - suv), ya'ni daryolar, ko'llar, den-gizlar, soylar, kanallar, qoitiqlar, bo'g'ozlar, sharsharalar nomlari. oronimiya (yunoncha oros — tog'), ya'ni yer yuzasining relef shakl lari - tog'lar, cho'qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oyko nimiya (yunoncha oykos - uy), polinimiya (yunoncha polis — sha har) yoki urbanonomiya (lotincha urbos — shahar), ya'ni qishloq hanida shaharlarning nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros -kichik), ya'ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o'tloqlai daiaxtzorlar, jarlar, yo'llar, ko'priklar va hatto atoqli otga ega bo'lgan a yi i m daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug'-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar etnotoponimtar (yunoncha etnos xalq) deyiladi. Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni es antropotoponimlar (yunoncha antropos - odam) deb atash m um kin . Kattami-kichikmi, har bir tuman joy nomlarining boshqa tuman toponimiyasidan farq qiladigan o'ziga xos xususiyatlari bo'ladi. O'zbekistonda etnotoponimlar juda katta o'rin tutadi. V.A.Nikonov o'zi ta'riflab bergan nisbiy negativlik qonuniga amal qilib, e t n o t o p o n i m l a r bir on millat yoki xalq yaxlit yashaydigan hududning biron qismida emas, balki bu hududning chekka qismida, ya'ni ikki xalq aralash yashaydigan chegaradosh zonadagina bo'ladi deb yozadi. Masalan, Rossiyada Russkie Lipyagi — Mordovskie Lipy-agi — Chuvashskie Lipyagi; Russkiy Brod — Tatarskiy Brod; Russkaya Gvozdevka — Panskaya Gvozdevka; Russkaya Konopelka — Cher-kasskaya Konopelka; Russkoe Porechnoe — Cherkasskoe Porechnoe kabi juft nomlar ruslar bilan ikkinchi bir xalq aralash yashaydigan hududda paydo bo'lgan. Download 13.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling