Mutaxassilar aruz she’r tizimi arab adabiyotida VIII asrdan maydonga kelgani va IX asrdanoq forsiy tildagi adabiyotda ham qo’llanila boshlaganini qayd qiladilar. Turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan o’zbek adabiyotida ham aruzning qo‘llanila boshlashi taxminan shu vaqtga to’gri keladi degan fikr mavjud. Fitrat bu haqda to’xtalib: "Bizning O’rta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur "Qutadg’u bilik" kitobining shu aruz vaznida yozilgani e`tibor etilsa, juda eskidan qabul etilgani ma’lum boladur", deb yozadi. Hartugul, turkiy tildagi yaratilgan ilk asar sifatida hozircha "Qutadg’u bilik" tan olinar ekan, aruzning turkiy adabiyotda qaror topishi taxminan X-XI asrlarga to’gri keladi deyish mumkin. - Mutaxassilar aruz she’r tizimi arab adabiyotida VIII asrdan maydonga kelgani va IX asrdanoq forsiy tildagi adabiyotda ham qo’llanila boshlaganini qayd qiladilar. Turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan o’zbek adabiyotida ham aruzning qo‘llanila boshlashi taxminan shu vaqtga to’gri keladi degan fikr mavjud. Fitrat bu haqda to’xtalib: "Bizning O’rta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur "Qutadg’u bilik" kitobining shu aruz vaznida yozilgani e`tibor etilsa, juda eskidan qabul etilgani ma’lum boladur", deb yozadi. Hartugul, turkiy tildagi yaratilgan ilk asar sifatida hozircha "Qutadg’u bilik" tan olinar ekan, aruzning turkiy adabiyotda qaror topishi taxminan X-XI asrlarga to’gri keladi deyish mumkin.
"Mezon ul-avzon"da Alisher Navoiy "turk ulasi, bataxsis chig'atoy xalqi aro shoe’ avzondurkim, ala surudlarni ul vazn bila yasah, majlisda ayturlar", deb tuyug’, qo'shuq, chinga, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy" kabi surudlarni tiliga olgan, ularning mavzu, vazn va til haqida diqqatga sazovor mulohazalarni bayon qilgan, har biridan misol keltirib, aruziy bahrlarning vaznlarl ruknlarini ham qayd qilgan. Asarning mazkur bobi turkiy aruz tarixini o'rganishdagina emas, balki xalq qo'shiqlari va mumtoz yozma she'riyat orasidagi o'zaro ta’sirni aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Fikrning isboti uchun faqat bitta surud-chinga haqida yozilganlarni keltirish maqsadga muvofiq ko'rinadi: - "Mezon ul-avzon"da Alisher Navoiy "turk ulasi, bataxsis chig'atoy xalqi aro shoe’ avzondurkim, ala surudlarni ul vazn bila yasah, majlisda ayturlar", deb tuyug’, qo'shuq, chinga, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy" kabi surudlarni tiliga olgan, ularning mavzu, vazn va til haqida diqqatga sazovor mulohazalarni bayon qilgan, har biridan misol keltirib, aruziy bahrlarning vaznlarl ruknlarini ham qayd qilgan. Asarning mazkur bobi turkiy aruz tarixini o'rganishdagina emas, balki xalq qo'shiqlari va mumtoz yozma she'riyat orasidagi o'zaro ta’sirni aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Fikrning isboti uchun faqat bitta surud-chinga haqida yozilganlarni keltirish maqsadga muvofiq ko'rinadi:
- "Yana "chinga"durkim, turk ulusi zufof va qiz ko'churur to'ylarida ani ayturlar. Ul surudedur bag'oyat muassir. Va ikki nav’dur: bir nav'i hech vazn bila rost kelmas va bir nav'ida bir bayt aytilurkim, munsarehi matviyi mavquf bahridur va "yor-yor" lafzini radif o'rnig'a mazkur qilurlar, andoqkim, bayt:
- Qaysi chamandin esib keldi sabo, yor-yor,
- Kim damidin tushti o't jonim aro, yor-yor[16-tom, 92-93).
- Shunday qilib, "Mezon ul-avzon" Sharq poetikasining tarkibiy qismi bo'lgan aro'z ilmini turkly-o'zbek she'riyati qonun-qoidalari asosida o'zbek tilida yoritgan hamda bu masalaga doir ko'pgina ilmiy muammolari hal qilgan asardir. Bu ish esa, keyinchalik, Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan "Muxtasar” da rivojlantirildi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |