O‘zbek tili
11-sinf (1-chorak)
1.O`zbekiston qancha davlat elchixona va vakolatxonasini ochgan?
A) 44 B)33 C)30 D)45
2.O`zbek tilida hokim so`z qayerda keladi?
A) tobe so`zdan oldin B) tobe so`zdan keyin C) hokim so`z so`z birikmasi tarkibida kelmaydi
D) qayerda kelishining farqi yo`q
3.Moslashuv usuli bilan hosil bo`lgan so`z birikmalarini toping?
A)vatanni sevmoq,mustaqil davlat B)mening vatanim, maktab bog`i
C)kuchli davlat ,uydan chiqmoq Dota-onalar majlisi, tilla zanjir
4.Boshqaruvli birikmani toping?
A) mening kitobim, aqlli bola B) bog` atrofiga ekmoq,uyda o`tirmoq
C) maktabdan kelmoq,maktab hovlisi D) shiddatli to`lqin,katta ariq
5.Quyidagi berilgan so`z birikmalaridan qaysi biri bitishuv usuli bilan hosil bo`lgan?
A) o`sha ko`cha, kitobni o`qimoq B) shahar aholisi,daraxtni o`tqazmoq
C) vatanni sevmoq,mustaqil davlat D) aqlli qariya,oqqan daryo
6.Ruboiy necha misradan iborat? a) 2 b) 4 d) 3 e) 6
7.Quyidagi berilgan gaplardan qaysi biri buyruq gap?
A) Ruxsat bersangiz xonaga kirsam. B) O`zbekiston taraqqiyoti yoshlar qo`lida.
C)Dam olish kuni qayerga boramiz? D) Buyuk ajdodlarimiz merosidan faxrlaning.
8.Alisher Navoiyning ”Chor devoni” necha misra she`riy asarlarni o`z ichiga olgan?
A) 47000 B) 52000 C) 60000 D) 16000
9.”Xamsa”ning 4-dostoni qanday nomlanadi?
A)”Farhod va Shirin” B)”Layli va Majnun” C)”Xamsa” D)”Saddi Iskandariy”
10.Bobur qayerda bog`lar barpo qilgan?
A) Samarqand, Qobul B) Kesh ,Buxoro C) Termiz, Andijon D) Hindiston, Afg`onistin
11. Gulni sevmas ayol bormi dunyoda. Ushbu gap gapning maqsadga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) darak gap B) buyruq gap C) istak gap D) ritorik so‘roq gap
12. Turk nazmida chu men tortib alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam. Bayt kimning qalamiga mansub?
A) A. Navoiy B) Z.M.Bobur C) Z.Diyor D) O.Machon
Do'stlaringiz bilan baham: |