O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet113/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

27– kartochka

  1. Grammatik kategoriya.

  2. Sifat darajasi, turlari, yuzaga kelish usullari.

  3. Morfologik tahlil: Adir orasidan barkashdek oy ko‘tarilmoqda. (S.Ahmad.)

28– kartochka

  1. O‘rin – joy, mavhum otlarning yasalishi.

  2. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.

  3. Morfologik tahlil: Bizga g‘amxo‘rlik qilgan shoir Navoiyning umri uzoq bo‘lsin !

29– kartochka

  1. Grammatik ma’no va grammatik shakl, ularni yuzaga kelturuvchi vositalar.

  2. Turdosh otlar, yakka va jam otlar.

  3. Morfologik tahlil: Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi. (I.R.)

30– kartochka

  1. Bir so‘zining anglatgan ma’nolari.

  2. Bosh, jo‘nalish, chiqish kelishiklari bilan sinonimlik qiluvchi ko‘makchilar.

  3. Morfologik tahlil: Har kimning qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi. (G. Freytag.)



TESTLAR

  1. Qaysi gapda yasama so‘zning yasovchi asosi tarkibida shakl yasovchi ham mavjud?

O‘zim olib kelganimda kamchiliklari ko‘rsatilar va bu ko‘rsatmalarning keyingi ishlarim uchun katta yordami tegar edi.
Qorong‘ilik cho‘kkan bir paytda yangragan ovoz bo‘ron hayqirig‘idan kuchliroq eshitilardi.
Bu kuylardan, musiqa sehridan ko‘ngillar ziyoga, shavqqa to‘lib ravshanlashdi, mayin hislar balqidi.
Xiyobonning oxirida anorzor tepalikning shundoq yon bag‘rida tiniq bir chashma shildirab oqardi.

  1. Qaysi gapda juft so‘zlarning tarkibi so‘z yasalish va so‘z tarkibi jihatdan farqlanadi?

Ikkovi ham allaqachon oilali, bola-chaqali bo‘lib, o‘zlaridan tinib ketishgan.
Qurolsiz, navkarsiz mulla fazliddin Ahmad tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi.
Bu uchrashuv, bu ko‘rishuv sahro yuziga uch-to‘rt yomg‘ir tomchisi tushgani kabi edi.
Farmonovning to‘s-to‘polon xayolini tashqaridan eshitilgan mashina ovozi bo‘lib yubordi.

  1. So‘zning grammatik ma’nolari jihatidan farqlanadigan har bir shakli ... deyiladi.

So‘zshakl
Morfonema
Leksema shakl
Analitik shakl

  1. Otning “narsa”, sifatning “belgi”, fe’lning “harakat” ma’nosini anglatishi shu so‘zlarga xos ... ma’nolardir

Kategorial grammatik
Xususiy grammatik ma’no
Xususiy leksik ma’no
Barchasi

  1. parvona bo‘lmoq, rahmi kelmoq, xushomad qilmoq, yon bosmoq fe’llari ...

Munosabat fe’llari
Tafakkur fe’llari
Harakat fe’li
Natijali faoliyat fe’llari

  1. ko‘z oldiga keltirmoq, bir qarorga kelmoq, xulosaga kelmoq fe’llari ...

Natijali faoliyat fe’llari
Tafakkur fe’llari
Munosabat fe’llari
Harakat fe’li

  1. parchalamoq, sayqal bermoq, randalamoq, sindirmoq, o‘chirmoq fe’llari ...

Natijali faoliyat fe’llari

Tafakkur fe’llari


Munosabat fe’llari
Harakat fe’li

  1. javramoq, bobillamoq, javob bermoq, vag‘illamoq fe’llari ...

Nutq fe’llari
Tafakkur fe’llari
Munosabat fe’llari
Natijali faoliyat fe’llari

  1. changallamoq, mushtlamoq, chertmoq, hovuchlamoq, chapak chalmoq fe’llari ..

Harakat fe’li
Tafakkur fe’llari
Munosabat fe’llari
Natijali faoliyat fe’llari

  1. Boyimoq, kambag‘allashmoq, ko‘tarilmoq, urilmoq, quvg‘in bo‘lmoq fe’llari ..

Ijtimoiy holat fe’llari
Jismoniy holat fe’llari
Munosabat fe’llari
Tashqi holat fe’llari

  1. Holsizlanmoq, kuymoq, kuchlanmoq, zaiflashmoq fe’llari ..

Tashqi holat fe’llari
Jismoniy holat fe’llari
Natijali faoliyat fe’llari
Ijtimoiy holat fe’llari

  1. So‘zshaklning turlari ...

Sintetik, analitik va juft-takroriy
Yasama va tub
Sintetik, analitik, tartib, ohang
Nol shaklli va analitik

  1. Harakatning davomiyligini bildiruvchi modal shakl hosil qiluvchi qo‘shimchani aniqlang.

-g‘ila
-msira
-imsira
-la

  1. Buyruq -istak maylining qaysi shaxsi istak ma`nosini ifodalaydi.

I shaxsi
I-II shaxsi
II shaxsi
III shaxsi

  1. Biznikidir butun muhabbat, Biz o‘zimiz uning kuychisi (H.O). gapida nechta va qanday olmoshlar ishtirok etgan.

5 ta, kishilik, belgilash, o‘zlik, kishilik
4 ta, kishilik, o‘zlik, ko‘rsatish
5 ta, kishilik, belgilash, o‘zlik, ko‘rsatish
4 ta, kishilik, o‘zlik, kishilik

  1. Qadoq, pud, botmon kabilar nimaning o‘lchovi ekanligi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Og‘irlik o‘lchovini bildiradi
Qattiq jism hajm o‘lchovini bildiradi
Sath o‘lchovini anglatadi.
Uzunlik o‘lchovini bildiradi.

  1. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Berilgan gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan?

ko‘rsatish, belgilash olmoshi
so‘roq olmoshi
ko‘rsatish, gumon olmoshi
ko‘rsatish, belgilash olmoshi, korsatish

  1. Qaysi qatorda nutqiy o‘timli fe’l ishtirok etgan?

Kuchli to‘lqin uni oqizib ketdi.
Majnuntol kokillari yo‘lni to‘sib turardi.
O‘qituvchi yana intizom haqida gapirib o‘tdi.
Karima u qizni surishtirib qoldi

  1. 1.Berilgen so‘zlarni tegishli guruhlarga ajrating. 1)sassiqpopishuk 2)sovuqqonlik 3 )bilimdonlikdan 4)sachratqi 5)ko‘paytma 6)tinchitmoq 2 morfemadan iborat so‘z 3 morfemadan iborat so‘z 4 mortemadan iborat so‘z 5 morfemadan iborat so‘z

l, 4-b, 2, 5-c,3, 6-d
l-a, 4,S-b, 2, 3-d, b-s
l-a, 2, 4, 5-b, 3-d, b-s
1, 4-a, 2, 5-b, 3, 6-c

  1. Fe'ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?

-q, -in, -ma
-aki, -oq, -choq
-q, -iq, -iy
-qi, -viy, -k

  1. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lning yetakchi qismi juft fe’ldan tuzilgan?

Amakisi faqat og‘izda qo‘llab-quvvatlab qo‘yadigan inson.
U o‘z ishini o‘lib-tirilib yozdi.
Akmal doimo pulini tejab-tergab ishlatardi.
Yangasi oshirib-toshirib gapirishga ust

  1. Qaysi qatordagi sifatlar qo‘shib yoziladi?

yarim//avtomat, sovuq//qon, nim//pushti
xalq//aro, tim//qora, ola//quroq
kam//gap, och//qizil, lang//ochiq
och//nahor, ola//chipor, jigar//rang

  1. 1) Bitirmoq; 2)qizarmoq; 3)qochirmoq; 4)tushirmoq; 5)solishtirmoq; 6) surishtirmoq; 7)uyg‘otmoq; 8) yupatmoq; 9)oshirmoq; 10) chaqirmoq; 11)sahnalashtirmoq. Ushbu fe’llardan qaysilari orttirma nisbat shaklida?

1, 3, 4, 9
2, 8, 9, 11
1, 4, 5, 9
1,3, 6, 7, 9

  1. Fe’l+fe’l shaklidagi qo‘shma fe’llarni toping.

Olib qochmoq, ishlab chiqarmoq.
Sotib yubormoq, o‘ylab qolmoq.
Quvonib keldi, shoshirib qo‘ydi.
Isib ketdi, yozib bordi.

  1. Qaysi qatorda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi berilmagan?

Jo‘shib kuylamoq, olib tushmoq
Haydab yubormoq, to‘kib solmoq.
Kelisha olmoq, chiqara bilmoq.
Tebranib bormoq, qarab qo‘ymoq.

  1. Son so‘z turkumi quyidagi qo‘shimchalarning qaysi birini qabul qilishi mumkin? 1) so‘z yasovchi qo‘shimchalar; 2)lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar 3)sintaktik shakl yasovchi qo shimchalar

1, 2, 3
2 va 3
faqat 3
faqat 2

  1. Son so‘z turkumi haqida berilgan noto‘gri hukmni aniqlang

Son sanalish xususiyatiga ega bo‘lgan predmetlarga qo‘shiladi, bunda son bog‘lanib kelgan ot ba'zan ko‘plik shaklida bo‘ lishi mumkin
Son aniq miqdoriy belgini bildirishi bjlan miqdor bildiruvchi so‘zlardan farq qiladi
-ov,-ala qo‘shimchalari jamlik ma nosini ifodalagani uchun bir soniga qo‘shilmaydi.
Barcha hukmlar to‘g‘ri

  1. Qaysi qatordagi gapda o‘tgan zamon sifatdoshi qo‘llangan?

Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi
Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi
Bilmaslik ayb emas, bilmasligini bo‘yniga olmaslik ayb
Ba’zilar o‘qigani kelganini ham unutishadi

  1. Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi? 1) -( y; 2) –(r; 3) –di; 4) –moqda; 5)-ajak; 6) –gandi; 7)-moqchi

1, 2, 5, 7
1, 5, 6, 7
1, 4, 5, 7
2, 3, 6, 7

  1. Har kim ko‘z oldida bir narsa topib, shunga ko‘z tikkan va u narsada Zebi o‘z otasini, Qurvonbibi o‘z erini, Salti qovog‘idan qor yog‘ib turgan sovuq bir so‘fini ko‘rardi. Ushbu gapda nechta o‘rinda olmosh qo‘llangan?

7
4
6
5

  1. Qaysi so‘zlardan bir xil grammatik shakl bilan ham majhul, ham o‘zlik nisbat hosil qilish mumkin?

Qoqmoq, yozmoq, to‘plamoq
Sevmoq, ko‘rmoq, tayyorlamoq
Olmoq, o‘qimoq, bormoq
Kiymoq, taramoq, bermoq

  1. Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qo‘llanmagan?

Vaqt allamahal bo‘lib qolgan edi
Ali Qushchi allanimalarni o‘ylab ketdi.
Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi.
Ot nima uchundir o‘rnidan jilmasdi.

  1. Takroriy ravishdosh hol bo‘lib kelgan gapni toping.

Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.
Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi.
Yoqimli shamol g‘ir-g‘ir esadi.
Nizomjon bo‘lgan voqeani oqizmay-tomizmay aytib berishga majbur bo‘ldi.

  1. Qaysi gapda lisoniy o‘timsizlik belgisiga ega so‘z berilgan?

sakramoq, yog‘moq, tushmoq
ko‘rmoq, yurmoq, yutmoq
turtmoq, uchratmoq, bezanmoq
olinmoq, tayyorlanmoq, o‘qilmoq

  1. Qaysi gapda nutqiy o‘timsizlik belgisiga ega so‘z berilgan?

olinmoq, tayyorlanmoq, o‘qilmoq
sakramoq, yog‘moq, tushmoq
turtmoq, uchratmoq, bezanmoq
ko‘rmoq, yurmoq, yutmoq

  1. Qaysi gapda nutqiy o‘timlilik belgisiga ega so‘z berilgan?

o‘tkazmoq, ko‘chirmoq, chiqarmoq
sakramoq, yog‘moq, tushmoq
turtmoq, uchratmoq, bezanmoq
ko‘rmoq, yurmoq, yutmoq

  1. ir- orttirma nisbat qo‘shimchasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri?

undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi.
undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi.
fe’l yasovchi qo‘shimcha bilan omonimlik hosil qiladi.
vazifasiga ko‘ra shakl yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi.

  1. Qaysi gapdagi juft so‘z faqat lisoniy tabiatga ega?

Ikki oila anchadan beri bordi-keldi qilishadi.
Akmal bo‘lib o‘tgan voqeadan xursandligidan yelib-yugurib qoldi.
Ukalaring yaxshi, o‘ynab-kulib yurishibdi.
Ona bir necha marta o‘z dardini aytib-aytib qo‘ydi.

  1. Yasovchi affiksning bir turkumga xos bo‘lgan xilma-xil ma’noli so‘z yasash hodisasi ….deyiladi.

affiksal polisemiya
affiksal omonimiya
affiksal sinonimiya
affiksal pleonazm

  1. Qaysi qatorda yasovchi asosi yasama so‘zga teng bo‘lgan so‘z keltirilgan?

Do‘stlar, tinchlik qadriga yetaylik.
Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi.
Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat,dadillik baxsh etgandek bo‘ldi.
Mehmonlarning oldiga shirinlik va issiq choy keltirib qo‘ydi.
Berilgan qo‘shimchalarning qaysilari ot so‘z turkumiga xos bo‘lib,ham so‘z yasovchi,ham lug‘aviy shakl

  1. Quyidagi misollarda berilgan nisbat qo‘shimchasi haqidagi to‘g‘ri hukmni toping.1.Аzizа vа Коmilа chuqur sаmimiyat vа do‘stlik hissi bilаn ko‘rishishdi, so‘rаshishdi. 2.Ustа tоmning tuprоg‘ini ko‘chirishgа tushаrkаn, O‘ktаm kеtmоn bilаn ustаgа bоqishdi. 3.Qоrаtоy bilаn O‘rоz yigitni аvаylаb ko‘tаrib, ushlаnib qоlmаslik uchun jo‘rttаgа chug‘urlаshib, suv bilаn birgа pаstgа qаrаb bоrishdi.

1-gapda birgalik-o‘zlik, 2-gapda birgalik-ko‘maklashish, 3-gapda birgalik-ko‘plik
1-gapda birgalik- ko‘maklashish, 2-gapda birgalik-o‘zlik, 3-gapda birgalik-ko‘plik
1-gapda birgalik -ko‘plik, 2-gapda birgalik-ko‘maklashish, 3-gapda birgalik- o‘zlik
1-gapda birgalik-o‘zlik, 2-gapda birgalik- ko‘plik , 3-gapda birgalik-ko‘maklashish

  1. Qaysi gapda аsоsiy subyеktni аnglаtuvchi so‘z to‘ldiruvchi vаzifаsidа, ko‘mаklаshuvchi subyеktni аnglаtuvchi so‘z esа egа vаzifаsidа kеlаdi?

Ustа tоmning tuprоg‘ini ko‘chirishgа tushаrkаn, O‘ktаm kеtmоn bilаn ustаgа bоqishdi.
Аzizа vа Коmilа chuqur sаmimiyat vа do‘stlik hissi bilаn ko‘rishishdi, so‘rаshishdi.
Qоrаtоy bilаn O‘rоz yigitni аvаylаb ko‘tаrib, ushlаnib qоlmаslik uchun jo‘rttаgа chug‘urlаshib, suv bilаn birgа pаstgа qаrаb bоrishdi.
Оdаmlаr kаttа-kichik guruhlаrgа bo‘linib, hаr yoqqа tаrqаlib kеtishdi.

  1. Qaysi qatorda nokategorial shаkllаr berilgan?

turtkilа, kulimsirа, oqarinqira, savala
ishlаyapmаn, ishlаyapsаn, ishlаyapti
kelgan, kelgach, kelmoqda
borish, yugurgani, ketmoqchi

  1. Qaysi qatordagi so‘zlar sintaktik-leksik usulda yasalgan?

qashqargul, mingboshi, tokqaychi
uchburchak, shifobaxsh, kechqurun
ko‘rgazma, tarashla, kulgi
sartaroshxona, muzxona, oshxona

  1. Mehnatdan yer, suvdan o‘simlik, quyoshdan borliq yashnaydi. Ushbu gapda nechta sintetik shakl yasovchi qo‘shimcha bor?

5 ta
2 ta
6 ta
3 ta

  1. Qaysi gapda o‘zlik olmoshi o‘ziga xoslik ma’nosini bildirgan?

kuzda baliq ovlashning o‘z gashti bor
o‘zing ishlab topganinga o‘zing ega bo‘lasan
o‘z uying, o‘lan to‘shaging
chiroq o‘zi o‘chib qoldi

  1. Qaysi qatorda tuslanishsiz fe’l ishtirok etgan?

ruxsat so‘rab kirdi
xat yozmoqchiman
talabalarning hammasi chaqirilgan
bolalar ishlayapti

  1. Birgalik nisbatining qaysi ma’nosida harakatning subyekti, ham obyekti bo‘lgan ikki va undan ortiq shaxsning harakati ifodalanadi?

birgalik-o‘zlik ma’nosida
birgalik-ko‘plik ma’nosida
ko‘maklashish ma’nosida
hammasida

  1. Kishilik olmoshlarining qaysilarida eski tilimiz va badiy uslubda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi qisqargan holda qo‘llanishi mumkin?

I shaxs kishilik olmoshlarida
II shaxs kishilik olmoshlarida
III shaxs kishilik olmoshlarida
I va II shaxs kishilik olmoshlarida

  1. Ham o‘zlik, ham majhullik nisbati ma’nolarini bildira oldigan fe’llar qatorini toping?

ochilmoq, otilmoq, tashlanmoq
yorilmoq, bo‘yalmoq, aytilmoq
yechilmoq, o‘qilmoq, tug‘ilmoq
barcha javoblar to‘g‘ri

  1. Morfologiya bilan bog‘liq bo‘lgan tovush hodisalarini o‘rganuvchi ta’limot nima deyiladi?

morfonologiya
morfemika
fonologiya
fonematika

  1. “Bog‘langan” , “Biriktirilgan” ma’nolarini ifodalovchi terminni toping?

affiks
pleonazm
grammatika
semantika

  1. Qaysi javobda yashovchanlik so‘zidagi eng kichik morfema to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

yashovchan+lik
yosh
yashov+chan+lik
yasha

  1. “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari yetaklaydi”,--dedi bobo sevinchdan ko‘zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so‘z turkumidan yasalgan?

sifat, son, ot, fe’l
olmosh, ravish, son, ot
sifat, son, ot, fe’l, olmosh
sifat, son, fe’l

  1. Yetakchi fe’l faqat –a, -y ravishdosh yasovchisi yordamida birikuvchi ko‘makchi fe’llarni toping?

boshla, bil, yoz
ko‘r, qoldi, qo‘ydi
qara, yoz, oldi
qol, yot, boshla

  1. Narsaning doimiy harakat belgisini bildiruvchi sifatdoshni toping?

–(u)vchi
–ajak
–gusi
–adigan

  1. Bulutlardan tepamda poda. Ushbu gapda chiqish kelishigi qanday ma’no ifodalagan?

narsaning nimadan ishlanganini ifodalash
harakat qaratilgan narsani ifodalash
fe’ldan anglashilgan ish-harakatning belgisini
bir narsani boshqa bir narsa bilan qiyoslash

  1. -la qo‘shimchasi yordamida yasalgan fe' llar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) siltala 2)opichla 3)bukla 4)quvla 5)uxla 6)uhla 7)voyvoyla 8 ) avayla

6.7
1,2,6, 7
1,2,3,4,6,7
barchasi to‘g‘ri

  1. Qaysi javobda payt ravishlari ko‘rsatilgan? 1)bugungi; 2) buguncha; 3) hozirgi; 4) hozirgacha; 5) so‘nggi; 6)so‘ngra

2, 4,6
1, 2, 3, 4, 5, 6
1,3,5
1,2,3,4

  1. Bu jahonning mazmunin bilmoqchi bo‘lsang, o‘rtoq, Yuragingga kitobning zavqli mash'alini yoq. Ushbu misralardagi qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri?


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling