O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


-modul. Ikkinchi darajali bo‘laklar


Download 1.1 Mb.
bet97/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

19-modul. Ikkinchi darajali bo‘laklar
Ikkinchi darajali bo‘laklarning gapdagi mavqeyiga ko‘ra tasnifi: aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol.
Aniqlovchi predmetning sifati, xususiyati miqdori yoki qarashliligi kabi turli belgilarini anglatuvchi ikkinchi darajali bo‘lak yekanligi. Aniqlovchining gap qurilishida konstruktiv bo‘lak bo‘la olmasligi.
Aniqlovchining ifodalanishi, turlari: sifatlovchi-aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi, izohlovchi. Sifatlovchili birikma qismlarining bitishuv yo‘li bilan birikib atributiv munosabatni ko‘rsatishi. Qaratqichli birikma qismlarining moslashuv yo‘li bilan birikib, atributiv munosabatni ko‘rsatishi. Izohlovchi predmetni boshqacha nom bilan atash uchun qo‘llanadigan aniqlovchining alohida turi ekanligi. Izohlovchining turlari, ma’nosi. Aniqlovchining ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
To‘ldiruvchi predikatning obyekt valentligini ifodalaydigan ikkinchi darajali bo‘lak ekanligi. To‘ldiruvchining hokim bo‘lakka kelishik yordamida va ko‘makchi bilan bog‘lanishi. Mustaqil va nomustaqil to‘ldiruvchilar. To‘ldiruvchining turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi. To‘ldiruvchining vositasiz, vositali turlari. Funksional va nofunksional to‘ldiruvchilar. To‘ldiruvchining ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
Holning kesimga tobe bo‘lgan, harakatning bajarilishidagi turli holatlarni bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak ekanligi. Holning turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi. Holning ma’no turlari: ravish holi, o‘rin holi, payt holi, sabab holi, maqsad holi, miqdor-daraja holi. Determinant bo‘laklar, ularning gap tarkibidagi qo‘llanish xususiyati. Funksional va nofunksional hollar. Holning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
Gap bo‘laklarining tartibi. Gap bo‘laklari tartibi va aktual bo‘laklanish. Erkin tartib. Inversiya, uning turli ko‘rinishlari. Inversiya haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.


20-modul. Uyushiq bo‘laklar
Uyushiq bo‘laklar haqidagi sintaktik ta’limot. Gapda turli gap bo‘laklarining uyushib kelishi. Uyushiq bo‘laklarda egalik, kelishik va son ko‘rsatkichlarining qo‘llanishidagi o‘ziga xosliklar. Uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi birliklar. Uyushiq bo‘laklarni biriktiruvchi yordamchilar. Uyushiq bo‘laklarning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling