Sintaktik aloqa vositalari: formal vositalar, leksik-grammatik vositalar, pozitsion va intonatsion vosita.
Sintaktik aloqa turlari: tenglanish va tobelanish. Ochiq va yopiq tenglanish. Tobe aloqa. Koordinativ va subordinativ aloqa. Tobe aloqa usullari: moslashuv, boshqaruv va bitishuv. Teng va tobe aloqa vositalarining ta’lim bosqichlari darsliklarida berilishi.
SHakliy va mazmuniy sintagmatik munosabat. Mazmuniy sintagmatik munosabat: predikativ munosabat va nopredikativ munosabat. Atributiv, obyektli va relyativ munosabat. Kopulyativ munosabat. Introduktiv munosabat: vokativ munosabat, modal munosabat. Predikativ munosabatning ifoda shakllari. Birlamchi va ikkilamchi predikativlik. Shakliy sintagmatik munosabat.
14-modul. So‘z birikmasi
So‘z birikmasining semantik-sintaktik strukturasi. So‘z birikmasi bir so‘zning boshqa so‘zga qo‘shilish imkoniyati - valentligiga tayanishi. So‘z birikmasining struktur jihatdan unga o‘xshash birliklardan farqi.
So‘z birikmasi va sintagma munosabati. So‘z birikmasi va sintagmaning bir-biriga o‘xshash tomonlari va farqi. Sintagmalanish nutqning grammatik, mazmun jihati bilan bog‘langan hodisa ekani.
So‘z birikmasining morfologik tabiatiga ko‘ra turlari: otli birikma, fe’lli birikma va ravish-sifatli birikma ko‘rinishida kelishi.
So‘z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda birikma va murakkab birikma.
So‘z birikmasi haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.
15-modul. Gap qurilishi haqidagi sintaktik nazariyalar. Sodda gap
Gap haqidagi ta’limot. Gapning grammatik markazi tushunchasi. Gapda predikativlikning ifodalanishi. Predikativlikning modallik, zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor kategoriyalari bilan bog‘liqligi.
Gapning grammatik kategoriyalari: grammatik shaxs kategoriyasi, grammatik zamon kategoriyasi, gapning ifoda maqsadi kategoriyasi, modallik kategoriyasi. Modallikning munosabat ifodalovchi grammatik kategoriya ekanligi. Gap zamoni va fe’l zamoni o‘rtasidagi farq. Gapda shaxs-son va tasdiq-inkor ma’nolarining ifodalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |