-chasiga. Bu affiks turli so„zlarga qo„shilib ravish yasaydi, ish-harakatning yasash asosi anglatgan narsa, belgi-xususiyatga qiyos qilinganligi, harakatning bajarilish usuli ma’nolarini bildiradi: harbiy-chasiga, askar-chasiga, ochiq-chasiga,
qahramon-chasiga kabi. Bu affiks aslida -cha yasovchisi hamda egalik affiksi bilan jo„nalish kelishigi affiksinmg qo„shilishidan hosil bo„lgan (cha-si-ga). Bu affiks tarkibiga singib ketgan egalik va kelishik affikslari o„zining ma’nosi va shakl yasovchilik xususiyatini yo„qotadi. Masalan: O‘ktam maxorkani
frontachasiga o‘rab, tutunini huzur qilib so‘rdi. (Oybek) Mirvali Eralining so‘nggi so‘zidan keyin aytar gapini yo‘qotdi, endi ochiqchasiga gaplashish payti keldi, deb oyladi. (S.Ahmad).
-larcha. Bu affiks ot, sifat kabi so„zlardan ravish yasaydi, yasash asosi anglatgan narsa, belgiga o„xshatish, harakatning bajarilish usuli ma’nosini bildiradi: yigit-larcha, polvon-larcha, qadrdon-larcha, oTtoq-larcha, ota-larcha, katta-larcha, do‘st- larcha, bola-larcha kabi. Bu affiks ham tuzilish jihatidan murakkab bo„lib, ko„plik affiksi -lar va -cha affiksining birikishidan hosil bo„lgan. Masalan: Halim bobo Oyqizning qo‘llarmi siypalab, ota-larcha erkalatdi. (Sh.Rashidov). Jo‘ra do'stlarcha koyib-koyib, hujraning besh tiyinlik chaqaday qulfini ko‘rsatdi-da, yo‘qoldi. (Oybek).
-lab. Bu affiks yordamida ot, sifat, ravish turkumi
so„zlaridan ravish yasaladi, harakatning bajarilish holatini, paytini va miqdorini bildiradi: yil-lab, hafta-lab, yaxshi-lab, bop-lab, qulochkash-lab, kecha-lab, oy-lab, sahar-lab, ko‘p-lab, kilo-lab, tonna-lab kabi. Masalan: Bunday dalillarni, kerak bo‘lsa, juda kojilab topishimiz va yozishimiz mumkin. («Mushtum»). Bu o'tirishdan so‘ng u [Otabek] bir oylab bo‘zaxonaga kelmadi. (Oybek).
Do'stlaringiz bilan baham: |