O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.11 Mb.
|
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI O’ZBEK TILI ADABIYOTI KAFEDRASI N.DOSANOV HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI FANI BO’YICHA (2-kurs, 3,4-semestr) O‘QUV-USLUBIY MAJMUA Toshkent - 2021 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TASDIQLANDI” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor _______ D.U.Ergashev 202_ yil “_____” ____________ HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi “Hozirgi o’zbek adabiy tili” fanidan O‘QUV-USLUBIY MAJMUA Ushbu o’quv-uslubiy majmua “Hozirgi o’zbek adabiy tili” fani bo’yicha yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanning ishchi dasturi, ma’ruza matnlari, amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalari va amaliy mashg’ulotlaritarqatma materiallari jamlangan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlarinig bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. Tuzuvchi: N.Dosanov – Nizomiy nomidagi TDPU O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Taqrizchi: S.Adilova - Nizomiy nomidagi TDPU O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Mundarija So’zboshi ............................................................................................... O’QUV MATERIALLARI MA’RUZA MATNLARI – 3 semestr 1 – ma’ruza. Morfemika. So‘zning morfemik tarkibi. Morfema turlari 2 – ma’ruza. So’zning morfem tarkibidagi o‘zgarishlar. Affiksal morfemalarning ayrim xususiyatlari 3 – ma’ruza. So’z yasalishi. So‘z yasalish tarkibi 4 – ma’ruza. So’z yasash usullari. So‘z turkumlarida so‘z yasalishi. 5 – ma’ruza. Morfologiya. So’z turkumlari tasnifi. 6 – ma’ruza. Fe’l so‘z turkumi. Fe’llarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra tasnifi. 7 – ma’ruza. Fe’lning grammatik kategoriyalari.Bo‘lishli-bo‘lishsizlik, daraja, mayl kategoriyalari 8 – ma’ruza. Fe’lning zamon va shaxs-son kategoriyasi 9 – ma’ruza. Fe’lning funksional va modal shakllari. 10 – ma’ruza. Ot so’z turkumi. Otlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra tasnifi. 11 – ma’ruza. Otning grammatik kategoriyalari. 12 – ma’ruza. Sifat so‘z turkumi. Sifat darajalari. 13 – ma’ruza. Son so‘z turkumi. Sonnig morfologik xususiyatlari, tasnifi. 1.2 AMALIY MASHG’ULOT MAVZULARI BO’YICHA O’QUV USLUBIY MATERIALLAR – 3 semestr 1 – amaliy mashg’ulot. Morfemika. So‘zning morfemik tarkibi. 2 – amaliy mashg’ulot. Morfema turlari 3 – amaliy mashg’ulot. So’zning morfem tarkibidagi o‘zgarishlar. 4 – amaliy mashg’ulot. Affiksal morfemalarning ayrim xususiyatlari 5 – amaliy mashg’ulot. So’z yasalishi. 6 – amaliy mashg’ulot. So‘z yasalish tarkibi 7 – amaliy mashg’ulot. So‘z yasalish tarkibi So’z yasash usullari. 8 – amaliy mashg’ulot. So‘z turkumlarida so‘z yasalishi. 9 – amaliy mashg’ulot. Morfologiya. So’z turkumlari tasnifi. 10 – amaliy mashg’ulot. Grammatik ma’no. 11 – amaliy mashg’ulot. Grammatik shakl. 12 – amaliy mashg’ulot. Grammatik kategoriya. 13 – amaliy mashg’ulot. Fe’l so‘z turkumi. Fe’llarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra tasnifi. 14 – amaliy mashg’ulot. Fe’lning grammatik kategoriyalari. 15 – amaliy mashg’ulot. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi. 16 – amaliy mashg’ulot. Daraja kategoriyasi. 17 – amaliy mashg’ulot. Mayl kategoriyasi. 18 – amaliy mashg’ulot. Fe’lning zamon kategoriyasi. 19 – amaliy mashg’ulot. Fe’lning shaxs-son kategoriyasi. 20 – amaliy mashg’ulot. Fe’lning funksional shakllari. Harakat nomi. 21 – amaliy mashg’ulot. Sifatdosh 22 – amaliy mashg’ulot. Ravishdosh 23 – amaliy mashg’ulot. Fe’lning modal shakli. 24 – amaliy mashg’ulot. Ot so’z turkumi. Otlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra tasnifi. 25 – amaliy mashg’ulot. Otning grammatik kategoriyalari. 26 – amaliy mashg’ulot. Otning funksional shakllari 27 – amaliy mashg’ulot. Sifat so‘z turkumi. 28 – amaliy mashg’ulot. Sifat darajalari. 29 – amaliy mashg’ulot. Son so‘z turkumi. Sonnig morfologik xususiyatlari, tasnifi. 1.3 MA’RUZA MATNLARI – 4 semestr 1 – ma’ruza. Olmosh so‘z turkumi. 2 – ma’ruza. Ravish so’z turkumi. Ravishning ma’no va tuzilishiga ko‘ra tasnifi. 3 – ma’ruza. Yordamchi so‘z turkumlari. Alohida so‘zlar guruhi: modal, taqlid, undov so‘zlar. 4 – ma’ruza. Sintaksis. Sintaktik birliklar tavsifi. Sintaktik aloqa turlari. Sintaktik aloqa vositalari. 5 – ma’ruza. So’z birikmasi va soda gap. Gap bo’laklari. Gapning uyushiq bo’laklari 6 – ma’ruza. Qo’shma gap. Uning turlari 7 – ma’ruza. Ergashgan qo’shma gaplar va uning turlari 8 – ma’ruza. Ergashgan qo’shma gaplar va uning turlari 9 – ma’ruza. Murakkab qo’shma gaplar 1.4 AMALIY MASHG’ULOT MAVZULARI BO’YICHA O’QUV USLUBIY MATERIALLAR – 4 semestr 1 – amaliy mashg’ulot. Olmosh so‘z turkumi. 2 – amaliy mashg’ulot. Ravish so’z turkumi. Ravishning ma’no va tuzilishiga ko‘ra tasnifi. 3 – amaliy mashg’ulot. Yordamchi so‘z turkumlari. 4 – amaliy mashg’ulot. Alohida so‘zlar guruhi: modal, taqlid, undov so‘zlar. 5 – amaliy mashg’ulot. Sintaksis. Sintaktik birliklar tavsifi. 6 – amaliy mashg’ulot. Sintaktik aloqa turlari. 7 – amaliy mashg’ulot. Sintaktik aloqa vositalari. 8 – amaliy mashg’ulot. So‘z birikmasi va gap. 9 – amaliy mashg’ulot. Sodda gap. 10 – amaliy mashg’ulot. Gap bo’laklari. 11 – amaliy mashg’ulot. Predikativlik 12 – amaliy mashg’ulot. Gapning intonatsion xususiyatlari 13 – amaliy mashg’ulot. Gaplarning funksiyasiga ko’ra turlari 14 – amaliy mashg’ulot. Qo’shma gap va uning turlari 15 – amaliy mashg’ulot. Ergashgan qo’shma gaplar 16 – amaliy mashg’ulot. Ergashgan qo’shma gaplar turlari 17 – amaliy mashg’ulot. Murakkab qo’shma gaplar MAVZULAR BO’YICHA TESTLAR ..................................................... GLOSSARY .............................................................................................. ISHCHI FAN DASTURI ......................................................................... SO’ZBOSHI Ushbu o’quv-uslubiy majmua “Hozirgi o‗zbek adabiy tili” (Fonetika.Leksikologiya) fani bo’yicha yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanga doir ma`ruza matnlari, amaliy mashg’ulot ishlanmalari, mashqlar, topshiriqlar, mustaqil ta`lim yuzasidan tavsiya va mavzular, fan bo’yicha glossariy, o’quv hamda ishchi ta`lim yuzasidan tavsiya va mavzular, fan bo’yicha glossariy, o’quv hamda ishchi dastur, joriy va yakuniy nazoratlar bo’yicha savolnoma va test savollari jamlangan. Mazkur majmua 5111200 – O’zbek tili va adabiyoti ta‘lim yo’nalishi uchun tasdiqlangan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” fani dasturi asosida tayyorlandi. Majmuada berilgan dars ishlanmalari talabalarning ma‘ruza, laborotoriya mashg’ulotlari materiallari ustida mustaqil ish olib borishiga imkoniyat yaratadi, shuningdek, talabaning o’z bilimini o’zi nazorat qila olishiga ham yordam beradi. O’quv-uslubiy majmua H.Jamolxonovning “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (1-qism) fani bo’yicha yaratilgan darsligi asosida tayyorlandi. 1-MAVZU. MA’RUZA MATNI. Morfemika. So‘zning morfemik tarkibi. Morfema turlari Reja: 1. Morfemika tilshunoslikning bir bo‘limi. 2. Morfemika va tilshunoslik bo‘limlari. 3. Morfemaning ifoda va mazmun jihati. 4. So‘zning morfem tarkibi. 5.Morfema turlari Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlarning lug‘ati Affiksatsiya - Аffixation - Аффиксация Morf - morph - морф Morfema, ma’noli qism - morpheme - морфема Morfemika - morphemics - морфемика Morfologik qayta bo‘linish - Morphological reexpansion — Морфологическое переразложение Асос - the basis of word — Основа Affiksal sinonimiya - Affixal Synonymy — Аффиксальная синонимия Affiksal morfema - Morpheme affixal — Аффиксальная морфема Affiksal antonimiya - Affixal antonymy — Аффиксальная антонимия Affiksal omonimiya - Affixal homonymy — Аффиксальная омонимия 2-ilova 1. Morfemika nimani o‘rganadi? 2. Morfemikaning boshqa til bo‘limlari bilan aloqasi nimalarda ko‘rinadi? 3. So‘zning morfem strukturasi deganda nimani tushunasiz? 4. Morfemaning qanday turlari bor? 3-ilova Afsonaviy, asorat, afsunlamoq, bo‘g‘izlamoq, bo‘g‘iz, bichiqchilik, devonbegi, jo‘raboshilik, izlattirmoq, ilhomlanmoq, chirmoviq, kitobxonlik, lalayishmoq, laylaktumshuq, namozshomgul 4-ilovaMorfemika grammatikaning alohida bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o‘zaro munosabatini, turlarini o‘rganadi. Morfemika-so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’lumot.5-ilova So‘zning morfem tarkibi So‘zning morfem tarkibi uni tashkil etuvchi morfemalar yig‘indisidir. Masalan: yoq/moq, inkichka/la/moq, ikki/lan/moq, manfaat/parast, manfaat/dor. So‘z birgina morfemadan iborat bo‘lishi mumkin:ko‘z, kalla, kalit, non,gul. Bir morfemali so‘zlar faqat o‘zakdan iborat bo‘lib, odatda tub so‘z hisoblanadi. Eng soda morfem tarkibli so‘zlar tub so‘zlardir. Ular odatda birgina morrfemadan-o‘zakdan tashkil topgan. Ovloq, qishloq so‘zlarining morfem tarkibini tahlil qilganda –loq qismi boshqa so‘zlar (qumloq,o‘tloq) tarkibida morfema sifatida ajralsa ham bu so‘zlar tarkibida ajratilmaydi. Bu so‘zlar takibidagi morfemalar tarixan mustaqil bo‘lgan bo‘lsa ham bugungi kun nuqtayi nazaridan morfema sifatida ajratilmaydi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling