O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.11 Mb.
|
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr
Tarixiy (diaxron) yasalishda esa yasama so„zning ma’nosi va shu ma’noning ifodalanish usulini qismlarning ma’no munosabatlari orqali asoslab bo„lmaydi. Bu ma’no maxsus tekshirishlar orqali aniqlanadi. Masalan, o‘t-loq, tosh-loq, qum- loq, qish-loq, ov-loq so„zlari ko„rinishidan o„xshash. Bularning hammasi aslida o„rin ma’nosini ifodalovchi -loq qo„shimchasi orqali yasalgan. Ammo dastlabki uch so„z yasama sanalib, morfemalarga ajraladi (o‘t-loq - o‘tli, o‘t ko‘p joy, tosh-loq - toshli, tosh ko‘p joy, qum-loq - qumli, qum ko‘p joy). Keyingi ikkitasi (qishloq, ovloq) bunday qismlarga ajralmaydi, chunki bularda qismlarning semantik munosabati sezilmaydigan bo„lib qolgan. Ya’ni qishloq so„zi fasl bildiruvchi qish so„zi bilan bog„lanmaydi (qish-la-q «qishda yashaydigan joy»), ovloq so„zi endi «ov joyi, ov qilinadigan joy» ma’nosida emas, balki ma’nosi o„zgarib «xilvat joy» degan ma’noni bildiradi.
Hozirgi (sinxron) so„z yasalishida kamida ikkita yasovchi komponent (qism) qatnashadi. Bulardan hech bo„lmaganda bittasi mustaqil ma’noli (narsa, belgi, harakat va sh.k.) bo„ladi. Yasama so„zni yuzaga keltiruvchi bu qismlar yasovchilar, ularning o„zaro munosabatidan (birikishidan) hosil bo„lgan birlik yasalma (yasama so„z) deyiladi. Yasalmaning yuzaga kelishida qatnashuvchi mustaqil ma’noli qism yasovchi asos (yasalmaning asosi) hisoblanadi. Bunday asos sodda yasama so„zda bitta, qo„shma so„zda birdan ortiq bo„ladi: ishchi: ish - yasovchi asos, -chi - yasovchi qo„shimcha, ishchi - yasalma; toshko‘mir: yasovchi asos - tosh va ko‘mir, toshko‘mir — yasalma. Yasama so„z quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi. Agar so„z tarkibida, ikki yasovchi qism qatnashmasa, garchi bu so„z tarkibida yasovchi qo„shimcha yoki mustaqil ma’noli qism bo„lsa-da, shuningdek, so„zning ma’nosi bilan so„z yasalishining ma’lum tipi o„rtasida aloqadorlik sezilsa-da, bu so„z yasama so„z bo„la olmaydi. Masalan, qattiq, yumshoq, silliq so„zlariga e’tibor bering. Bulardanyumshoq so„zi yumsha fe’liga - q qo„shimchasining qo„shilishidan hosil bo„lganini sezish qiyin emas (-q qo„shimchasining ta’sirida fe’l oxiridagi a tovushi o tovushiga o„tgan: yumsha-q - yumshoq). Shuningdek, yumshoq so„zi bildirgan ma’noni yumsha va -q yasovchilari ma’nosi bilan asoslash mumkin: -q qo„shimchasi narsaning fe’l anglatgan harakat natijasi sifatidagi belgisini bildiradi: yig‘-iq, qis-iq, yop-iq, yirt-iq kabi. Qattiq so„zi ham aslida xuddi yumshoq so„zi tipida yasalgan. Buni yumshoq so„zi bildirgan ma’noning yumshash harakati bilan bog„liqligi, qattiq so„zi bildirgan ma’noning qotish harakati bilan bog„liqligidan va ikkalasida ham bir qo„shimchaning mavjudligidan sezib olish mumkin. Lekin yuz bergan fonetik o„zgarish qattiq so„zning qot fe’li bilan bog„lanishini juda xiralashtirib, sezilmas darajaga keltirib qo„ygan. Shuning uchun bu so„zni qismlarga ajratib bo„lmaydi. Silliq so„zi ham shu tipda yasalgan. Lekin yasamalilik bu so„zda deyarli sezilmaydi. Shunki hozirgi o„zbek tilida «sathini ravon qilish» ma’nosidagi sili (yoki «sil») fe’li yo„q. Demak, hozirgi so„z yasalishi nuqtai nazaridan yumshoq, iliq, ochiq kabilar yasama so„z. Lekin suyuq, silliq, quyuq so„zlari yasama so„z emas. Ba’zi so„zlarda affiks qismi borligi sezilib turadi, hatto, uni boshqa qo„shimcha bilan almashtirish ham mumkin. Bu hol mazkur so„zning aslida yasama bo„lganini juda aniq ko„rsatadi: tirik, tiril. Lekin bularda ham mustaqil ma’noli qism (yasovchi asos) bo„lgani bilan ularni yasama so„z hisoblab bo„lmaydi. Xullas, u yoki bu so„zning tarkibida so„z yasovchi qo„shimcha bo„lsa, hatto bu qo„shimcha bir necha so„zlar tarkibida uchrasa ham, lekin so„z tarkibida mustaqil ma’noli komponent (yasovchi asos) qatnashmasa, bunday so„zlarni yasama so„z deb bo„lmaydi. Ularning yasamaligi yo tarixiy nuqtai nazardan yoki boshqa til nuqtai nazaridan bo„ladi. Masalan, g‘ovla, emakla, o‘dag‘ayla, tarashla so„zlaridagi -la affiksining fe’l yasovchi affiksligi aniq. Demak, bu so„zlar tarixan yasama fe’l. Mashinist, egoist, maishiy, moddiy, siyosiy so„zlardagi -ist, -iy ham so„z yasovchi affiks. Lekin bularda ham mustaqil ma’noli komponent (yasovchi asos) yo„q, shuning uchun yasovchi qismlarga bo„linmaydi. Demak, yasama so„z emas. Bularning yasama so„z ekani qaysi tildan o„zlashgan bo„lsa, o„sha til nuqtai nazaridangina bo„lishi mumkin. Biror so„z tarkibida mustaqil ma’noli qism bo„lsa ham, lekin undan qolgan qismning ma’no va vazifasi shu so„z doirasida uqilmasligi (bilinmasligi) mumkin: ko‘chmanchi, tiqmachoq, bo‘g‘iz, beldamcha, zarurat, po‘stloq, quloqchin, qoldiq, bosqich, shaxsiyat, shodiyona, qo‘nalg‘a, biror (biron) va b. Bularda ham mustaqil ma’noli qism borligi sezilib tursa-da, lekin undan qolgan qismning so„z yasovchi ekani sezilmaydi, shuning uchun bunday so„zlar ham hozirgi so„z yasalishi nuqtai nazaridan yasama so„z hisoblanmaydi, yasovchi qismlarga bo„linmaydi. Ba’zi so„zlar tarkibida mustaqil ma’noli qism va yasovchi affiks borligi sezilsa-da, bu so„zning ma’nosini uning qismlari ma’nosi bilan asoslab, izohlab bo„lmaydi: beozor, oqliq, sholcha, qishloq, ovloq kabilar. Bunday so„zlarni ham hozirgi so„z yasalishi nuqtai nazaridan yasama so„z deb bo„lmaydi. Demak, ma’lum bir so„zning tarkibida mustaqil ma’noli qism yoki yasovchi affiksning, yoki har ikkisining borligi sezilib tursa- da, lekin bu so„zning ma’nosini ajralishi mumkindek ko„ringan qismlar ma’nosi bilan asoslab bo„lmasa, bunday so„z hozirgi so„z yasalishiga kirmaydi. Bunday so„zlar yasovchi qismlarga bo„linmaydi (bularda yasovchi asos+yasovchi affiks yoki yasovchi asos+yasovchi asos holati bo„lmaydi), ularda soddalashish yuz bergan. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling