O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet11/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

TIL SISTEMA SIFATIDA
Sistcma nima? Bu savolga turli manbalarda turiicha javoblar beiilgan. Taniqli o'zbek tilshunosi, professor Abduhamid Nurmonov sistema nima ekapligiga javob berishdan oldin buning qanday muhim belgilardan iborat ekanligiga c'tibor berish lozimligini ta’kidlaydi. Awalo, har qanday sistema ichki bo'linuvchanlik xususiyatiga ega. Demak, sistema muayyan ichkituzi- lishga ega bo'lib, ikki va undan ortiq qismlarning o‘zaro rnunosabatidan tash- kil topadi. Masalan, birtup daraxtni olsak, bu daraxt sistema sifatida ichki tuzilish birliklarining o'zaro munosabatidan iborat. Uning ichki tuzilish birliklari ildiz, tana va shox hamda ulaming munosabatidan tashkil topgan.
Sistemaning ikkinchi jihati shundan iboratki, sistemani tashkil etgan uzvlar o‘zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi ko‘p pog‘onali muno- sabatda bo‘ladi. Masalan, ildizsiz tananing, tanasizshoxning bodishi mum- kin emas. Ulaming har qaysisi bir-birini taqozo etadi, bir-biri bilan shartlangan.
Sistemaning uchinchi jihati shundaki, har qanday sistema ichki bo‘finuvchanlik xususiyatiga ega bo'lganligi tufayli, sistemani tashkil etgan qismlar bilan sistema o‘rtasida ham munosabat bo‘ladi. Bu munosabatni: «...dan tashkil topadi», «...ning tarkibiga kiradi» ifodasi bilan ko‘rsatish mumkin. Boshqacha aytganda, butun va bo‘lak, tur va jins munosabatini o‘z ichiga oladi. Masalan, daraxt va uning ildizi, tanasi, shoxi, barglari o‘rtasida butun va bo‘lak munosabati bo'lsa, daraxt bilan olma, o‘rik, shaftolio‘rtasidaturvajins munosabati mavjud.
Sistemaningto‘rtinchi jihati uning ichki tuzilishining pog‘onaviyligidir. Ya’ni butun va bo‘laklik, tur va jinslik munosabati nisbiy xarakterga ega. Ma'lum jinslarga nisbatan tur, bo'laklarga nisbatan butun bo‘lgan yoki tur tarkibiga kirib bo‘lak yoki jins bo‘lishi mumkin. Masalan, olma bir necha navlarning umumlashmasi sifitida navlarga nisbatan tur, harqaysi nav esa jins bo‘lib kelsa, daraxlga nisbatan olma jins rolini o‘ynaydi.
Sistemaning beshinchi jihat i substansionalligidir. Ya'ni substansiya va uni bevosita kuzatishda tazohirlar orqali voqelanishi, umumiylik — xususiylik, mohiyat - hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasining o‘zida namoyon qilishidir.
Shunday qilib, bir-birini taqozo etuvchi ikki va undan ortiqunsurlar- ning o‘zaro shartlangan munosabatidan tashkil topgan butunlik sistema sanaladi. (Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tosh- kent: Sharq, 2001.)
Demak, biz yuqorida sistcmaning umumiy ta’rifmi bilib oldik. Umu- man, har qanday til ham o'zining tuzilishi, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir sistemani tashkil etadi. Tilning fikrlarni ifo- dalashi, his-tuyg‘ularni bildirishi, fikr ifodalaydigan eng kichik birlik bo‘l- gan gapning so‘zlardan tashkil topishi, bu so'zlarning asosiy materiali tovush ekanligi, so‘zlarning ham, tovush hodisalarining ham, so‘z shakllari- ning (formalarining) ham. so‘zlarni biriktirib, so‘z birikmasi va gap hosil qilishning ham o‘z ma’lum qoidalari borligi bizga ma’lum. Ana shu sanab o‘tilgan holatlarning barchasi tilda mundarija, shakl (forma) va funksiyaning o‘zaro bog‘liqligini, tildagi qonun-qoidalarning shu uch
tornonga asoslanganligini, demak, fonetik, leksik va grammatik sistema- larning organik aloqasini — tilning qismlari bir-biri bilan bog‘langan yaxlit, bir butun hodisa — sistema ekanligini ko‘rsatadi. (O‘zbektili grammatikasi. 1-tom. Morfologiya. -Toshkent: Fan. 1975). Yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, har bir til fonetik tuzilish, grammatik qurilish va lug‘at tarkibidan iborat. Tilning mazkur tarkibiy qismlari ma’lum qonun-qoidalar negizida bir-biri bilan bog'lanib, butun bir tilni hosil qiladi. O‘z navbatida, til esa mana shu birikmalar asosida uzviybog‘langan liolda bir butun sistemani tashkil etadi. Ayni zamonda, tilning fonetik tu- zilishi, grammatik qurilishi va lug‘at tarkibining har biri ham alohida bir sistemani tashkil etadi. «Sistema» (tizim) so'zining tilshunoslik termini sifatidagi izohi quyidagicha: «1. O'zaro munosabatlar bilan bog‘langan, bir butun bo‘lib uyushgan til unsurlari majmui: Til sisternasi (tizimi). So‘z yasalish sistemasi (tizimi). 2. Ma'lum bir grammatik kategoriyagaxos ichki bo'linishlarning bir butunligi: Kelishiklar sistemasi (tizimi). Mayllar sistemasi (tizimi)*. (Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. - Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2002).

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling