O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet6/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

ARAB TILINING TA’SIRI
O‘zbektili leksikasida arabcha so‘zlaming mavjudligi o‘tmishda Markaziy Osiyo hududlarining arablar tomonidan egallanishi hamda uning tarixiy- ijtimoiy oqibatlari bilan bog‘liqdir. Sodir bo‘Igan siyosiy hamda ma’naviy o‘zgarishlar mahalliy xalqlar intellektual turmush tarzining barcha sohalariga arab tili va arab madaniyatining kirib kelishiga zamin yaratdi. Buning natija- sida, arab tilining keng tarqalishi, bu tilda yozishga, o‘qishga, muomala qi- lishga va diniy aqidalami bajarishga to‘g‘ri kelgani mahalliy xalqlaming ma'lum darajada arab tilini egallashiga olib keldi. Bu hol, o‘z navbatida, o‘zbek-arab ikki tilliligi hodisasini tug‘dirdi. Chunki mahalliy xalq tomonidan arab tili o‘rganilishining yana muhim sabablaridan biri, bizningcha, arablar bilan birga islom dinibilan kirib kelgan muqaddas Qur’oni Karimning arab tilida bo‘lganligidir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, arab tili o‘zbek tiliga, ba’zi tillardagi (adigey tili, lak tili kabi Doghston xalqlari tillari) singari, faqat islom dini tili sifatidagina emas, balki fan tili, rasmiy idoraviy uslub tili, badiiy adabiyot tili sifatida ham ta'sir etdi. Natijada, mahalliy xalq vakillari o‘z ona tili bilan bir qatorda arab tilida erkin yozadigan va gapira oladigan bo‘ldi. O‘rta Osiyolik mashhur olimlar Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Bemniy, Abu Ali ibn Sino, Abunasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy kabilar o‘z il- miy asarlarini arab tilida yozganlar.
Turkiy tillarga dastlab diniy, so‘ngra ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va madaniy terminologiyaga oid arabizmlar kirib keldi. Arabcha so‘zlar nafaqat turkiy tillarga, balki u bilan doimiy birga yashab kelgan fors-tojiktiliga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Ko‘pgina adabiyotlarda o‘zga tillardan so‘z o‘zlashtirishning asosiy manbai sifatida boshqa tillardan qilingan tarjimalar ko‘rsatiladi. Albatta,
bu to‘g‘ri. Kitobatchilik sohasida ham arabcha yoki forscha leksik birhklarning o'zbek tiliga kirib kelishida u tillardan qilingan davlat ahamiyati darajasidagi tarjimalaming o‘rni katta bo‘lgan. Bunday taijimachilik ishlaridan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad turkiy xalqlarni Sharqda takomil topgan fan va adabiyot yutuqlari bilan keng tanishtirishdir. Shu maqsadda, asosiy taijimalar arab va fors tillaridan amalga oshirilgan.
Arabcha so‘zlaming o‘zbek tiliga kirib kelishidagi yana boshqa bir manba bu arab kitobatchilik san'atining butun borligh bilan turkiy xalqlar, birinchi navbatda,dzbek xalqi madaniyatiga kuchli ta’sir etishi bilan bog‘liqdir. Biz bilamizki, arab kitobatchiligi islom dini yoyilishining dastlabki bosqich- larida muqaddas Qur'oni Karimning ko'chirib tarqatilishiga bo‘lgan ehtiyoj natijasida shakllandi va rivoj topdi. Bunday deyishimiz uchun ma'lum bir asoslar bor. Chunki, ba’zi manbalarda yozilishicha, islom dinining paydo bo‘lishiga qadar arablar o‘zlarining muayyan bir yozuvlariga ega bo‘lmagan. To‘g‘ri, III-IV asrlarga qadar ularda oromiy yozuvining arabcha varianti qo‘llanishda bo‘lgan, lekin bu yozuv turi u qadar yoyg‘in bo‘lmaganligi sababli arab xalqi tarixi va hayotiga oid rivoyat hamda ertaklar, asosan, avloddan avlodga og'zaki rusumda yetib kelgan. Islom dinining paydo bo‘- lishi va uning natijasida Arab halifaligining tuzilishi biian arab xalqining madaniy, siyosiy, iqtisodiy hayotida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Uning natijasida arab kitobatchilik madaniyati shu qadar rivoj topdiki, kitobatchi- likning asosan qo‘lda bajarilishiga qaramasdan, O'rta asr Yevropa madaniya- tida ham tasawur etib bo‘lmaydig- n darajadagi sifatda va miqdorda qo‘lyozma kitoblar tayyorlandi. Hatto tarixning suronli bo‘ronlaridan ompn qolib, bugungi kunimizga qadar yetib kelgan va arab kitobatchilik madaniyatining namunasi bo‘lgan o‘sha qimmatbaho xazinaning bir qismi ham yuz mmg- lab jildni tashkil etadi.
Demak, arab kitobatchiligining takomili bu sohaga oid arabchatermin- larning tez sur'atlar bilan shakllanishiga turtki bo‘ldi. Tarixiy vaziyat arab kitobatchilik san’ati bilan birga unga oid terminlarning o‘zbek tiliga ko‘p miqdorda kirib kelishiga katta shart-sharoit yaratib berdi.
Bubilan biz islomiyatga qadarbugungi O‘zbekiston zaminida kitobat- chilik ishi bo‘lmagan, deyish fikridan yiroqmiz. Albatta, islomiyatga qadar ham biz yashab turgan hududda fan, madaniyat gullab-yashnagan, lekin ular haqidagi yozma manbalar bizgacha to‘liq etib kelmagan. Ba’zi bir manbalar, xususan, «yunon, arman va suriyalik tarixchi olimlarning, shu- ningdek, O‘rta Osiyo - Eron eposi materiallari, ulug‘ mutafakkir Firdav- siyning o‘lmas «Shohnoma»si, S.P.Tolstov hamda Ya.G‘ulomovning
arxeologik kuzatishlari natijasida to‘plangan materiallarga asoslanib, Xorazm va O‘rta Osiyo jahon madaniyati taraqqiyotining qadimiy o‘chc qlaridan bo'lganligini, hozirgi o‘zbeklar, tojiklar va turkmanlarning qadimiy av- lodlari yuksak madaniyatga ega bo‘lganliklarini bilib olamiz» (Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: 0‘qituvchi, 1994. — B. 154.).
O‘rta Osiyoda, xususan, qadimgi 0‘zbekiston hududiaa nafis kitob yaratish san’ati XI-XVI asrlarda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan, desak yanglishmaymiz. Bu davrlarda qo‘lyozma asarni ko‘chirish, kitobxon didiga uyg‘un shaklda bezash, uni juzlash, muqovalash, saqlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi kitobatchilik sohasi san’atning maxsus bir yo‘nalishiga aylandi. Shuningdek, kitobatchilik san’at darajasiga ko‘tarilgan soha bo‘lishi bilan birga o‘zida juda og‘ir va murakkab jarayonlami mujas- samlashtirgan edi. Bu ishlami amalga oshirishda bir necha xil yuksak malakali kasb-hunar egalari ishtirok etib, ular turli xildagi mehnat qurollaridan foy- dalangan holda faoliyat ko‘rsatganlar. Ana shu jarayon, mehnat qurollari, vujudga kelgan kasb-hunar nomlarini ifodalovchi so‘zlarning aksariyat qismi bevosita arab tilidan o‘zlashtirildi. Shunday holatlar bo'ldiki, ilgari o‘zbek tilida faol qo‘llanishda bo‘lib kelgan ba'zi o‘zbekcha (turkiy) so‘zlar o‘mini ham arabcha o‘zlashmalar egalladi. Masalan, shunday so‘zlardan biri arabcha kitob so‘zidir. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilda «yozuv», «xat», «maktub», «kitob» kabi ma'nolarni ifodalashda asli turkiy bo'Igan bitig termini keng qo‘llangan. Lekin XV-XVI asrlarga kelib, «muayyan rnazmun- dagi, siralamadagi qo ‘lyozma matnlarni bir muqova ostida juzlab tikilgan asar» ma'nosini ifodalashda asli turkiy bitig termini o‘rnini arabcha kitob termini to‘liq egalladi.
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, qadimda o‘zbeklar yozuv qu- rollaridan hisoblangan siyohdonni bitigu so‘zi orqali ifodalashgan. Bitigu so‘zining etimologiyasi ham bitig singari asli turkiy «bitmoq» fe’liga borib taqalishi ma’lum. Keyinchalik bitigu termini o‘rnini ham arabcha dovot so‘zi to‘liq egallaydi. Ma’lum vaqtga qadar bitigu va dovot terminlari parallel tarzda qoTlangan. Keyinchalik arab tili ta’sirida dovot turkiy bitigu so‘zini leksikadan siqib chiqargan. Shuningdek, bitigu o‘rnida arabcha yana bir termin — mihbara ham dovot terminiga sinonim tarzida muomalaga kirib kelgan.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida kitobatchilikka oid terminlami eng ko‘p qo‘llagan. Navoiyning bu xizmatlari o'zbek kitobatchilikterminologiyasining shakllanishida va taraqqiy ctishida muhim omil bo‘ldi. Alisher Navoiy asarlari leksikasini o‘rganishborasida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘r- satdiki, «Alisher Navoiy asarlarida bu temaga (yozuv va unga bogliq bo‘lgan so‘zlar) doir 136 ta so‘z qaydlangan. Shulardan faqat bir so‘z (jurkcha — yozuvning turi) o'zbekcha va bir so‘z (navisandalik) forscha-tojikcha va o‘zbekcha, yana ikki so‘z (mujallidlig) nudoliq) o‘zbekcha va arabcha morfemalar qo‘shilishidan yasalgan. Qolgan barcha so‘zlar forscha- tojikcha, arabcha hamda ularning so‘z yasovchilari qo‘shilib kelgan holda uchraydi» (Bafoyev B. Navoiy asarlari leksikasi. —T.: Fan, 1983. - B.150). B.Bafoyev o‘z tadqiqoti natijasi sifatida aytadiki, yozuvga doir terminlar- ning 81 tasini arabcha, 37 tasini fors-tojikcha terminlar tashkil etadi. De- mak, kitobatchilikka oid terminlarning salmoqli qismi arab tilidan o‘z- lashgan. Albatta, Navoiy qo‘llagan bu terminlarning barchasi ham bugungi kunga qadar yashay olmadi. Lekin ulaming muayyan qismi bugungi o‘zbek kitobatchilik terminologiyasida ma’nolari yo toraygan, yo kengaygan holat- larda qo‘llanmoqda.
Masalan, quyidagi Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tiliga o‘zlashib, bugungi kunda muomalada bo‘lib turgan arabizmlarning barchasida ham ma'no anglatish darajasi asliy manba tildagi ma’no darajasi bilan uyg‘un- lashmaydi. Ba’zilarining tushuncha mohiyati kitobatchilik nuqtayi nazaridan butunlay o‘zgargan. MasalanQaJva/terminining dastlabki ma’nosi kitobat- chilikda eng ko‘p qo‘llangan bezak turlaridan birini anglatgan bo‘lsa, bugungi kunda uning semantikasida keskin o‘zgarish sodir bo‘lgan va uning dastlabki ma’nosi yo‘qolgan. Natijada, jadval leksemasi o‘zining bugungi ma’no anglatishi jihatidan mustaqil termin sifatida kitobatchilik terminolo- giyasi tizimidan chiqib ketdi. U hozirgi o‘zbek adabiy tilida «muayyan shakl asosidagi ma’lumotlar; dars, mashg‘ulot, faoliyat xatti-harakatlarning tar- tib ro‘yxati» kabi ma’nolarni ifodalamoqda. Xuddi shuningdek, raqam leksemasi ham awalgi «yozuv, bitish» kabi asliy ma'nolarini butunlay yo‘qotgan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida ma’no hajmining tamoman o‘z- garishi, leksik ma'noning awalgisiga nisbatan farqli voqelikni bildirishi tufayli yangi mazmun kasb etgan: «1. Sonni ifodalovchi grafik belgi. 2. Bi- ror son bilan ifodalangan miqdor, ko ‘rsatkich. 3. Bir turdagi predmetlarga tartib bilan qo‘yilgan son; nomer». Yoki muharrir terminini ko‘raylik, dastlab «asar yozuvchi, muallifo, «tahrir qiluvchi» ma'nolarida qo‘llangan bo‘lsa, bugun uning «asar yozuvchi, muallifo ma'nolari yo‘qolgan, faqat «tahrir qilgan yoki qiluvchi» ma'nosigina saqlanib qolgan. Ayni shunday hodisa unvon terminida ham sodir bo‘lgan. U dastlab kitobatchilik sohasida «qo ‘lyozmaning nomi, sarlavhasi, sarvaraq, ba ’zi hollarda ekslibris, ya ’ni kitob belgisi» kabi ma'nolami anglatgan bo‘lsa, bugun uning o‘zbek tilidagi

Navoiyda qoTlangan arabcha terminlar

Terminning Navoiy asarlaridagi ma'nosi

Terminning bugungi ma’nosi

Varaq

Qog‘oz varag'i.
Yozig‘, yozilgan qog'oz.

Kitob, daftar va shu kabilaming oldinma-orqa har ikki sahifasi.

Bob

Kitob bo'limi.

Kitob, asar, maqola kabilaming har bir ayrim qismi.

Dovot

Siyohdon, yozish uchun siyoh solinadigan idish.

Siyohdon

Jadval

1. Sharq kitobatchiligida eng ko‘p qoTlangan bezak turi.

Uning ushbu ma'nosi yo‘qolgan

Jild

  1. Kitobning muqovasi; kitob jildi.

  2. Jild (tom).

  1. Jild (tom).

  2. «Kitobning muqovasi» ma'nosi qisman yo'qolgan, uning 0‘mida ikkinchi bir arabcha so‘z — muqova termini qoTlanadi.

Juz(v)

  1. Kitob sahifalarining birikuvi natijasida to'plangan bo'lak, qism, parcha.

  2. QoTyozma varaqlarini muqovalash vaqtida birlashtiriladigan alohida- alohida qismlari

Tikilgan daftar, kitobcha yoki kitobning bir boTagi.

Juz(v)don

Qog‘oz va yozuvlar solinadigan charmdan ishlangan papka, juzgir.

Papka

Insho

IJjod, sochma asar.
2.Yozuv, xat.

Terminning «yozuv, xat» ma'nolari yo'qolgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida u «ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyotdan yozma ish» ma'nosida qoTlanadi.

Kitob

  1. Kitob.

  2. Maktub, xat, risola.

Biror matn yozilgan varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqovalangan qadimgi qoTyozma asar; matnli hajmi 48 sahifadan ortiq boTgan nodavriy kitob nashri.

Lavh

  1. Kitob tagligi.

  2. Yangi savod chiqaradigan 0‘quvchilaming xat mashq qiladigan taxtasi; yozuv taxtasi.

Kitobni qo‘yib o‘qish uchun yasalgan maxsus moslama.




Navoiyda qo'llangan arabcha lerminlar

Temiinning Navoiy asarlaridagi ma'nosi

Terminning bugungi ma'nosi

1 xivha

  1. Sharq kitobatchiligidagi asosiy badiiy bezaklardan birining nomi.

  2. Lavh; yoyiq narsa; yozuv taxtasi

Kitobning boshiga, bob va fasllari avvaliga sahifaning eni bo‘ylab solingan naqsh.

Miqroz

Kitobatchilikda qog'ozlami ma'lum bir o'lchamda kesishda qo'llangan qaychi.

Uning bu ma’nosi yo‘qolgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida «sham so'xtasini kesadigan kichkina qaychi» ma'nosida qo‘llanadi.

Mujallid

Qo‘lyozmani kitob holiga keltirib, muqovalovchi usta

Mujallid mustaqil termin sifatida iste'moldan chiqib ketgan. Uning o‘mida muqovasoz yoki muqovachi terminlari qo‘llanadi.

Mundarija

Biror narsaning ichiga kirgan, darj (kiritish, qayd etish) qilingan.

Kitob yoki qo'lyozmaning boshida yoki oxirida uning fasl va bo‘limlarini, odatda betlari bilan ko‘rsatuvchi ro‘yxat.

Munshiy

Yozuvchi, kotib.

Saroyda yozuv ishlarini olib borgan kotib.

Musawada

Biror yozuvning birinchi nusxasi, qoralama (hali oqqa ko‘chirilmagani).

Dastlabki xomaki yozuv, oqqa ko‘chirilmagan matn.

Musawir

Miniatyurachi rassom; naqqosh; suratkash.

Rasm soluvchi sariatkor, rassom, suratkash.

Musannif

Kitob tuzuvchi, muallif.

Uning mazkur ma'nosi yo‘qolgan. Badiiy asarlarda «tasnif etuvchi, kitob, musiqa kabilaming muallift, tuzuvchi» ma'nolarida qo‘llanadi.

Muharrir

Yozuvchi; tahrir qiluvchi

Tahrir qilgan yoki qiluvchi

Nusxa

  1. Yozuv, biror yozuvning aynan ko'chirilgani.

  2. Kitob, risola.

Bosma yoki yozma asaming har bir donasi.

Raqam

Yozuv, bitish

Terminning mazkur ma'nosi yo‘qolgan

Risola
i

  1. Kitobcha

  2. Maktub

Biror kasbga, sohaga va uning tartib-qoidalariga oid kitobcha, ustav.

Navoiyda qo'llangan arabcha terminlar

Terminning Navoiy asarlaridagi ma'nosi

Terminning bugungi ma'nosi

Satr

Yozuvning bir yo'li.

Bosma yoki qo'lyozma asarning va umuman maktub, hujjat kabilarning har bir yoTi

Safha

Sahifa, varaq, bet.

Kitob varag'ining har bir tomoni; varaq betidagi matn; gazeta, jurnal kabilarning maTum masalaga bag'ishlangan yoki biror umumiy mavzu bilan bogTangan bir beti.

Tazkira

Shoirlar, olimlarning tarjimai hol va asar namunalaridan tuzilgan to‘plam.

Yozuvchi va shoirlar to‘g‘risida qisqa maTumot berilgan va she'rlaridan misollar keltirilgan to'plam; antologiya.

Tasnif

Biror asar yaratish.

Terminning mazkur ma'nosi yo'qolgan

Tahrir

Yozish, asar yozish

Yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish.

Unvon

Qo'lyozmaning nomi, sarlavhasi; sarvaraq; ba’zi hollarda ekslibris, ya’ni kitob belgisi

Terminning mazkur ma’nosi yo‘qolgan

Xat

1. Yozuv, xat.

Maktub, noma.

Xattot

O‘tkir xushxat, yozuv san'atkori, yozuv ishi- ni o'ziga kasb qilib ol- gan kishi, ayniqsa, suls va nasx kabi yozuv- larga mohir odam.

Chiroyli va aniq yozadigan odam; kalligraf.

Qalam

Qamish qalam.

0‘rtasiga ingichka, uzun grafit joylangan cho‘p shaklidagi yozuv quroli.

Hoshiya

Kitob chetlaridagi izoh-sharh.

Kitob yoki daftarning atrofidagi xat yozilmay ochiq qoldirilgan qismi.

Icksik ma’nosi butunlay o‘zgarib ketgan. Endi u kitobatchilik sohasi bilan bog‘liq bo‘lmagan butunlay farqli bo‘lgan ma'noni bildirmoqda: «Biror ish-faoliyat sohasidagi xizjnat yoki mutaxassislik darajasini belgilovchi maxsus ta 'sis qilingan nom».


Bundan tashqari, Alisher Navoiydan keyingi davrlarda kitobatchilik ishining taraqqiy etib borishi bilan arab tilidar boshqasyqngi tenrmiJar ? N?65 17 .'ir ■
ham o'zlashtirildi. Masalan: matbuot, nashriyot, nashr, noshir, matbaa va boshqalar.
Ayni zamonda, arabcha o£zlashmalarning ba'zilari o‘zbek tilining ichki ! qonuniyatlariga to‘liq bo'ysungan holda o"‘zbek tilidagi so‘z yasovchi qo'shimchalar olish orqali yangi so‘zlar yasalishida faol ishtirok etmoqda. Bunday terminlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: muqovachi, muqovachilik, muqovalash, muqovasoz, matbaachi, matbaachilik, noshirlik, nashriyotchi, nashriyotchilik. muharrirlik, tahrirlash, sahifalash,jildlash, tasniflash, kitobshunoslik, matnshunoslik, muqovashunos, muqovashunoslik, xattotlik, kotiblik, kitobatchilik va boshqalar.
Shuningdek, ayrim arabcha o‘zlashmalar dastlabki o‘zlashgan vaqtlarida tilimizda faol qo‘llanishda bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kun nuqtayi nazaridan cskirishi. ya’ni ular anglatgan tushunchalarning texnik taraqqiyot tufayli yo‘q bo'lib ketishi yokiulaming o‘mini yangi terminlar egallashi natijasida ular arxaik termin sifatida iste’moldan chiqib ketgan. Masalan: avroq, varaqning arabcha ko‘plik shakli, ya’ni «varaqlar»; dabir, kotib; kutub, «kitob»ning ko‘plik shakli, kitoblar; manqul, naql etilgan. birovning aytganlaridan ko‘chirilgan; manqut, nuqta qo‘yilgan, nuqtali (harflar haqida); marqum, yozilgan, bitilgan, raqam qilingan; midod, yozuv ishida qo'llangan siyoh; qoralik, qurum, dud; mistar, chiziqsiz qog‘ozga chiziq tuslurish uchun qalin qog‘ozga iplar tortib yasalgan chizg‘ich; miqroz., qog‘ozgarlikda qog‘oz qirqishda ishlatiladigan qaychi; mudawin, to‘plovchi, biror fanga oid ma’lumotlarni to‘plab, izohlab, kitob holiga kcltiruvchi; inujavvid, kitob (Qur’onu Karim)ni qiroat bilan o‘qish ilmining olimi: harflami to‘g‘ri talaffuz qilib, qoidaga muvofiq o‘quvchi. qiroat qiluvchi; yaxshilovchi; mujadval, jadvaliangan, jadval tortilgan (kitobni ziynatlash uchun uning varaqlari hoshiyaiaridan matnni ajratib turadigan rangli chiziqlar tortilgan); mujaddid, ijod etuvchi, yangidan yaratuvchi; mujal- lad, jildlangan, muqovalangan kitob, jild, tom; mujallid, kitobni jildiov- chi, muqovasoz, sahhof; muzahhab, zarhal qilingan, tilla suvi berilgan varaq; inuzahhib. qo‘lyozma sahifalarini oltin suvi bilan bezovchi, zarhal qiluvchi usta; mukotabot, o‘zaro xat yozishuv; maktublar; muntahab, bir yoki bir necha fanga oid muhim masalalarni tushuntirib beruvchi asar; saylab olingan (asarlar yoki rnatn); muntahib, qo‘lyozma nusxalarini ko'chiruvchi; saylab (tanlab) oluvchi; inunshaot, maydaroq nasriy asarlar; xatlar to'plami; munshiy, yozuvchi, kotib; Atorid (Merkuriy) sayyorasi; munsho, yozilgan, bitilgan; murakkab, yozuv ishlarida qo‘llangan siyoh; muraqqa', rasmli kitob; musavvada, qo‘lyozmaning ilk nusxasi, qoralarna (liali oqqa ko'chirilmagan); musannaf, tasnif etilgan, tuzilgan, yozilgan (kitob hoiiga keltirilgan) asar; musannafot, tasniflar, tasnif bo‘Jgan (tu- zilgan)iar, asarlar; musannif, kitob (asar) yozuvchi, tasnif ctuvchi, muallif; musovada, xatga olish, yozish, xat; qoralama; mushaf, kitob, risolalar to‘plami; Qur'oni Karim; muqattaot, qifalar, qisqa she’rlar, parchalar; kesik narsalar; muharrar, yozilgan, tahrirqilingan; nasx, ko‘chirish, nusxa olish; eski arabcha yozuv (xat)ning bir turi; roqim, xat yozuvchi, kotib; ruq’a, maktub, parcha qog‘ozdagi yozuv; arzi oxlos yozilgan xat; ruqum, «raqam»ning ko'pligi. yozuvlar; sahv, yozuvda yo"l qo‘yilgan xato; sahvul- qalam, qalam xatosi, yozuvdagi yanglishlik; sahoyif «sahifa»ning ko‘pligi, sahifalar, varaqlar, betlar; sijil, mahkamada hukm, farmon kabi asosiy hujjatlar yoziladigan daftar; mahkamada hukmnomalar yozilgan qog‘oz; qozi muhri bosilgan hujjat; sijillot, qozixonada qozi lomonidan berilgan vasiqa, hukmnomakabi hujjatlarning mazmuni yozilib qoldiriladigan maxsus daftar; tadvin, she’r va boshqa asarlarni to'plab, tartibga kcltirib, kitob ho- liga solish, devon tuzish; tasnif, asar yaratish, turlarga ajratish; tasonif, ■ tasnifiming ko'pligi, tasmflar; tafosir, «tafsir»ning ko‘pligi, tafsirlar; tafosir kutub, izohli kitob, Qur'oni Karim oyatlari sharhlangan kitob; tafsir, sharh. izoh, biror matnning ma'nosini yechish; Qur'oni Karim oyatlarini izohlash va shu to'g‘rida yozilgan kitob va boshqalar.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling