O'zbek tili Davlat tili


Download 22.83 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi22.83 Kb.
#1004387
1   2
Bog'liq
TILGA E’TIBOR – ELGA E’TIBOR

Til- millatning faxri
Til benihoya muqaddas va mo`'tabar ne'mat, u odam degan mavjudotni shakllantirgan , taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining darvozalarini ochgan sehrli bir jilodir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik insoniyatning o`zligiga nopisandlik demakdir. Tilga ehtirom va e'tibor esa dunyoda inson bolasi muhtaramligining e'tirofidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga , xususan o`zining ona tiliga muntazam muhabbat bilan qaragan , uni e'zozlab ardoqlagan , o`zbek tilining mukammalligi va betakror ohanglaridan faxru iftixor qilgan.
1989 yil 21 oktabrda O`zbekiston Rispublikasi Oliy kengashining sessiyasida Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Bu voqea millatimiz taqdirida tarihiy voqea, istiqlol yo`lidagi dastlabki va muhim qadam bo`ldi. Shundan buyon har yili xalqimiz bu kunni tabarruk ayyom sifatida keng nishonlab kelmoqda. Davlat tili haqidagi qonun mamlakatimizda o`zbek tilining davlat tili maqomiga ega ekanligini belgilash bilan birga, boshqa tillarning kamsitilmasligini ham e'tiborga oladi.
Albatta, biz bu kunga osonlikcha yetib kelmadik. Davlat tili haqidagi qonun muxokamaga qo`yilgan chog`da ziyolilar, jumladan siyosatshunoslar orasida ham turli fikrlarni dastak qilib chiqqanlar bo`ldi. Ularning bir qismi o`sha davrning siyosatidan cho`chiydigan toifa bo`lsa, ikkinchi qismi masalani mohiyatini to`g`ri tushunmagan, tahlil qilolmagan odamlar edi. O`sha kezda davlat tili ikki tilda bo`lsin, degan takliflar ham yuzaga chiqdi. Lekin davlat tili bitta bo`ladi. Mamlakatning Konstitutsiyasidan tortib har bir hujjati bitta tayin tilda yaratiladi. Va bu til shu millatning irodasi, kayfiyati, bilimi, saviyasi, siyosiy huquqlarini namoish qiluvchi oyna hisoblanadi. Mana mustaqilligimizning 17 yilligini nishonladik. Bugun yangi avlod, yangi qatlam paydo bo`ldi. Endi ona-tilimizda gapirish o`z kundalik xayotimizga aylandi.
Hozir o`zbek tili butun dunyodagi tillar qatori o`z o`rninga, obro` va maqomiga ega. Shu bilan birga bugun ona tilimiz imkoniyatlarini qay darajada namoyon eta olyapmiz, degan haqli savol ham borki, u har birimizni o`ylantirishi kerak. Biz farzandlarimizni tilimiz boyliklari bilan ta'minlashimiz, til hazinamizning nodir me'rosini saqlab turgan asarlarni ularga kengroq o`rgatishimiz lozim. O`zbek tili millatimizni ko`rsatuvchi kuch, milliy taraqqiyotimizning ko`zgusi, bu bebaho boyligimizni asrash hammamizning burchimizdir.
Har bir davlat o`z rasmiy tilining sofligi va boyib borishini ta'minlaydi va uning ist'emol doirasi kengayib borishi uchun g`amxo`rlik qiladi; uni o`rganish va o`qitish uchun qulay shart - sharoitlar yaratib berdi. Ushbu qonun ham ona tilimizning mavqei oshishi va ravnaq topishi, yanada takomillashuvi uchun keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Hozirgi kunda tilimiz yanada rivojlanmoqda, unga bo`lgan e'tibor yanada oshib borayapti.
Matbuotda, radio-televidenieda, O`zbekiston milliy nashriyotlarida chop etilayotgan nodir asarlar, darsliklar, ko`p jildlik O`zbek Davlat milliy ensiklopediyalari ham buning yaqqol isbotidir . Ulug` bobolarimiz o`zbek tili xaqida bizga me'ros qoldirgan ne-ne hikmatlari va naqllaridagi mantiq, ma'no, zakovat va zarofat, bitmas-tuganmasdir, ular hamma zamonlarda jamiyat kamoli uchun kamarbasta bo`lgan. Shu jumladan bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib "Odobning boshi tildur" deb bejiz o`git bermaganlar.
O`zbek tilimizning boyligini yaxlit holda tasavvur etish uchun Alisher Navoiy asarlari dunyosiga bir nazar tashlashning o`zi kifoya. Qanday bepoyon tafakkur va tuyg`ular olamiga sho`ng`iysiz. Bu olamda butkul koinot aks etadi. Bu hazinadan bebahra qolish mumkin emas. Alisher Navoiy butun hayoti va ijodini ona-tili ravnaqi uchun baxshida qildi. U zamonlarda "Turkiy til" deb yuritilgan ona tilining so`z boyligi, badiiy ijod uchun yaroqli ekanligi haqida maxsus nazariy asar ("Muxokamat ul-lug`atiyn") ni yozdi. Sharq mumtoz adabiyotining hamma janr va turlarida betakror asarlar yaratdi. Bu tilda birinchi "Xamsa"ni, birinchi "Majeolis un-nafois"ni yozdi. Mavjud adabiy an'analarga yangiliklar kiritdi. Xalq madaniyati, ma'rifati va ma'naviyatining yuksalishida tilning muhim vosita ekanini, til bashariyat naslini o`tmish va zamon bilan bog`lovchi timsol ekani shoir va arbob Navoiyning hamisha diqqat markazida bo`ldi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillarining xalq dostonlari- "Alpomish", "Go`ro`g`li" turkumidagi asarlarning ta'rifga sig`mas boy tili, shuningdek Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Oybek, G`afur G`ulom va boshqa ijodkorlar yaratgan go`zalliklar ham, "Boburnoma" day asarlardagi tafakkur saltanati ham o`zbek tili buyukligini namoyon etadigan bebaho, o`lmas, adabiy boylikdir. Nutqning go`zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husindir, bu husn og`ir oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko`rsatadi.


TILGA E’TIBOR – ELGA E’TIBOR!

Til – bu insonlarning o’zaro muloqotini ta’minlabberuvchi ijtimoiy hodisa. Til jamiyatga, to’g’rirog’i o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi.


Yer yuzida tillar ko’p. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra, ularning miqdori uch mingdan ortiq. Masalan, rus, koreys va boshqa tillardir. Tillarning barchasi insonlar o’rtasidagi aloqa almashinuvini ta’minlash vazifasini bajaradi.
Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi.
Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o’zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o’lik tildir.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi. Mustaqillik sharofati tufayli respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo’lib, o’rganib, o’rgatib qaytmoqdalar. Agar siz Toshkentdan poyezdga o’tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yo’lingizda qozoq, tatar, rus singari tillardagi gaplarni eshitasiz. Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysibir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligini, ayrimlarining esa tamoman boshqa, ona tilingizga o’xshamasligining guvohi bo’lasiz. Inson odobini, hulq-atvorini ko’z-ko’z qiladigan, ayni chog’da qilich tig’idan keskir, ilon zahridan o’tkir, boldan shirin tildir. Insonning ichki dunyosi, ma’naviy qiyofasi, xulq – atvori, muomalasi, odobahloqi, madaniyati uning tili orqali ko’rinadi. Yaxshi gap ham, yomon gap ham tildan chiqadi. Shuning uchun ham oldin o’ylab, keyin so’zlamog’imiz zarur. O’zbek xalqi va uning madaniyati dunyoga tanilishi ham o’zbek tili orqalidir. 1989-yil 21-oktabr kuni o’zbek tiliga “Davlat tili “ maqomi berildi. O’tgan yigirma ikki yil ichida ona tilimiz rivojida ulkan yutuqlar, yuksalishlar davri bo’ldi. Davlat tili maqomi berilishi bilan barcha ishlar o’zbek tilida olib borildi. Barcha ta`lim muassasalarida o’quv mashg’ulotlari o’zbek tilida olib borilishi, gazeta, jurnal, kitoblarni o’zbek tilida nashr etilishi, rusiyzabon o’quvchilarga o’zbek tili darslarining o’tilishi, mahallalarga, ko’chalarga o’zbek adabiyoti arboblarining, allomalarining nomlari berilishi, dunyoga mashhur asarlarning o’zbek tiliga tarjima qilinishi, o’zbek lug’atini qadimiy so’zlarimizni tiklanishi bilan boyib borishi – bularning barchasi o’zbek tilining beqiyos rivoji namunalaridir. Har qanday tilning go’zalligi-yu, nafosatlari bilan tanishish, ulardan bahramand bo’lishning yana bir yo’li shu tilni yaratuvchi xalqning tili, og‘zaki ijodi namunalari, jumladan, dostonlari, maqollari-yu iboralari, qayroqi so’zlarini chuqur o’rganib olishdir. Hozirgi vaqtda o’zbek xalqi va uning madaniyati, ona tili dunyoga mashhurdir. Horijiy mehmonlarimiz o’zbek tiliga bo’lgan e’tiborini an’anaga aylanib qolgan “ Til bayrami “ni kuzatib ham bilib olganlar. Qanday so’zlashishimiz qanday muloqotda bo’lishimizdan bizning adaniyatimizni bilish mumkun. Adabiy tilni bilgan odam madaniyatli bo’la oladi. Xorijiy mehmonlar ham madaniyatimizni, elimiz qandayligini tilimiz orqali bilib oladilar.Tilga e’tiborli bo’lsak, elimiz yanada rivojlanadi, mavqesi oshadi. Tilga e’tibor-elga e’tibor demakdir. Biz o’quvchilar xalq og’zaki ijodini chuqur o’rganib, o’zbek tilimizni boyitishga, yuqori mavqega ko’tarishga hissa qo’shmog’imiz va ona tilimizni chuqur o’rganib, tilga e’tiborli bo’lmog’imiz lozim. Barcha shukuhli tantanalar singari O’zbek tiliga davlat maqomi berilganligi yurtimizda keng nishonlanadi. 21-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Madaniyat saroyida ushbu bayram tantanali ravishda o’tkazildi. Tadbirni TDSHI prorektori G. Rixsiyeva ochib berdi. “Til – millat faxri” mavzusida dotsent Adhambek Alimbekov so’zga chiqdi. Taniqli shoir Rustam Musurmon o'z she'rlaridan o'qib berdi. Tadbirda institutning talabalari o'z chiqishlari bilan mehmonlarning ko'ngillarini shod etishdi. Ayniqsa, xorijlik talabalarning tabriklari-yu she'rlari barchani lol qoldirdi. Ularning o'zbek tilini mehr va katta qiziqish bilan o'rganayotganlari barchani xursand qildi

REFERAT

Mavzu: TILGA E’TIBOR – ELGA E’TIBOR!




Bajardi: Honimqulova Zarnigor
Tekshirdi: Boboyeva Ziynat
Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling