O'zbek tili Davlat tili


Download 22.83 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi22.83 Kb.
#1004387
  1   2
Bog'liq
TILGA E’TIBOR – ELGA E’TIBOR


O'zbek tili - Davlat tili
Davlat tili – har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o’zini anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik vositasi, mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadigan, davlat doirasida va davlatlararo munosabatlarda o’zaro muloqot vositasi hisoblangan rasmiy til.
Davlat tili – har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o’zini anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik vositasi, mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadigan, davlat doirasida va davlatlararo munosabatlarda o’zaro muloqot vositasi hisoblangan, qonuniy maqomga ega bo’lgan hamda qonun bilan himoyalangan rasmiy til.
Davlat tili odatda uch yo’l bilan belgilanadi:
1.Tarixiy an’ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillaridan birini umum til deb tan oladi.U, ko’pincha, shu davlatdagi eng ko’psonli millatning tili bo’ladi.
2.Hukumat,president, parlament yoki rahbar organlar tomonidan xalqaro yoki jahon tillaridan biri davlatning rasmiy tili deb e’lon qilinadi.Davlat organlari,hukumat idoralari va rasmiy tashkilotlarda yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki jo’natiladi, shuningdek, barcha muzokara, muhokama, majlis, sessiya, konferensiya, congress va shu kabi yig’inlar ana shu rasmiy tilda o’tkaziladi.
3.Davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat prezidenti tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida qollanilishi shart deb e’lon qilingan til. Angliya , Kanada, Yaponiya, Xitoy,AQSh, Shetsiya, Norvegiya davlatlarida hech qaysi til davlat tili deb e’lon qilinmagan bo’lsada, lekin ularda azaldan mamlakat aholisining ko’p qismini tashkil qilgan xalqning tili davlat tili, rasmiy til sifatida tan olingan.Gvineya,Gana, Kongo kabi sobiq mustamlaka davlatlarida rasmiy til sifatida sobiq mustamlakachilar tili, masalan, ingliz yoki fransuz tili qabul qilingan.
Har qanday mamlakatda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham o’zbek tiliga davlat maqomi berilishi jarayoni oson kechmagan. Prezidentimizning qat’iyati va oqilona sa’y-harakatlari tufayli 1989 yil 21 oktabrda mamlakatimizda o’zbek tili Davlat Tili deb e’lon qilindi.
Shu tariqa ,xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. Konstitutsiyamizda Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo’yilgan. Shu tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’I, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.
Yer yuzida qancha millat, xalq, elat, qabila bo’lsa, shuncha Til bor. Tilsiz xalq yo’q. Xalqsiz esa Til ham bo’lmaydi. Bular egizak tushunchalar bo’lib, biridan birini ayirib bo’lmaydi, ular ayirib qo’yilsa, ikkisi ham o’zligini yo’qotadi. Xalq boshqa bir xalqqa qo’shilib ketsada, uning Tili o’lik Tilga aylanadi. Kezi kelganda shuni aytib o’tish lozimki, birgina “Til” so’zi misolida ham Tilimizning naqadar boy va serjilo ekanini yaqqol ko’rish mumkin. Til rivojining hozirgi holati o’z sohibi bo’lgan millat yoki elatning tadrijiy ravnaqi, bosib o’tgan tarixiy yo’li , jamiyatning qaysi bir taraqqiyot bosqichida ekani, iqtisodi, madaniyati ,fani va ma’naviyati kabi omillarga bog’liq.
Biz uchun esa o’z ona Tilimiz bo’lmish O’zbek Tili azizu mo’tabar ekani shubhasiz.Bu esa barchamizning Tilimiz sofligi, uni asrab- avaylash va takomillashtirish uchun mas’ul ekanimizni anglatadi.


Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling