9. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilgan sana...?
A. 1989 yil, 21 oktyabr. B. 1991 yil, 31- avgust. C. 1991 yil, 1 oktyabr. D. 1995 yil, 24 avgust.
10. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan qo‘shib yoziladigan joy nomlari qaysi qatorda ko‘rsatilgan?
A. toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, otquloq. B. Ko‘ksulton, oqbosh, ko‘zoynak, suvilon.
C. Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Oqtepa. D. fotoapparat, radioto‘lqin, telestudiya.
11. Muammoga e’tiborni qaratish asosan qaysi uslub uchun xos xususiyat hisoblanadi?
A. Publitsistik uslub B. Ilmiy uslub C. Rasmiy uslub D. Badiiy uslub
12. Tutuq belgisi to‘g‘ri qo‘yilgan so‘zni toping.
A. be’mani, qa’tiy B. bi’dat, qi’ta C. tas’is, ta’qib D. ma’rifiy, ba’zan.
13. Javoblarning qay birida ko‘rsatilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi «Davlat tili haqida»gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi?
A. 1989 yil, 21- oktyabrda. B. 1991 1il 31- avgustda. C. 1992 yil, 7- dekabrda. D. 1995 yil 21- dekabrda.
14. Qaysi qatordagi so‘zning ikkinchi bo‘g‘inida u unlisi yoziladi?
A. mur…d B. mavr...d C. mushk…l D. mujr….m
15.Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har doim rivojlanib turadigan o‘ziga xos ijtimoiy hodisa nima?
A. Nutq. B. Talaffuz. C. Til. D. Ohang.
16. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning shakl yasovchi qo‘shimchalardan qanday farqi bor?
A. So‘z asosiga qo‘shilib, lug‘aviy shakl yasash, so‘z shaklini o‘zgartirish vazifasini bajaradi
B. Negizga qo‘shilib, so‘zning leksik va grammatik ma’nolarini shakllantirish vazifasini bajaradi.
C. So‘z asosiga qo‘shilib, shu so‘zning boshqa so‘z bilan sintaktik munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi.
D. So‘z asosiga qo‘shilib, so‘zning lug‘aviy ma’nosini shakllantirishga xizmat qiladi, yangi ma’noli so‘z yasaydi, til lug‘at tarkibining boyishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |