O‘zbek tili fonetikasi
Asosiy belgilar. Kenglik-torlik belgisi
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
Asosiy belgilar. Kenglik-torlik belgisiTurkiy tillarda unlilarning eng muhim farqlovchi belgilaridan biri kenglik- torlik, ya’ni og‘izning ochilish darajasiga xos belgidir.1 Bu belgisiga ko‘ra unlilar bir qator turkiy tillarda, xususan, yoqut, oltoy, karagas, tuva, qirg‘iz, bolqor tillarida ikki bosqichli oppozitsiyani tashkil qiladi: a,(ã), o, õ - keng (kompakt), i, ĩ, ü, u - tor (diffuz). Unli fonemalarning soni ularning miqdoriy belgisiga ko‘ra zidla-nishini hisobga olmaganda, yuqoridagi tillarda sakkizta sanaladi. O‘zbek tili fonetikasiga oid tadqiqotlarda uch bosqichli zidlanish mavjudligi ko‘rsatiladi: keng a o yarim keng e o‘ tor i u Unlilarning keng, yarim keng, tor deb bo‘linishlariga sabab shuki, ularni talaffuz qilish paytida quyi jag‘ning pastga tushuvi yoki tilning qattiq tanglaydan uzoqligi har xil darajada bo‘ladi. Masalan, i unlisini talaffuz qilish vaqtida til maksimum darajada ko‘tariladi, pastki jag‘ ham shunday pozitsiyani egallaydi. Natijada til bilan qattiq tanglayning orasi minium darajada yaqinlashadi va og‘iz bo‘shlig‘idagi havo yo‘li ham minium darajada qisqarib, torayadi. Ana shuning uchun ham i, u fonemalari tor unlilar deyiladi. Bu yerda u bilan i ni bir qatorga qo‘yishning sababi shundaki, ularning talaffuzi vaqtida qattiq tanglay bilan tilning oralig‘i deyarlibir xil bo‘ladi. Lekin u ning talaffuzida lab faol ishtirok etganligi uchun unda lablanish hodisasi yuz beradi.
Ana shuning uchun ham a, o unlilari keng unlilar deb ataladi. e bilan o‘ tovushini talaffuz qilgan vaqtda esa til bilan qattiq tanglayning oralig‘idagi masofa i va o‘ tovushini yoki a bilan o ni talaffuz qilgandagi holatga nisbatan o‘rtacha holatda bo‘ladi. Unli fonemalarning uch bosqichli zidlanishi deyarli barcha o‘zbek tilshunoslari tomonidan e’tirof etilsa-da, lekin bu uch bosqichli zidlanishni tashkil etayotgan unli fonemalarning miqdori masalasida tilshunoslar o‘rtasida bir xillik yo‘q. Ko‘pchilik tilshunoslar Ye.D.Polivanov tomonidan ko‘rsatilgan oltita fonema borligini tan oladilar.1 Faqat professor M.Mirtojiev o‘zbek adabiy tilidagi unlilarning oltitadan ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.2 Shuningdek, fonema nazariyasi yaratilgandan buyon birinchi planda sanalib kelinayotgan fonemaning funksional tomoni rad etiladi. Xususan, muallif yozadi: “Inson tovushining ikki asosi bor: 1) akustik asos 2) biologik asos. Ba’zi adabiyotlarda yana lingvistik asos haqida ham gap boradi. Bunda esa tovushning nutqdagi vazifa tomoni nazarda tutiladi. Biroq tovush nutqda vazifa bajarmaydi, balki nutq mazmunining eng kichik bo‘lagi bo‘lgan fonemaning shakli hisoblanadi”.3 Odatda, LFM (Leningrad fonologik maktabi) vakillaridan boshqa barcha tilshunoslar fonemaga so‘z va morfemalar tarkibida kelib, ularning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan va o‘zi ma’noga ega bo‘lmagan bir yoqlama birlik sifatida qaraydilar, bu bilan fonemani ikki yoqlama birliklar – morfema va leksemalarga qarama-qarshi qo‘yadilar. M.Mirtojiev o‘zbek adabiy tilidagi unlilarni og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra an’ana bo‘yicha uch darajaga bo‘lgani holda, ularning miqdorini quyidagicha ko‘rsatadi: Tilning yuqori ko‘tarilishidagi unlilar: i, i, y, u, o‘. Tilning o‘rta ko‘tarilishidagi unlilar: e, ө, ŏ, o. Tilning past ko‘tarilishidagi unlilar: ә, ŏ, o, ə . 4 Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilida 15 ta unli ajratilmoqda. Fonemalarni ajratishda fonologik muhim va nomuhim belgilari ajratish lozim. Artikulyatsion-akustik tamoyil fonema variantlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Variantlarning akustik-artikulyatsion belgilari aniqlangandan so‘ng, bu belgilar variantlarni muayyan umumiyliklarga birlashtirish uchun xizmat qiladi. Umumiylikka birlashtirishda artikulyatsion-akustik birliklarning vazifa tomoni bosh tamoyil bo‘lib xizmat qiladi. A.M.Shcherbak turkiy tillarda uch bosqichli unlilar sistemasi haqida fikr yuritar ekan, bunday bosqichli sistema ham aslida ikki bosqichli sistemadan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.5 Yuqorida keltirilgan ozarbayjon, qozoq, o‘zbek tillaridagi yarim keng unli e, bir tomondan keng unlilar bilan, ikkinchi tomondan esa tor unlilar bilan zidlanishga 1 Абдуазизов А.А. Ўзбек тилининг фонологияси ва морфонологияси. -Б.50-51.; Решетов В.В. Узбекский язык. I. Фонетика. Ташкент: Учпедгиз, 1959. -С.357. 2 Миртожиев М.М. Ўзбек тили фонетикаси. Тошкент: Фан, 1991. –Б.20. 3Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.5. 4 Миртожиев М.М. Ўша асар. –Б.20. 5 Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. Л.: Наука, 1970. –30. kirishadi, keng unli bilan zidlanganda tor, tor unli bilan zidlanganda esa keng hisoblanadi. Bu unlining turkiy tillarda paydo bo‘lishi va uch bosqichli unlilar sistemasining hosil bo‘lishi masalasi juda ko‘p turkologlar diqqatini tortgan. Bu masalaga birinchi marta O‘rxun-Enasoy yodgorliklarini tadqiq qilish jarayonida V.Tomsen e’tiborini qaratgan.1 Og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra uch bosqichli unlilarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi turkologlarning fikrlari haqida A.M.Shcherbak batafsil ma’lumot bergan.2 Shuning uchun bu yerda ularning hammasiga to‘xtalib o‘tirish ortiqcha deb o‘ylaymiz. A.M.Shcherbakning o‘zi yarim keng unli keng unlidan cho‘ziq - qisqalik zidlanishi asosida keyinchalik paydo bo‘lgan degan g‘oyani ilgari suradi. Xullas, og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra uch bosqichli unlilar bir qator turkiy tillarda uchraydi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, nutq jarayonida bu unlilar o‘rtasidagi differensial belgi mo‘’tadillashib, bir unli kabi talaffuz qilinishi mumkin. Bunday xususiyat turkiy tillar o‘rtasidagina emas, balki bir turkiy tilning dialektal variantlari sifatida ham uchraydi. Masalan, o‘zbek tilida dedim-didim, ikki- ekki, qilgan edim-qi:gandm, achasi - echs va boshqalar. Oraliq bosqich, ya’ni yarim keng unlilar turkiy tillar tarixida keyin paydo bo‘lganligi uchun, tor unlilar bilan keng unlilar bir-biriga konkret holda (binar) zidlanadi. Lekin bu zidlanish ham nutq jarayonida mo‘’tadillashuvi mumkin. Masalan, dadasi - dedici. Bunday a - i variantli-ligi ko‘proq Namangan shevasida so‘zning ikkinchi bo‘g‘inida umlaut hodisasi asosida vujudga keladi. Shunday qilib, og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra til sathida kenglik, o‘rta kenglik, torlik farqlovchi belgilari asosida unli fonemalar ajratilsa ham, lekin nutq jarayonida bu belgilar mo‘’tadillashib (neytralizatsiya), o‘rta keng unli keng unlining ham, tor unlining ham; tor unli o‘rta keng unlining, o‘rta keng unli tor unlining; keng unli tor unlining, tor unli keng unlining o‘rnida qo‘llanib, bir fonemaning pozitsion yoki dialektal varianti maqomida ham qo‘llanishi mumkin. Nutq jarayonida unlilar artikulyatsion-akustik tomondan turli variantlarda talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, til sathida og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra uch farqlovchi belgi fonologik qimmatga ega bo‘ladi va unlilar sistemasidan o‘z qimmatiga ko‘ra joy oladi.
Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling