O‘zbek tili fonetikasi
Undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari Paydo bo‘lish o‘rni belgisi
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
Undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari Paydo bo‘lish o‘rni belgisiUndoshlar artikulyatsion tomondan o‘pkadan chiqayotgan havoning nutq a’zolarining ma’lum bir o‘rnida to‘siqqa uchrash yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Ana shu to‘siqqa uchragan nuqta ularning o‘rin belgisi sanaladi. Undoshlar ana shu belgisiga ko‘ra unlilar bilan zidlanadi. Demak, undosh-unli zidlanishida o‘ringa ega bo‘lish- bo‘lmaslik belgisi fonologik muhim belgi sanaladi. Bu belgiga ko‘ra undoshlar bir necha zidlikni tashkil etadi: lab, lab-tish, til oldi, til o‘rta, til orqa, uvulyar va faringal undoshlar oppozitsiyasi. Lab undoshlari labiallik belgisiga ko‘ra bir sinfni, bir paradigmani tashkil etadi. Demak, bunday undoshlarning barchasini bir paradigmaga birlashtiruvchi belgi lab belgisidir. Shu bilan birga bu belgi asosida bir paradigmaga birlashgan har bir a’zo boshqasida o‘ziga xos farqlovchi belgisi bilan ajralib turadi.
Xususan, lab undoshlaridan b-p zidligida jarangli-jarangsizlik belgisi fonologik muhim belgi bo‘lsa, b-m zidligida sonorlik-sonor emaslik belgisi, b-f, b-v zidligida esa portlovchilik-sirg‘aluvchilik, shuningdek, labiallik va labiodentallik belgilari fonologik muhim belgilar hisoblanadi. Til oldi undoshlari til uchining tishga tegishi natijasida hosil bo‘lish belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etadi. Shuning uchun ular bir paradigmaga birlashadi. Ayni paytda bu paradigma a’zolarining boshqa paradigma a’zolari bilan zidlanishida til oldilik belgisi farqlovchi, fonologik muhim belgiga aylanadi. Til o‘rta undoshlari til o‘rtalik belgisiga ko‘ra bir paradigmani hosil qiladi. Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi sanaladi. Til orqa (uvulyar) undoshlari til orqasida paydo bo‘lish belgisiga ko‘ra bir paradigmani tashkil etadi. Demak, bu belgi ushbu paradigma a’zolari uchun birlashtiruvchi (integral) belgi vazifasini bajaradi. Shuning uchun u har bir paradigma a’zosida takrorlanadi. Chunonchi k, g, ng, q, g‘, x undoshlari ana shu belgiga ko‘ra birlashadilar. Bu paradigma uchun papradigma hosil qilish vazifasini bajaruvchi va integral belgi sanaluvchi til orqalik belgisi ularning boshqa paradigma a’zolari bilan zidlanishida farqlovchi belgi vazifasini bajaradi. Faqat bir fonema (h) faringallik belgisiga ko‘ra boshqa undosh fonemalarga zidlanadi. Bu esa faringallik belgisining ham undoshlar uchun fonologik muhim belgi ekanligini ko‘rsatadi. Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi undosh fonemalar zidlanishida o‘rin belgisiga ko‘ra lab, til oldilik, til o‘rtalik, til orqalik, uvulyarlik, faringallik belgilari fonologik muhim belgilar sanaladi.
Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling