Unli fonemalar paradigmasi
Download 42.5 Kb.
|
1 2
Unli va undosh fonemalar paradigmasi Reja:
Unli fonemalar paradigmasi Undosh fonemalar paradigmasi Unli fonemalar paradigmasi. Tilning ko‘tarilishi darajasi (yuqori, o‘rta quyi) va lablanish-lablanmaslik belgilari kuchli pozitsiyadagi unli fonemalarning asosiy belgilari bo‘lib, bu ularning sistema hosil qiluvchi belgilari sanaladi. Unlilarning til gorizontal holatiga ko‘ra (old qator, o‘rta qator va orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar ularga nutqiy yondosh tovushlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Masalan, [q] undoshi bilan qo‘shnichilik munosabatida [a] unlisi til orqalik xossasiga ega bo‘lsa, [k] undoshi qurshovida o‘z holatini saqlaydi. Unli fonemalar yaxlit tizimni tashkil etib, bu tizim ham o‘z navbatida tizimchalarga bo‘linadi. [i] va [u] fonemalari «yuqori tor» belgisi ostida birlashib, bunday belgiga ega bo‘lmagan fonemalardan ajraladi. Biroq [i] va [u] kichik paradigmasi a’zolari farqlovchi belgilari ([i]-lablanmaganlik va [u] - lablanganlik belgilari) asosida o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi va ziddiyatda turadi. [e]-[o‘] tizimchasi «o‘rta keng» belgisiga ko‘ra [i]-[u] tizimchasidan ham, [e]-[o] tizimchasidan ham farqlanadi. Demak, unli fonemalarning har biri ikki belgidan iboratdir: [i]-yuqori, lablanmagan [u]-yuqori, lablangan [e]-o‘rta, lablanmagan [o‘]-o‘rta, lablangan [a]-quyi, lablanmagan [o]-quyi lablangan. Tilning ko‘tarilish darajasi birlashtiruvchi belgi bo‘lganda (masalan, [i], [u] unlilari «torlik» belgisi ostida birlashadi) lablanganlik-lablanmaganlik farqlovchi belgi sanaladi: [i]-lanlanmagan, [u]-lablangan. «Lablanganlik» birlashtiruvchi belgi bo‘lganda, tilning ko‘tarilish darajasi farqlovchi belgi sanaladi. Masalan, [i], [e], [a] unlilari «lablanmaganlik» umumiy birlashtiruvchi belgisiga ega, biroq «yuqori» ([i]), «o‘rta» ([e]), «quyi» ([a]) lik belgilari fonemalarning farqlovchi belgilari sanaladi. Ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida unli fonemalar bir belgi asosida uch (tor unlilar, o‘rta unlilar, keng unlilar) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan unlilar, lablanmagan unlilar), ikki belgi («tilning ko‘tarilish darajasi va lablanganli-lablanmaganlik birga olinadi») asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling