Unli fonemalar paradigmasi


Undosh fonemalar paradigmasi


Download 42.5 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1487797
1   2
Undosh fonemalar paradigmasi. Kuchli ziddiyatdagi undosh fonemalarni farqlovchi asosiy belgilar quyidagilar hisoblanadi:
a)hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra;
b)hosil bo‘lish usuliga ko‘ra;
v)ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra;
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh fonema bor. Boshqa sath birliklarida bo‘lgani kabi, fonemalarning ham asosiy belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‘lmagan belgilarga ajraladi. Ziddiyatda turgan fonemalarning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo‘lmagan belgi korrelyativ belgi deyiladi. Masalan, [b]-[p] zidlanishbda jarangli-jarangsizlik korrelyativ belgidir. Ammo til oldi va portlovchilik belgisi har ikkala fonema uchun ham xos bo‘lganligi sababli korrelyativ bo‘lmagan belgi deyiladi. Shuningdek, [x] undoshida jarangsizlik belgisi mavjud. Ammo shu belgi asosida uni boshqa fonema bilan zid qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki [p] fonemasining jarangli jufti [b] fonemasidir. [x] fonemasining esa jarangli jufti o‘zbek tili fonologik tizimida mavjud emas.
O‘zbek tilidagi 8 ta fonema uchun «jarangli-jarangsizlik» korrelyativ belgi hisoblanadi:
[b]-[p], [d]-[t], [k]-[g], [s]-[z] [j]-[ch], [j]-[sh], [g‘]-[q], [v]-[f]
«Jarangli-jarangsizlik» belgisi asosida korrelyativ munosabatga kirishmaydigan fonemalarning jarangli yoki jarangsiz jufti bo‘lmaydi. Masalan: [s], [l], [k], [m], [y], [x], [n], [r], [ng]. Qulay vaziyat tug‘ilishi bilan nutqda jarangli fonemalar jarangsizlanib, jarangli-jaranglilik ziddiyati mo‘’tadillashadi.
Fonemalarning asosiy korrelyativ belgilari farqlovchi belgi hisoblanadi. Masalan, [s] fonemasining jarangsizlik, [z] fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgidir.
Undosh fonemalarda ham asosiy belgi farqlovchilik darajasida bo‘lmasligi mumkin. Masalan, [m] fonemasining jaranglilik belgisi farqlovchi belgi sanaladi. Chunki fonema xuddi shu belgisi asosida boshqa fonema bilan ziddiyatli juftlik hosil qila olmaydi.
Undosh fonemalar artikulyatsion o‘rniga ko‘ra quyidagi binar ziddiyatli munosabatlarga kirishadi:
a)«lab-lab - til oldi»: [p]-[t]; [e]-[d]; [m]-[n]; [f]-[s]; [v]-[z]; [f]-[sh]; [v]-[l]; [v]-[r];
b)«lab-lab - til o‘rta» [f]-[y]; [v]-[y];
v)«lab-lab - til orqa» [p]-[k]; [b]-[k]; [f]-[x]; [v]-[g];
g)«lab-lab - bo‘g‘iz» [f]-[h]; [v]- [h];
d)«til oldi - til orqa» [t]-[k];[t]-[q]; [d]-[g];[s-x]; [z]-[g]; [n]-[g];
Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli munosabatlarda bo‘ladi:
a)«portlovchi-sirg‘aluvchi»: [p]-[f]; [b]-[v]; [t]-[s]; [d]-[z]; [t]-[sh];[k]-[x]; [d]-[j];[g]-[g‘];[k-][x]; [x]-[q][g]-[x];
Ayrim fonemalar affikat fonemalar bilan teng qiymatli ziddiyatda bo‘ladi: [t]-[ng], [d]-[dj];
Sirg‘aluvchi fonemalar ham affrikat fonemalar bilan teng qiymatli ziddiyat hosil qiladi: [sh]-[ch], [j]-[dj].
Yana quyidagi ziddiyatli juftliklar mavjud:
a)«portlovchi-shovqinli - burun sononti»: [b]-[m]; [d]-[n]; [g]-[n];
b)«sirg‘aluvchi - sonant»: [z]-[l]; [j]-[r];
v)«shovqinli sonant - burun sonant»: [v]-[t]; [l]-[n]; [r]-[n];
g)«yon sonant-titroq sonant»: [l]-[r];
«titroq sonant -til o‘rta sonant»: [f]-[y].
Adabiyotlar



  1. Abduazizov A.A. O’zbek tilinbing fonologiyasi va morfonologiyasi. –T.:O’qituvchi, 1992.

  2. Mengliyev B.R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Fonetika-fonologiya. Grafika. Imlo. Leksikologiya-semasiologiya. Leksikografiya. I qism Qarshi. 2004.

  3. Hamreva Y. va b. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan mashqlar t o’plami. I qism (Fonetika. Grafika. Imlo), Qarshi , Nasaf n. 2005, 85 bet

  4. Nurmonov A. O’zbek tilinbing fonologiyasi va morfonologiyasi. –T.:O’qituvchi, 1992.

  5. Aхmanоva О.S. Fоnоlоgiya. Mоrfоlоgiуа. Mоrfоnolоgiуа. –M.: Izd. MGU, 1966.

  6. SH.SHoabdurahmonov va b. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. 1980.

  7. E. Qilichev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro. 1999/

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling