O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/21
Sana15.02.2017
Hajmi2.8 Kb.
#529
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21

2. Buyruq-xitob undovlari biror ish-harakatni bajarishga undash 
yoki  harakatdan  to‘xtatish,  tinchlantirish  uchun  qo‘llanadi.  Bu  tur 
undovlardan pish-pish (mushukni), beh-beh, tu-tu-tu (tovuqni), bah-bah 
(itni) kabi undovlar hayvon va qushlarni chaqirish uchun, hayt (hayvon-
larni),  pisht  (mushukni),  kisht  (tovuqni),  chuh  (otni),  xix  (eshakni), 
qurey-qurey (qo‘yni) kabi undovlar hayvon va qushlarni haydash uchun 
ishlatilsa,  dirr,  tak  (otni),  xush,  xuush  (sigirni),  huk  (hukizni),  ishsh 
(eshakni),  chix  (tuyani)  kabi  undovlar  hayvonlarni  harakatdan  to‘xta-
tish, tinchitish yoki harakatga undash uchun ishlatiladi. 
Yuqoridagilardan  tashqari,  ko‘rsatishni  ifodalovchi  huv,  hu  kabi 
so‘zlar, urf-odat bilan bog‘liq: assalomu alaykum, vaalaykum assalom, 
hormang, bor bo‘ling, rahmat, tashakkur, balli, barakalla, ofarin  kabi 
so‘zlar ham undovlardir.  
Nutqda  ba’zi  mustaqil  so‘zlar  o‘z  ma’nosini  yo‘qotgan  holda 
undovga ko‘chishi mumkin: Kel, bir miriqib dam olaylik
Undovlarda  morfologik  usul  bilan  so‘z  yasalish  yo‘q,  biroq 
ulardan fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan so‘z yasash mumkin: dod+la, 

 
- 343 - 
voy-voy+la,  salom+lash.  Undovlar  tuzilishiga  ko‘ra  juft  va  takror 
shakllarga ega bo‘ladi: Beh-beh, oh-oh, e-voh, voy-bo‘y kabi. 
Undov so‘zlar gapda quyidagi kabi vazifalar bajaradi: 1) undalma 
vazifasida: Hoy, kim bor!? 2) degan, deb so‘zlari bilan birikib (qo‘shma 
fel  hosil  qiladi),  sifatlovchi  aniqlovchi,  hol  vazifasida:  Olisdan 
ehe...he...  degan  ovoz  eshitildi.  Unga  javoban    u  ham  ehe...he...  deb 
chaqirdi;  3)  so‘z-gap  vazifasida:  -  Assalomu  alaykum,  ustoz!  –Va 
alaykum  assalom;  4)  ayrim  undovlar  egalik,  kelishik  va  ko‘plik  
qo‘shimchalarini  olib  otlashadi  va  gapda  bosh  va  ikkinchi  darajali 
bo’qlak vazifalarini bajaradi. Masalan, a) egaShu payt uning qulog‘iga 
kimningdir  ohi  chalindi;  b)  kesim:  Orqada  qolganning  holiga  voy;  v) 
qaratqich  aniqlovchiKo‘rinar daxshatlar to‘la tush kabi, Mazlumlar 
ohining ko‘kda tutuni. (G‘.G‘.)      
 
17.3.Taqlid so‘zlar 
     Taqlid so‘zlar sharpa, tovush, sho‘la,  harakatlarning  obrazi bo‘lgan 
so‘zlardir. Taqlid so‘zlar ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tovushga taqlid 
so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar tabat va jamiyatda uchraydigan xilma-
xil  tovushlarni  nutqqa  ko‘chirilishi  asosida  yuzaga  keladi:  inga-inga, 
pix-pix,  vov,  uv,  qag‘-qag‘,  taq,  gurs,  gumbur  kabilar;  2)  harakat  va 

 
- 344 - 
holatga  taqlid  so‘zlar.  Harakat  va  holatga  taqlid  so‘zlar  tabiatda 
uchraydigan  turli  narsa  va  hodisalarning  harakat  va  holatlarni  so‘zlar 
vositasida  ifodalanishi  asosida  vujudga  keladi:  yalt, lip,  lik  - lik,  yalp  - 
yalp, bij - bij kabilar. 
    Taqlid  so‘zlar  yakka  va  takror  holda  ishlatiladi.  Takroriy  taqlid 
so‘zlar    asosida  davomiylik,  takrorlanish  kabi  ma’nolarni  ifodalanadi. 
Qiyoslang: U piq etib kuldi. U piq-piq ko‘ldi.  Tovushga taqlid so‘zlarga, 
ba’zan  –ir,  -ur  kabi  unsurlar  qo‘shilib  takror  shaklda  ishlatilganda, 
ularning  ma’nolari  kuchaytiriladi:  taq+ir-tuq+ur,  tas+ur-tus+ur, 
dup+ur-dup+ur. 
     Taqlid  so‘zlar  boshqa  turkumlardan  yasalmasa  ham,  biroq  ular 
asosida  ot  va  fe’l  turkumiga  doir  so‘zlarni  yasash  mumkin:  qars+ak, 
bizbiz+ak, sharshar+a, g‘arg‘ar+a, jizz+a kabi otlar, taq+illa, duk+illa, 
lapang+la,  milt+illa,  taq  etmoq,  lik  etmoq  kabi  fe’llar  shular 
jumlasidandir. 
      Taqlid  so‘zlar  gapda,  asosan  hol  va  sifatlovchi  aniqlovchi 
vazifalarini bajaradi. Bunda ular etgan va etib kabi so‘zlar bilan birikib 
kelishi ham mumkin.  Masalan: Sobir yaxna ko‘k choyni qult-qult yutdi
O‘rmon  bo‘ylab  boltaning  taq-taq  etgan  tovushi  taralib    sokinlikni 

 
- 345 - 
buzardi.  Simyog‘ochga  ilingan  chiroq  shamolda  taq-taq  etib  ovoz 
chiqarardi.  
      Taqlid  so‘zlar  otlashganda  ega,  to‘ldiruvchi,  qaratqichli  aniqlovchi 
kabi  vazifalar  bajaradi.  Masalan,  ega:  Bu  yerdan  to‘plarning  gumbur-
gumburi  eshitilib  turardi;  to‘ldiruvch:  Senlar  bu  yerda  vag‘ir-vug‘ur 
bilan  ovvorasanlar;    qaratqich  aniqlovchi:  Xolmurodning  kirib  kelishi 
quvnoq qiy-chuvning bosilishiga sabab bo‘ldi. 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
 
Alohida yordamchilar guruhiga mansub so‘zlar boshqa yordamchi 
so‘zlardan qanday farqlarga ega? 
2.
 
Modal so‘z va yuklamalarning umumiy va farqli tomonlarini 
qiyosiy tavsiflab izohlang. 
3.
 
Undov so‘zlar va ularning ma’no turlari haqida ma’lumot bering. 
4.
 
Taqlid so‘zlarning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat? 
5.
 
Undov va taqlid so‘zlarning umumiy tomonlarini topib izohlang. 
 
ZARURIY ADABIYOTLAR  

 
- 346 - 
1.
 
Ш.  Шоабдураќмонов,  М.Асљарова,  А.Ќожиев,  И.Расулов,  , 
Х.Дониёров    Ќозирги  њзбек  адабий  тили.  1-љисм  .Т., 
«Њљитувчи» 1980. 
2.
 
У.Турсунов,  Ж.Мухторов,  Ш.Раќматуллаев  Ќозирги  њзбек 
адабий тили. Т., «Њљитувчи» 1992. 
3.
 
М.Мирзаев, 
С.Усмонов, 
И.Расулов 
Њзбек 
тили. 
Т., 
«Њљитувчи» 1978. 
4.
 
N.Mahmudov, 
A.Nurmonov,A.Sobirov, 
D.Nabiyeva, 
A.Mirzaahmedov Ona tili. Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun 
darslik. T., «Ma’naviyat» 2005. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
- 347 - 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling