Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

Darslik bilan ishlash. 
1-topshiriqni o‘qituvchi o‘qib beradi. O‘quvchilar zanjir usu-
lida o‘qiydilar. 1-topshiriq shartiga ko‘ra lug‘atda berilgan so‘zlarni 
matndan topib, unga bog‘lanib kelgan so‘zlardan hosil bo‘lgan so‘z 
birikmalarini aniqlaydilar va daftarga ko‘chiradilar. «Do‘kon» mav-
zusi yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. 
Qanday do‘konlarni bilasiz?
Do‘konda nimalar sotiladi?
Do‘kon so‘zining tarjimasini ayting?
Do‘konda kimlar ishlaydi? 
Do‘kondan o‘zingiz biron narsa xarid qilganmisiz?
Lug‘at bilan ishlash. 
O‘quvchilarga darslikda berilgan lug‘atni o‘qish va eslab qolish 
vazifasi beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan lug‘atni og‘zaki zan-
jir usulida o‘zbekcha va ruscha variantda aralashtirib so‘raydi va 
o‘quvchilarning so‘zlarni eslab qolish darajasini aniqlaydi. 
xarid qilmoq– 
oziq-ovqat–  
kiyim-kechak-
har xil-  
xizmat ko‘rsatmoq-
Keyingi bosqichda 1-mashq sinf doskasi ikki qismga bo‘linib 
yozma bajariladi. O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni 
qo‘yib, daftarlariga yozadilar. 2-mashq. O‘quvchilar gaplarni daftar-
lariga ko‘chiradilar va lug‘at yordamida ona tiliga tarjima qiladilar. 
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda gaplarni tarjima 
qilishga yordam beradi. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling