Darslik bilan ishlash. 1-mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘zlarni
qo‘yib, daftaringizga yozing.
Muomala odobi! Istak bildirish va xayrlashishga oid so‘zlar.
Yaxshi dam oling Ko‘rushguncha
Ta’tilingiz maroqli o‘tsin Yaxshi qoling
Sog‘-salomat bo‘ling Xayr
Dam olish daqiqasi. Multimedia orqali amalga oshiriladi. Bunda
yoz fasli haqida she`r o‘qiladi. She’rning mazmuniga qarab, tasvir-
lar o‘zgarib turadi. She’r teksti ham aks ettiriladi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash. «Klaster» metodi.
Ushbu topshiriqni individual, hamkorlikda va kichik guruhlarda
bajarish mumkin. «Klaster» topshirig‘in bajarish uchun vaqt chega-
ralab beriladi. Jarayon oxirida javoblar umumlashtiriladi.
V. Darsni yakunlash.
Sizga yoz fasli yoqadimi? Nima uchun?
Bu yilgi yozgi ta’tilda qayerga bormoqchisiz?
Ta’tilga oid qanday qoidalarni bilib oldingiz?
Do‘stlaringizga qanday istaklar bildirgan bo‘lardingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |