Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


O‘ZBEK TILINI O‘QITISH USLUBIYOTI


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

O‘ZBEK TILINI O‘QITISH USLUBIYOTI
 O‘zbek tilini o‘qitish tamoyili ikkinchi tilni o‘qitishning maqsad 
va mazmuniga nazariy va amaliy jihatdan mushtarakdir. Chunki 
eshitib tushunish, so‘zlash, o‘qish va yozish kabi til faoliyati ning 
turlari bo‘yicha barcha tillarni o‘rgatishda bir xil umumdidaktik 
usullar qo‘llaniladi. O‘zbek tilini o‘qitishda faoliyat turlarining har 
biri bo‘yicha ko‘nikma va malakalar baravar rivojlantiriladi. Faqat 
o‘qishga yoki matn mazmunini tushunishga e’tibor berilgan taqdirda 
so‘z boyligi passiv shakllanadi. O‘zbek tilida o‘g‘zaki nutq, o‘zaro 
fikr almashuv, muloqotga o‘rgatish asosiy maqsad bo‘lgani tufayli 
nutq faoliyatining so‘zlash turiga ko‘proq e’tibor beriladi. Lug‘at 


14
bilan ishlash, grammatik materiallarni o‘rganish, o‘qish va yozuv 
bo‘yicha olib boriladigan mashg‘ulotlarga ana shu nuqtayi nazardan 
yondashiladi. 
Ta’lim rus va boshqa tillarda olib boriladigan sinflarda o‘zbek 
tilini o‘qitish ikkinchi tilni o‘qitishda keng qo‘llanayotgan, bir-biri-
ga asoslanadigan quyidagi beshta tamoyildan iborat: 
1. O‘qitishda amaliy kommunikativ yo‘nalishda ish tutish.
2. O‘quv materilani nutqiy vaziyat asosida bosqichma-bosqich 
izchil tarzda berish.
3. O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
4. O‘zbek tilini o‘zbek adabiyoti bilan uyg‘unlikda, uzviy bog‘lab 
o‘qitish.
5. Ta’lim va tarbiyaning birligini ta’minlash. 
6. Mazkur tamoyillarning mohiyati metodik qo‘llanmada o‘zbek 
tilini amaliy yo‘nalishda o‘qitishning ijodiy tashkil etilishini ta’minlaydi. 
O‘zbek tilini ona tili sifatida emas, balki ikkinchi til sifatida 
o‘qitilishi nazarda tutilgan holda o‘zbek tilining izchil grammatik 
kursini emas, balki ta’lim oluvchilarda o‘zbek tilida so‘zlashish, 
og‘zaki va yozma tarzda o‘z fikrini bayon eta olish ko‘nikmalarini 
rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Ya’ni o‘quvchi muayyan mavzu-
lar doirasida o‘zbekcha nutqni tinglab tushuna olishga, o‘z fikrini 
og‘zaki va yozma shaklda mustaqil ifoda eta olishga, hamda egal-
langan bilim va ko‘nikmalarini turli nutqiy vaziyatlarda qo‘llashga 
o‘rgatish nazarda tutiladi.  

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling