Ozbek tili metodikasi 4-sinf indd


II. Yangi mavzuning bayoni


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/195
Sana05.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#203720
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195
Bog'liq
ozbek tili qollanma 4

II. Yangi mavzuning bayoni. Video.Video orqali vatanimizning 
mustaqillikka erishgandan so‘nggi o‘zgarishlar tasvirlangan video 
rolik namoyish etiladi. Namoyish vaqtida mayin kuy va quyidagi 
she’r o‘qiladi. Videolavha asosida shahar ko‘rinishi haqida suhbat 
o‘tkazilganda quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin: bog‘, teatr, 
favvora, bekat, mashina, tramvay, maydon, ko‘cha, chorraha, bino, 
do‘kon, haykal.
O‘qituvchining nutqi.
«O‘zbekiston – bizning vatanimiz» mavzusidagi slayd ko‘rsatiladi. 
 
      
 
onamiz
Vatan – bu 
uyimiz
      
 
ko‘chamiz
      
 
mahallamiz
Biz-ona yurt bag‘rida
Sho‘x-u shodon bolamiz.
O‘sib-unib tez kunda
Kuch-g‘ayratga to‘lamiz.
Vatan, Vatan, jon Vatan,
Senga fido jon-u tan.
Aziz farzandlaringmiz,
Seni sevgan jonidan.
Jondek aziz Vatanga
Sodiq o‘g‘lon kerakdir.
Qalbga yoniq alanga,
Elga posbon kerakdir.
Xizmatlaringga shaymiz.
Baxting ko‘zlab yashaymiz.
Sen – mehrli quyoshsan,
Biz yulduzga o‘xshaymiz.
Vatan, Vatan, jon Vatan,
Senga fido jon-u tan.
Aziz farzandlaringmiz,
Seni sevgan jonidan.
Vatan, sen-onajonsan,
Mehribon, jonajonsan.
Toki dunyo turguncha-
Bo‘lgil mangu omon san!


22
Vatan – bu biz tug‘ilib o‘sgan joyimiz, uyimiz, oilamizdir. Biz-
ning vatanimiz go‘zal va quyoshli O‘zbekiston. O‘zbekiston boy 
va chiroyli o‘lka. Bizning o‘lka juda ajoyib, unda katta va kichik 
shaharlar bor. Vatanimizda juda ko‘p millat vakillari yashaydilar. 
Shu Vatanda bizning kelajagimiz uchun ota-onalarimiz mehnat 
qiladi. Biz ham shu Vatanga sodiq farzandlar bo‘lib yetishamiz. 
O‘zbekiston biz uchun aziz.
Respublikamiz har sohada rivojlanmoqda. Barcha viloyatlarda 
qayta qurish ishlari ketmoqda. Yangi sanoat korxonalari qurilmoq-
da. Yangidan-yangi ko‘chalar, baland binolar bunyod etilmoqda. 
Dehqonlarimiz tomonidan poliz ekinlari, bog‘bonlarimiz esa keng 
bog‘-rog‘lar barpo etib, mevali daraxtlar yetishtirishmoqda. O‘zbek 
xalqi tinch va farovon hayot kechirmoqda. O‘zbekiston – kelajagi 
buyuk davlat.
Shu jarayonda 1-topshiriq bajariladi. O‘quvchilar rasmlar aso-
sida 4-5 ta bog‘lanishli gap tuzadilar. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling