O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet100/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

Yoshlar va sport o’yinlari.
Bugun Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida shohsupaga ko‘tarilib, Vatanimiz bayrog‘ini sarbaland qilayotgan sportchilarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Sport maktablarida tarbiyalanayotgan yoshlar orasida iqtidorlilarini saralash uchun ko‘plab sport turlari bo‘yicha chempionatlar muntazam o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta’lim tizimida – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari joriy etilgani yosh avlodni sog‘lom etib tarbiyalash, sportchilarimizni jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya hamda Osiyo o‘yinlariga bosqichma-bosqich tayyorlashda yuksak samaralarini bermoqda. 
Ha, bugun yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularga chuqur bilim berishda yaratilgan shart-sharoitlar nihoyatda yuqori. Bu borada Oqoltin sanoat kasb-hunar kolleji ham yetakchilar qatoridan joy olib kelayotgani albatta, quvonarli hol. Chunki bugun kollejda 276 nafar o‘quvchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda. Shuningdek, 360 o‘ringa mo‘ljallangan bilim maskanida 100 o‘rinli o‘quvchilar turar-joyi , sport zallari, 150 o‘rinli faollar zali, 18 ming 425 ta kitobni o‘zida jamlagan axborot-resurs markaziga o‘quvchilar uchun hoziru nozir. O’tgan yili mazkur kollej qayta ta’mirdan chiqarilib, yanada ko‘rkam o‘quv markaziga aylantirildi.
– Sportning milliy kurash turi bilan olti yildan buyon shug‘ullanaman, – deydi mazkur kollej o‘quvchisi Mohigul Qurbonboyeva. – Respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etib bir necha marotaba bronza va oltin medallar sohibi bo‘ldim. Ayni damda mart oyining oxirida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida qatnashish uchun tayyorgarlik ishlarini olib borayapman. Niyatim, boshqa tengdoshlarim qatori Yurtboshimiz tomonidan qaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, jonajon O’zbekistonimizning bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘tarish, yurtimizni sport orqali jahonga tanitishdan iborat.
Darvoqe, bugun kollej o‘quvchilariga 25 nafar pedagog muhandislar va ishlab chiqarish ustalari yigit-qizlarimizning puxta bilim olishi, yetuk kasb egasi bo‘lib mustaqil ish boshlashi uchun ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. O’quvchilar esa yetuk mutaxassislar tomonidan o‘z bilim-ko‘nikmalarini boyitib bormoqda. Hozirda kollejning o‘n nafarga yaqin o‘quvchilari fan olimpiadalarining viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Bunda albatta, Prezidentimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxurliklarning o‘rni beqiyos.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling