O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Download 1.56 Mb.
bet73/126
Sana08.08.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1665858
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126
Bog'liq
O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va quril-fayllar.org

5.Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilish maqsadinibildiradi va nega?, nima maqsadda? So’roqlariga javob bo’ladi: atay(in), ataylab, jo’rtaga, qasddan, qasdma-qastiga.

6.Daraja-miqdorravishi ish-harakatning darajasini, miqdorini, belgining darajasini, narsa-buyumning noaniq miqdorini bildirib, qancha?, qay darajada? so’roqlariga javob bo’ladi: juda, eng, g’oyat(da), nihoyatda: ko’p, mo’l, bisyor, oz, kam, picha, ancha, bir talay, bir oz, ko’plab. Bular o’z ichida quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) kuchaytiruv ravishlari: a) tasdiqeng, juda, nihoyat(da), g’oyat(da), yana(da), tandi, tamomila, uncha, ozmuncha, ubdan, naq, o’ta, qoq, zir: b) inkor sira, asti, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda:
2) kuchsizlantiruv ravishlari: arang, zo’rg’a, zo’r-bazo’r, xiyol, sal, sal-pal.

Tayanch so`zlar: ravish, grammatik, xususiyat, holat, harakat, payt, belgi o`rin, daraja, miqdor.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Ravish mustaqil so`z turkumi haqida gapiring.
2.Holat ravishi qanday ifodalanadi?
3.Payt ravishi qanday ifodalanadi?
4.O`rin ravishi qanday ifodalanadi?
5.Maqsadravishi qanday ifodalanadi?
6.Daraja – miqdor ravishi qanday ifodalanadi?
Topshiriqlar

1-topshiriq. So’zlar yordamida birinchi ustunda payt ravishlarini, ikkinchi ustunda o’rin ravishlarini yozing.
Erta, oldinga, ertaga, ichkari, past, ichkarida, tashqari, hozir, hozirdan, hali, yuqoriga, avval, ilgari, o’rtada, chapda, chapdan, ertalab.


2-topshiriq: Matndan ravishlarni ajratib olib, turini aniqlang.


O’zbek maqollari.
Maqol xalq og’zaki ijodiga oid janrlardan biri sanaladi. Maqollar shaklan qisqa bo’lgani bilan ularda juda keng ma’no mujassam bo’lgan.
Тilimizning bu bebaho boyligini o’rganish bilan ajdodlarimiz qadimdan shug’ullanib kelganlar.
Mashhur qomusshunos Mahmud Qoshg’ariy XI-asrdayoq turkiy xalqlarning 400 ga yaqin hikmatli iborasining o’zining uch jildlik lug’atiga kiritgan. Ularning 250 dan ortiqrog’i shakl va mazmuniga ko’ra hozirgi o’zbek tilidagidan farq qilmaydi.
Mashhur masalchi Gulhaniy (XIX asr) 200 ga yaqin hikmatli iborani to’plab, ularni bir tizimga jamlab, “Zarbulmasal” asarini yaratgan.
Adabiyotshunos olimlarimiz “O’zbek xalq maqollari” kitobida 1800 ta maqolni 31 mavzuga ajratib tavsiflagan.
Olimlarning aniqlashicha, har bir kishi taxminan 800 ga yaqin maqol va matallar haqida tushunchaga ega bo’lar ekan. Siz-chi? Siz qancha maqolni bilasiz?


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling