O‘zbek tili


Download 1.14 Mb.
Sana07.02.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1173674
Bog'liq
undalma kirish so`z

O‘zbek tilining amaliy uslubiyati

Tuzuvchi: “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi O.D.Nasirdinova

20-mavzu

  • Gapda Grammatik aloqaga kirishmaydigan bo`laklarning uslubiy xususiyatlari

Foydalaniladigan adabiyotlar

  • Asosiy adabiyotlar:
  • 1. Begmatov E. Nutq madaniyati va adabiy norma. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1973 yil.
  • 2. O‘zbek tili grammatikasi. T. 1. Toshkent: Fan, 1975 yil. 610 b.
  • 3. Sodiqova M. Fe'l stilistikasi. Toshkent: Fan, 1975 yil. 105 b.
  • 4. Qo‘ng‘urov R. Sub'yektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari. Toshkent: Fan, 1980 yil. 164 b.
  • 5. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili stilistikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 1983 yil. 247 b.
  • 6. Qo‘ng‘urov R., Karimov S. O‘zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati. Bibliografik ko‘rsatkich. Samarqand, 1984 yil

Foydalaniladigan metodlar:

  • “BBB” texnologiyasi – “20 ta bilim”
  • “Zanjir” texnologiyasi – stilistik terminlar zanjiri.

Gapda grammatik aloqaga kirishmaydigan bo‘laklar


Undovlar
Undalmalar
Kiritmalar

Undovlar uslubiyati

  • Undovlar ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi xilma-xildir. Bir undov so‘z turli xil ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma'nolarni ifodalashi mumkin.
  • Voy, bu ishni qilish mumkin emasmi? (ajablanish)
  • Voy-voy, qo‘lim (azoblanish), Voy, kim bu?! (qo‘rqish)
  • Voy, esimdan chiqibdi. (achinish)
  • Voy-voy, shu she'rni o‘zingiz yozdingizmi? (kesatish)
  • Voy, buncha chiroyli ko‘ylak (hayratlanish)
  • Voy sen shu ishni qildingmi? (ajablanish).

Misollar

  • Badiiy asarda undovni oz yoki ko‘p qo‘llash asarning janr xususiyatiga ko‘ra farqlanadi.
  • Oh, mening ortimdan ovvora onam,
  • Bir parcha yuragi ming pora onam (M.Yusuf)
  • Dramatik asarlarda undov ko‘p ishlatiladi. Sahnada so‘zlashuvchilarning turli ruhiy holatini, hayajonini yaqqol gavdalantirishiga yordam beradi.

Undalmalar uslubiyati

  • Tilshunoslikda so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxs, narsa-predmetni anglatuvchi gap uzvi undalma sanaladi.
  • O‘zbek tilshunosligida undalmalarning semantik-sintaktik xususiyatlari atroflicha yoritilgan. Gapning bu uzvi keyingi yillarda murojaat birliklari termini bilan ham maxsus tadqiq etildi.

Undalma turlari

  • 1. Stilistik neytral undalmalar. Bunday undalmalarda nutq subyektining baho xarakteristikasi neytral bo‘ladi.
  • Ustoz, onlayn darslar qachon tugaydi?
  • 2. Baho xarakteristikasini ifodalovchi undalmalar. Bunday undalmalar emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lib, faqat nutq adresatini ifodalamay, uni xarakterlaydi, unga munosabat bildiradi.
  • Ustozim, har bir onimiz hayot maktabi ekanligini angladim.

Misollar

  • Qizalog‘im, bilmaysan hali
  • Muammosi olamning-olam
  • Ojiz charxga to‘zim bergali
  • Dadang nadir, insoniyat ham. (E.Vohidov)

Kiritmalar uslubiyati

  • Kiritmalar gap strukturasiga nutq paytida tug‘ilib qolgan ehtiyoj, zaruriyat tufayli to‘satdan kiritiladi. Natijada fikr tinglovchiga to‘la yetib boradi. O‘ziga xos uslubiy vazifa bajaradi: Onam (o‘gay) meni qiynagani-qiynagan. (A.Qahhor) O‘z bolalari yo‘g‘ida ermak bo‘lgan Nazmi (asli ismi shunday edi) keyinchalik ortiqcha bo‘lib qoldi. (Shuhrat)
  • Kiritmalar ko‘proq badiiy uslubda qo‘llaniladi.

E’tiboringiz uchun tashakkur


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling