Tuzuvchi: “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi O.D.Nasirdinova 20-mavzu - Gapda Grammatik aloqaga kirishmaydigan bo`laklarning uslubiy xususiyatlari
Foydalaniladigan adabiyotlar - Asosiy adabiyotlar:
- 1. Begmatov E. Nutq madaniyati va adabiy norma. Toshkent, “O‘zbekiston”, 1973 yil.
- 2. O‘zbek tili grammatikasi. T. 1. Toshkent: Fan, 1975 yil. 610 b.
- 3. Sodiqova M. Fe'l stilistikasi. Toshkent: Fan, 1975 yil. 105 b.
- 4. Qo‘ng‘urov R. Sub'yektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari. Toshkent: Fan, 1980 yil. 164 b.
- 5. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili stilistikasi. Toshkent: O‘qituvchi, 1983 yil. 247 b.
- 6. Qo‘ng‘urov R., Karimov S. O‘zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati. Bibliografik ko‘rsatkich. Samarqand, 1984 yil
Foydalaniladigan metodlar: - “BBB” texnologiyasi – “20 ta bilim”
- “Zanjir” texnologiyasi – stilistik terminlar zanjiri.
Gapda grammatik aloqaga kirishmaydigan bo‘laklar
Undovlar
Undalmalar
Kiritmalar
Undovlar uslubiyati - Undovlar ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi xilma-xildir. Bir undov so‘z turli xil ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma'nolarni ifodalashi mumkin.
- Voy, bu ishni qilish mumkin emasmi? (ajablanish)
- Voy-voy, qo‘lim (azoblanish), Voy, kim bu?! (qo‘rqish)
- Voy, esimdan chiqibdi. (achinish)
- Voy-voy, shu she'rni o‘zingiz yozdingizmi? (kesatish)
- Voy, buncha chiroyli ko‘ylak (hayratlanish)
- Voy sen shu ishni qildingmi? (ajablanish).
Misollar - Badiiy asarda undovni oz yoki ko‘p qo‘llash asarning janr xususiyatiga ko‘ra farqlanadi.
- Oh, mening ortimdan ovvora onam,
- Bir parcha yuragi ming pora onam (M.Yusuf)
- Dramatik asarlarda undov ko‘p ishlatiladi. Sahnada so‘zlashuvchilarning turli ruhiy holatini, hayajonini yaqqol gavdalantirishiga yordam beradi.
Undalmalar uslubiyati - Tilshunoslikda so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxs, narsa-predmetni anglatuvchi gap uzvi undalma sanaladi.
- O‘zbek tilshunosligida undalmalarning semantik-sintaktik xususiyatlari atroflicha yoritilgan. Gapning bu uzvi keyingi yillarda murojaat birliklari termini bilan ham maxsus tadqiq etildi.
Undalma turlari - 1. Stilistik neytral undalmalar. Bunday undalmalarda nutq subyektining baho xarakteristikasi neytral bo‘ladi.
- Ustoz, onlayn darslar qachon tugaydi?
- 2. Baho xarakteristikasini ifodalovchi undalmalar. Bunday undalmalar emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lib, faqat nutq adresatini ifodalamay, uni xarakterlaydi, unga munosabat bildiradi.
- Ustozim, har bir onimiz hayot maktabi ekanligini angladim.
Misollar - Qizalog‘im, bilmaysan hali
- Muammosi olamning-olam
- Ojiz charxga to‘zim bergali
- Dadang nadir, insoniyat ham. (E.Vohidov)
Kiritmalar uslubiyati - Kiritmalar gap strukturasiga nutq paytida tug‘ilib qolgan ehtiyoj, zaruriyat tufayli to‘satdan kiritiladi. Natijada fikr tinglovchiga to‘la yetib boradi. O‘ziga xos uslubiy vazifa bajaradi: Onam (o‘gay) meni qiynagani-qiynagan. (A.Qahhor) O‘z bolalari yo‘g‘ida ermak bo‘lgan Nazmi (asli ismi shunday edi) keyinchalik ortiqcha bo‘lib qoldi. (Shuhrat)
- Kiritmalar ko‘proq badiiy uslubda qo‘llaniladi.
E’tiboringiz uchun tashakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |