O`zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek tili kafedrasi


Download 71.65 Kb.
bet10/16
Sana16.06.2023
Hajmi71.65 Kb.
#1519081
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
BOBONAZAROVA SEVARANING

Yigitlarig ishlatu,
Yag`ach yamish irg`tu,
Qulan keyik avlatu,
Bazram qilib avnalim.

Ma’nosi: O`yin-kulguni tasvirlab deydi: Yigitlarni ishlatib, daraxt mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir necha kun bayram qilib yayraylik.


Bu baytda shoir, o‘yin-kulgi va tabiat ne’matlaridan zavq olib, yayrab yashash kerakligini tasvirlashga harakat qilgan.


Jaratti jashil jash,
Savurdi o`rung qash,
Tizildi qara qush,
Tun, kun uza yurkanur.

Osmonni ta’riflaydi: tangri osmonni feruza rangida ko`m-ko`k qilib yaratdi. Yulduzlar bilan bezadi. Uzukka ko`z qo`ygandek, qosh oq uzuk uchun ishlatiladigan tosh – mezon yulduzi (turkcha qora qush) unda tuzildi. Kecha bilan kunduz bir-birining ustiga qoplanadi.


Yuqoridagi baytda, tabiatning buyuk ne’mati bo‘lmish osmon va yulduzlar, osmonning sofligi, musaffoligini tasvirlaydi. Bunda tashbih, ya’ni o‘zshatish san’atidan keng foydalanadi.
Qizil, sariq arqashib,
Jerkin, yashil yuzkashib,
Bir-bir kero` yo`rkashib,
Yalinguq ani tanglashur.

Qizil, sariq gullar bir-biriga suyanishib, yashil rayhonlar bir-biri bilan o`ralishib korinadi. Ularni ko`rgan kishi tang qoladi, hayron qoladi.


Bu baytda tabiatdagi bir-biridan go‘zal, insonga zavq-shavq bag‘ishlovchi gullarning go‘zalligi. Ularni ko‘rgan kishining bahri-dili ochilishi tasvirlangan.
Yay ko`rkinga inanma,
Suvlar uza tayanma.
Esizligig anunma,
Tildan chiqar ezgu so`z.

Bahor korkiga, uning rang-barang gullariga, chiroyliligiga ishonma, undan yaxshilik umid qilma. Suvga tayanma, chunki dunyo ne’matlarining shirinligiga, bahor go`zalligiga suyangan kishi suvga suyanganlar kabidir. Yomonlikka otlanma, tilingdan doim xalq sendan minnatdor bo`ladigan yaxshi so`zlar chiqar





Download 71.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling