O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 4-kurs “D” guruh talabasi Komilova Madinaning
Qo‘shimcha vazifa va ko‘rsatmalar
Download 60.97 Kb.
|
O’quvchilarkompetentliginioshirishdaadabiyotdarslariningahamyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar_______________
6. Qo‘shimcha vazifa va ko‘rsatmalar ____________________
7. Kurs (ishi) loyihasini bajarish rejasi
Rahbar_______________ (imzo) KIRISH Biz yashayotgan dunyo so‘nggi yillarda nihoyatda o‘zgarib ketdi. Xususan, Vatanimiz tarixida XX asrning 90-yillarida olamshumul voqealar ro‘y berdi: mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanladi, rivojlanishning o‘zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Xalqimizning huquqiy demokratik jamiyat barpo etish zaruriyati dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, eski aqidalardan tamoman voz kechish, istiqlol mafkurasini shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirishni taqazo etmoqda. Bunda ijtimoiy fanlar rivoji ulkan ahamiyat kasb etadi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov to‘g‘ri takidlaganlari kabi: “Ko‘p asrlik tariximiz shuni ko‘rsatadiki, inson dunyoqarashi shakllanishida ma’rifatning, xususan, ijtimoiy fanlarning o‘rni beqiyos. Bu jamiyatda tilshunoslik bo‘ladimi, tarix, falsafa, siyosashunoslik bo‘ladimi, psixologiya yoki iqtisod fani bo‘ladimi barchasi ularning intellektual kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega”. Tilshunoslik, ya’ni lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‘lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o‘rganadi. Til – bu ijtimoiy hodisa, u kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo‘lib, jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun ham tilning kishilik jamiyatidagi roli beqiyosdir. Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan til va uning muhim xususiyatlari haqida turli tushunchalar, fikrlar va nazariyalar vujudga kelgan. Ba’zi olimlar tilni hayvon, o‘simlik kabi jonli narsalarga o‘xshatib tabiatdagi tirik organizm deb tushungan va shunday deb da’vo qilishgan. Ular til tirik organizm singari, tabiat qonunlariga itoat qilgan holda tug‘iladi, o‘sadi, taraqqiy qiladi, eskiradi, eng oxirida esa o‘ladi, deb tushunganlar. XIX asrning o‘rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan bu nazariya tilshunos olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi, tilni tirik organizm deb tushunish ancha kuchayadi. Kishilar til orqali bir-birlari bilan munosabatda bo‘ladilar, bir-birlariga fikr va istaklarini yetkazadilar. Demak, til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmagandek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi Tafakkur bilan tilning, aniqroq qilib aytganda, fikr bilan so‘zning o‘zaro munosabati juda murakkab jarayondir. Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham kishilargagina xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan bog‘liqdir. Ammo bunda tafakkur bilan tilni aynan bir xil narsa deb tushunish xatodir. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni, fikrni ma’lum bir shaklga solib, so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi. O‘zining boy tarixi va katta lug‘at boyligiga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘z navbatida nutqiy jarayonda qo‘llanishning ham bitmas tuganmas imkoniyatlariga ega. O‘zbek tilining hozirgi taraqqiyot bosqichi uning barcha yaruslarida tasviriy stilistik imkoniyatlarining kengligidan dalolat beradi. Ta’lim jarayonida uning ana shu stilistik resurslar bilan tanishtirib borish, ulardan nutqiy jarayonda foydalanish sirlarini o‘rgatish, fanni o‘qitish oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Ammo bu stilistik resurslar o‘zbek tilining barcha qatlamlarida bir xil emas. Birida oz, ikkinchisida ko‘p darajada. Masalan, leksik yarusdagi stilistik imkoniyatlarni fonetik vositalardan talab qilib bo‘lmaydi. Ammo tasviriylikning oz yoki ko‘p bo‘lishidan qat’iy nazar ularning barchasi muhim bir vazifaga , nutqning to‘g‘ri, aniq, mantiqiy, ta’sirchan, xullas, mukammal bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu yo‘l orqali funksional jihatdan farq qiladigan nutq uslubi o‘zaro bog‘liqlikda, aniq ifoda bilan hamda tarixiy shakllangan va an’anaviy muomala muhiti bilan aloqada bo‘lgan tilning barcha sathlarida so‘zlashishning alohida akslari shaklida amalga oshiradigan vositalar bilan yaratiladi. Nutq ta’sirchan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi uchun undan foydalanuvchi tilning stilistik resurslarini va me’yorini yaxshi bilishi lozim. O‘zbek tili badiiy uslubining shakllanishi uzoq davrlarga borib taqaladi. Xususan, “Devoni hikmat”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibbat – ul haqoyiq”, “Qissai Yusuf”, “O‘g‘uznoma”, “Xusrav va Shirin”, “Muhabbatnoma” singari adabiy-tarixiy yodgorliklardan axtarish lozim bo‘ladi. Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tili bilan bir qatorda uning badiiy uslubi ham yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Badiiy uslubning hozirgi mavqei uning o‘zbek tili funksional uslublari doirasida allaqachon shakllanib bo‘lganidan dalolat berib turibdi.[1] Badiiy uslublarni to‘laqonli tasavvur qilishimiz uchun zarur yana bir muhim tomoni uning shakllanishidagi yozuvchi shaxsi masalasidir. Yozuvchining so‘z ustida ishlashi – bu uning ijod jarayonida matnni qayta-qayta ko‘zdan kechirish voqeaning, obrazning tasvir va bayonning ta’sirchan turlicha variantlarini ishlatish, so‘zlarni qarama-qarshi yoki ma’nolarda qo‘llash ana shu ijodiy ter to‘kishning mahsuli hisoblanadi. Badiiy uslubda yaratilgan nazmiy va nasriy asarlarda badiiy tasvir vositalarining qo‘llanishi, ularda qushlar nomi bilan bog‘liq ko‘chimlar alohida o‘rin egallaydi. Bu esa she’riyatda ko‘proq uchraydi. – Jahon tilshunosligi taraqqiyot tarixini ko‘zdan kechirish, undagi eng qimmatli lingvistik an’analarni rivojlantirish muayyan sabablar bilan bog‘liq: – Tilshunoslik yutuqlariga nisbatan bo‘lgan lingvistik munosabatga barham berildi; – Strukturalizm va uning ko‘rinishlariga ijodiy yondashish vujudga keldi; – Hozirgi zamon tilshunosligi ko‘pgina hal qilinmagan muammolarni o‘rganish uchun o‘tmish tilshunosligi yutuqlarini tanqidiy nuqtai nazardan ko‘zdan kechirish zarurligi amaliy jihatdan isbotlandi. Tilshunoslik tarixi shundan dalolat beradiki, linvistik nazariyalar taraqqiyoti eng muhim falsafiy oqimlar rivojiga antik davrdan to shu kunga qadar asosan mos keladi. – tilshunoslikni jahon madaniyat va sivilizasiyasining muhim boy qismi sifatida o‘rganish; – tilshunoslik g‘oyalari, muammolari oqimi, maktabi va yo‘nalishlarini tavsiflashda umuminsoniy va milliy qadryatlarning uyg‘unligi tamoyiliga amal qilish; - xilma-xil tilshunoslik ta’limoti va turli qarashlari bir butunligining ifodasi sifatida talqin etish; - mavzularni aniq sharoit jarayonlar bilan bog‘liq tavsiflash ularni ifodalashda dalil va misollarga tayanish; - har bir mavzuni istiqlol va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq holda tushuntirishga erishdi.[1] Keyingi paytlarda o‘zbek tilining taraqiyyoti, adabiy til normalari, badiiy so‘z mas’uliyati, so‘zning badiiy nutqdagi ustuvor o‘rni kabi masalalarga jiddiy e’tabor qilinmoqda. Bu o‘rinda nuqsonlar-u, yutuqlar davr ruhiga mos ravishda oshkora, dangal aytilmoqda. Tilshunosligimizning eng muhim va qiziqarli sohalaridan biri bo‘lgan uslubiyat ham yildan-yilga ilmiy ishlar bilan boyib, ko‘pgina yutuqlarga erishmoqda. Uslubiyatning vazifasi jonli nutqimizning rang-barangligini, bo‘yoqdorligi va nozikdorligini mukammal ifodalash, uning milliy xususiyatlarini ochib, nutqimizning barcha boyliklarini tinglovchiga etkazishdir. Uslubiyat o‘zbek tilshunosligida, badiiy adabiyotning obrazlarini hayotiy yutuqlarini mukammal yuzaga chiqaruvchi asosiy vositadir. Ona tilimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tmishda ham turk tili nomi bilan atalib kelgan o‘zbek tili oltoy tillar oilasiga mansubdir. Oltoy tillar oilasi uch guruhdan iborat: Fin- ugor tillar guruhi; Manjur –tungus tillar guruhi; Mo‘g‘ul –turkiy tillar guruhi. O‘zbek tili mana shu mo‘g‘ul-turkiy tillar guruhidan bo‘lib, undagi turkiy tillardan biridir. Tillarning rivojlanishi ham jamiyat va tabiatning rivojlanishi, harakat qilishi va o‘zgarishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu jamiyatimiz qonunidir. “Tilning tirikligi xalqning mavjudligidir. Tilsiz xalq yo‘q. Til va xalq, jon ila tan. Bular qaror topgan va himoya qilingan tuproq O‘zbekiston diyorimizdir”. O‘zbek tili haqidagi qonun sof o‘zbek tilimizning jaranglashiga imkon beradi. Ko‘pdan kutilgan bu qonun jonli tilimizda yanada ravnaq topishi, boyishiga va e’tibordan chetda qolib ketishi, so‘zlashuv nutqidan chetda qolib ketgan va zanglay boshlagan so‘zlarni yana muloqotga kiritdi. Masalan, ota-ona so‘zining bir necha nomi bor: padar, buzruk, buzrukvor; ona – volida, oyi, aya, opa, onaxon, ocha kabilar. Bizning tilimiz so‘zga boy til, faqat bular o‘rniga qarab ishlatilishi lozim. Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy va uning zamondoshlari tili ham arxaik tilga aylanib bordi. Natijada ilk bor o‘zbek tiliga asos solgan adibning so‘zlarini adabiy tilimiz boyligi lug‘atga singdirildi. Xuddi shunday Lutfiy, Bobur, Nodira, Uvaysiy, Furqat va Muqimiy asarlarini juda ko‘p nodir so‘zlariga izohlar berildi, lug‘atlar tashikil etildi. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling