O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi
Download 196 Kb.
|
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org
Xulosa
3
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan so„ng Respublikamizda ta‟lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko„tarish, yuksak ma‟naviyatli shaxslar tarbiyalashning yangi tizimini barpo etish, yurt kelajagi uchun barkamol, yetuk, salohiyati yuksak avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yo„nalishiga aylandi. Bu borada, avvalo, ta‟lim jarayonida ta‟lim va tarbiya uyg„unligi tamoyilini keng yo„lga qo„yib, yuksak ma‟naviyatli, barkamol avlodni tarbiyalash dolzarb masalalardan biri qilib belgilab qo„yildi. Zero, Yurtboshimiz aytganlaridek, “Ta‟limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‟limdan ajratib bo„lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. 1 Bugungi kunda O„zbekiston Respublikasining “Davlat tili to„g„risida”gi, “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonunlari va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ”ga muvofiq yangilangan pedagogik tafakkur barcha fanlar oldiga yangicha talablarni qo„ymoqda. Xususan, ona tili ta‟limining bosh maqsadi yoshlarimizni ijodiy fikrlashga, o„z fikrini erkin va ta‟sirli qilib yozma va og„zaki shaklda ifodalashga, o„zbek tili qonun-qoidalarini ongli o„zlashtirishga hamda nazariy bilimlardan o„rinli va to„g„ri foydalana olish ko„nikmasini o„stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, Vatanimizga, milliy an‟analarimizga, boy ma‟naviyatimizga mehr- muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratildi. Shu bilan birga ta‟lim mazmunining yangilanishida “o„quvchi o„quv jarayonining faol ishtirokchisi” tamoyiliga o„tildi. Dars jarayonining samaradorligini oshirish, o„quvchilarning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirib, ma‟naviy-tarbiyaviy jihatdan yetuk inson bo„lib yetishishida zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanib, noan‟anaviy tarzda dars o„tish, shuningdek, o„quvchilarning grammatik savodxonligi, ijodiy fikrlash qobiliyati, topqirligi, nutqi va fanga bo„lgan qiziqishini orttirish maqsadida turli xil o„yin-topshiriqlar, boshqotirma va topishmoqlardan foydalanib, dars jarayonini 1 Karimov I.A Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – T. : Ma‟naviyat, 2008, 62-b. 4
ta‟kidlaganlaridek: “Fan – taraqqiyot demakdir. Fanni yuksak rivojlantirmay, Vatannning kelajagi haqida gapirish qiyin” 2 . Yoki “Xalq ta‟limi, yosh avlodga ta‟lim va tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlar talab qiladi ” 3 . Bu talablar asosida nutq o„stirish turadi. O„quvchilar nutqini o„stirishda iboralar va tasviriy ifodalar asosiy vosita hisoblanadi. Ibora va tasviriy ifodalarni o„quvchilar nutqida o„rinli qo„llay olish malakalarini hosil qilish ishning dolzarbligi sanaladi. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling