O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi» fani bo‘yicha tayyorlangan


Download 4.54 Mb.
bet33/81
Sana28.09.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1689121
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua YANGI

Mashq va topshiriqlar

  1. mashq. Matnni o‘qing va yozma nutqning mohiyatini ochuvchi so‘z, atamalarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.

Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar o‘rtasida aloqa, fikrlashish, so‘zlashishniamalga oshirishda yaqqol ko‘rinadi. Nutq faoliyatikishilaming bir-birlariga tushunarli bo‘lgan til vositasidao‘zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og‘zaki tarzda va yozma tarzda. Yozma nutq og‘zaki nutqdan so‘ng yozuv ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bolaklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko‘rsatiladi. Yozma nutq og‘zaki nutq kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, balki u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilanaloqa bog‘lash vositasidir. Yozma manbalar orqali biz o'tmish tariximizni o‘rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz. Yozma nutq doirasiga ilmiy nutq, badiiy nutq, shuningdek, hujjatlar, ommaviy axborot vositalari uchuntuzilgan yozma matnlar kiradi. Yozma nutq savodxonligi har bir kishidan o‘z fikr-qarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalariga, adabiy til me’yorlariga rioya qilgan tarzda ifodalashni talab qiladi.

  1. mashq. Gaplami o'qing. Yozma nutqqa xos atamalami ko‘chirib yozing va lug‘aviy ma’nolarini izohlang.

  1. Yozma adabiy tilning madaniyligi, adabiy me’yorlari alifbo va imlo qoidalarining mukammal va puxtaligiga ham bog'liq. 2. Yozma matnning mazmuni, ma’no qirralari, sintaktik va grammatik munosabatlarini aniqlashda tinish belgilari muhim o ‘rin tutadi. 3. Mustaqim Mirzayev fidoyi tilshunos sifatida har kuni ikki-uch soatlik ish vaqtlarini gazeta va jumallar tilini o‘rganish, ulardagi adabiy me’yor buzilishlarini aniqlash, bunday xatolarni guruhlash va bartaraf etish choralari bo'yicha tavsiya yozishga sarflar, bu ishdan hech erinmas edi. 4. Nutq madaniyatining saviyasi tilning talaffuz va imlo, grammatik, leksik va uslubiy me’yorlaridan to ‘g‘ri foydalana bilish darajasi bilan belgilanadi. 5. Fikrdagi qusur, so‘zdagi xatolarni vujudga keltiradi, so‘zdagi kemtiklar esa ishdagi xatolarni keltirib chiqadi ( Pisaryev). 6. Qalam — eng yaxshi muallim, qalamdan chiqqan nutq hozirgina o ‘ylanganidan ko‘p yaxshiroqdir (Sitseron). 7. Daryodagi gavhar o‘z jilvasini g‘avvos tufayli namoyish qilganiday, til ham o‘z qudrati va nafosatini nutq ahli vositasida zuhur etadi (A. Navoiy)

  1. mashq. Yozma nutq savodxonligiga erishish xususidagi o‘z fikr-mulohazalaringizni bayon etib matn yarating.

TESTLAR
1. Adabiy me'yorning qanday ko'rinishi mavjud ?
A. Fonetik
B. Uslubiy
C. Imloviy
D. Og‘aki va yozma
2.O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri nechaga bo’linadi?
A. 5
B. 10
C. 7
D. 8
3.Hujjat matni qanday talablar asosida ko‘riladi ?
A.Xolislik, aniqlik
B. Ixchamlik, lo‘ndalik
C. Mazmuniy to‘liqlik
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
4.To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A. O‘zbekiston qahramoni, Oliy majlis
B. “Mustaqillik" ordeni, “Jasorat” medali
C.Bolajon kafesi, “Do‘stlik ordeni"
D. “Saodat” jurnali, Oydin gazetasi
5. Nutq me’yorlarini aniqlang?
A.Diаlеktаl mе’yor.
B.So‘zlаshuv nutqi mе’yori.
C.Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori.
D. Barcha javoblar to‘g‘ri



Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling