O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 18/1 guruh talabasi Sultonova Dilorom Bahromjon qizining


O’quvchilarni baholash me’zonlari


Download 0.93 Mb.
bet14/16
Sana13.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1193093
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Dilorom kurs ishi

O’quvchilarni baholash me’zonlari:rag’bat va jarimalar orqali amalga oshiriladi.

Uyga vazifa: Zulfiya she’rlaridan yod olish va savollarga javob berishga tayyorlanish.



Xulosa


Zulfiya Respublika Davlat Mukofoti sovrindori, O‘zbekiston xalq shoirasi, xalqaro “Nilufar” mukofoti, Mehnat Qahramoni unvoni va “Do‘stlik” ordeni sohibasidir.
Zulfiyaninng hizmatlari munosib taqdirlangan. Shoira 1985-yilda Mehnat
Qahramoni unvoniga, 1965-yilda “O‘zbekiston xalq shoirasi” unvoniga sazor bo‘di. 1994-yilda Zulfiya mustaqil respublikamizning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Uzluksiz ta’lim tizimi dastur va darsliklarida Zulfiya hayoti va ijodiy merosini o‘rganishga e’tibor berilgan, shoiraning yuksak badiiyat namunasi bo‘lgan she’rlaridan na’munalar keltirilgan.
Biz yuqorida she’rlar tahlilini ko‘rib chiqdik. She’rlar tahlili o‘quvchilarda ijodkorlikka havas uyg’otadi, tahlil qilish malakasi tarbiyalanadi.
Bundan tashqari, internet tarmoqlarida deyarli barcha yozuvchi va shoirlarimizning hayoti va ijodi bo‘yicha ma’lumotlar, ularning asarlari asosida suratga olingan videofilm, telefilm, “Umr daftari” turkumida tayyorlangan elektron materiallar ham mavjudki, bular adabiyot darslarini har tomonlama qiziqarli tashkil etishda o‘qituvchiga katta yordam beradi. 7-sinfda Zulfiya hayoti va ijodiga doir videotasmalar, “Umr daftari” deb nomlangan ko‘rsatuvdan yozib olingan lavhalarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etish mumkin. Bu ishlarning samarali amalga oshirishda asosiy omil o‘quvchilarning o‘z mehnatlari samarasini, go‘zalligini ko‘rishlari, his qilishlaridir.
Uzluksiz ta’lim tizimi dastur va darsliklarida Zulfiya hayoti va ijodiy merosini o‘rganishga e’tibor berilgan, shoiraning yuksak badiiyat namunasi bo‘lgan she’rlaridan na’munalar keltirilgan. Istardikki, kelajakda yaratiladigan dasturlarda shoira ijodiga ajratilgan dars soatlari yanada kengaytirilsa, darslik va majmualarda keltiriladigan she’rlarining miqdori ko‘paytirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
1999-yil 10-iyundagi Birinchi Prezidentimiz I. Karimovning “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq adabiyot, san’at, madaniyat, fan, ta’lim sohalarida faol, tashabbuskor qizlar ushbu mukofotga sazovor bo‘lmoqda. Ayni shu kunlarda ularning soni 200 nafardan oshgani, ayniqsa, quvonarli.
Bugungi kunda Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning tashabbusi bilan «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti sohibalari sonining kengayganligi va magistratura mutaxassisligiga imtiyozli kirish imkoniyatining berilishi shoira xotirasiga hurmatdir.
Zero, bugungi kunda yuksak ma’naviyatli, barkamol avlod tarbiyasida XX asr o‘zbek adabiyotimizning ko‘pgina na’munalari singari shoira Zulfiya lirikasi ham muhim ahamiyatga egadir.
Kamdan-kam uchraydigan iste’dod sohibasi Zulfiya asarlarining estetik ahamiyati juda kattadir. Uning she’riyati xalqimizning ruhiy-ma’naviy olamini boyitishga ko‘maklashaveradi.
Shu o’rinda, adabiy ta’limda Zulfiya Isroilova hayoti va ijodini o’rganishda zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish ham ta’lim tizimida katta ahamiyatga ega bo’lib qolmoqdadir. Davr talabi hisoblanggan zamonaviy texnalogiyalar asosidagi innovatsion darslarga bugunggi kunda ehtiyoj yuqori bo’lmoqda. Yanggicha dars o’tish uslubi va pedtexnalogiyalar asosidagi darslar samarasi yuqori. Shunday ekan buyuk iste’dod sohibasi bo’lgan Zulfiya hayoti va ijodini o’rganishda ham zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish muhim. Kelgusida ham bu masala o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Zero, Zulfiyadek buyuk ijodkor hayoti va ijodini o’quvchilarga yanada kengroq va to’laroq yetkazib berish bizning eng avvalgi vazifamiz demakdir.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling