O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 234-guruh talabasi rajabova azizaning davlat tilida ish yuritish fanidan
Download 3.75 Mb.
|
DTI mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: BUYRUQ.
- FARMOYISH HUJJATLARI
URGANCH DAVLAT PEDOGOGIKA INSTITUTI FILOLOGIYA VA TARIX FAKULTETI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO‘NALISHI 234-GURUH TALABASI RAJABOVA AZIZANING DAVLAT TILIDA ISH YURITISH FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: FARMOYISH HUJJATLARI (BUYRUQ, BUYRUQDAN KO‘CHIRMA , KO‘RSATMA , FARMOYISH) REJA:
TAYANCH SO‘ZLARTAYANCH TUSHUNCHALAR:BUYRUQ, BUYRUQDAN KO‘CHIRMA, KO‘RSATMA, FARMOYISH,INDIVIDUAL BUYRUQ. FARMOYISH HUJJATLARI Bu turdagi hujjatlar, asosan, tashkilot rahbari (direktor)ning buyruq, ko‘rsatma, farmoyishi hamda tashkilot (muassasa) qarorlari asosida yuzaga keladi.
BUYRUQ Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo'llanadi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiyfaoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bulaming ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbir belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbarlar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish,kredit ajratish, mahsulotni sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish hamda ishlami tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritadi. Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilami tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasigakiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, muayyan bir shaxsga emas,balki butun jamoaga qaratiladi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling