O’zbek tili va adabyoti yo’nalishi 6-20-guruh talabasi Abdullayeva Farangiza mavzu: Xondamirning makorim ul axloq asarida Navoiy shaxsiyati va ijtimoiy faoliyatiga doir qarashlar


Download 205.65 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi205.65 Kb.
#1609060
1   2   3
Bog'liq
Farangiz

Xondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma’naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida to‘liq ma’lumot beradi.

  • Alisher Navoiy tarjimai holi va uning fazilatlari haqida maktab xrestomatiyalari va darsliklarida ham ko‘plab lavhalar keltirilgan, ilmiy ishlar yaratilgan. Bularning barchasiga Xondamirning «Makorim ul-axloq» kitobida keltirilgan materiallar ham asos bo‘lganligiga shubha yo‘q.
  • U bolalik davridan boshlab ilm olishga harakat qiladi. Yigitlik davrida olim va fozillar yig‘inlarida ishtirok etadi. Mustaqil holda kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi. Samar­qandda Xoja Fazlulloh Abullaysiydan saboq oladi.
  • Hirotda shoirning do‘sti Husayn Boyqaro hokimiyatni qo‘lga olgach, Navoiy Hirotga qaytadi va «Bunda eng yuqori mansab – amirlik darajasiga ko‘tariladi. Hukumat arboblarining rahbarligini, butun xalq va hukumat maqsadlarini hal qilishni, mamlakat va millat ishlarini tartibga solishni, din va davlat ahvolini intizomga qo‘yishni o‘z ustiga olish bilan birga, butun vaqtini kitob iboratlarini tuzatish, ma’nolarini tekshirish, dalillar bilan isbot etish, masalalarni hal qilish, naq­liy (eshitish orqali bilingan, o‘zlashtirilgan bilim) ilmlarning sirlarini va aqliy fanlarning nozik nuqtalarini topishga harakat qildi».

Amirlik lavozimidagi Navoiy atoqli olimlar, san’at ahllarini ham ma’naviy, ham moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi, talabalarga nafaqalar belgilab, chuqur va mus­tahkam bilim olishlari uchun madrasalar qurdiradi. «Xalosiya» xonaqohi, «Ixlosiya», «Shifoiya», «Nizomiya», «Xusraviya» madrasalari shular jumlasidan bo‘lib, bu o‘quv dargohlarida zamonasining yirik olimlari saboq beradi. Fuqaro va darveshlar uchun saxovat ishlarini boshlab yuboradi. Masalan, «Xalosiya» xonaqohida u har kuni mingdan ortiq miskinlarni ziyofat qilib, laziz taomlar tarqatadi. Har yili muhtojlarga 2000ga yaqin po‘stin, chakmon, ko‘ylak-ishton, taqiya (do‘ppi) va kavsh ulashadi.

  • U qurdirgan rabotlar, hovuzlar, ko‘priklar, hammomlarning son-sanog‘i yo‘q edi. Buzilgan obidalar, masjidlar uning rahnamoligida qayta ta’mirlanadi. Alisher Navoiy qobiliyati va zehnining o‘tkirligi tufayli har ikki tilda – turkiy va forsiyda bab-baravar badiiy yuksak she’rlar yozadi
  • Uning turkiy tilda Nizomiyning «Panj ganj»i­ muqobilida yaratilgan besh dostondan iborat «Xamsa» asari, 25 ming baytni o‘z ichiga sig‘dirgan turkiy g‘azallardan tuzilgan turkiy devoni - «Xazoyin ul-maoniy»ga bolalik, yigitlik, o‘rta yosh va, nihoyat, keksalik davrida yozilgan g‘azallari tartib berilgan..
  • E’tiboringiz uchun rahmat.

Download 205.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling