O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim


Olim bo„lish oson, odam bo„lish qiyin


Download 5.53 Mb.
bet102/119
Sana18.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1558683
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119
Bog'liq
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F

Olim bo„lish oson, odam bo„lish qiyin. Odatda, ilm olishni igna bilan quduq qazishga mengzashadi. Haqiqatda, yangi bilimni o‗zlashtirish nihoyatda qiyin, uning zahmatlari bisyor. Ammo xalqimizning oqilona xulosasicha, odam bo‗lish bundan-da qiyin, bundan-da mushkul. Har bir millatning o‗ziga xos va o‗ziga mos mental xususiyatlari to‗la-to‗kis mujassam bo‗lgan vakiligina shu millatning komili hisoblanadi. Shu ma‘noda bog‗chada, boshlang‗ich sinfda chet tilini birlamchi o‗ringa ko‗tarish mumkin emas. Chunki bu yoshda bola ruhiyati, fikrlash qobiliyati, o‗ylash imkoniyati, ta‘bir joiz bo‗lsa, qaysi millatga daxldor ekanini belgilovchi ruhiy-hissiy xususiyati kabilarga poydevor qo‗yiladi, bu yoshda chet tiliga asosiy e‘tiborni qaratish o‗zbekona tarbiyaning negizini qirqishdir.

Ilm insonni olimlik darajasiga ko‗tarsa; milliy til, uning bag‗rida jamuljam bo‗lgan milliy xususiyatlar majmui til egasini zamonasining allomasi, piri komili, odamiylik martabasiga musharraf etadi. Hech bir jamiyat va davlatda hammaning olim bo‗lishi talabi qo‗yilgan emas va qo‗yilmaydi ham. Ammo har bir jamiyat va yurtda jamiyat vakilining chin inson bo‗lishiga doimo kun tartibidagi eng dolzarb masala sifatida qaraladi.

    1. Milliy til milliy tafakkurni yaratadi. Shuni hаm unutmаslik lоzimki, insоndа eng qiyin, eng kеyin o‗zgаrаdigаn jihаt bu uning tаfаkkuri hisоblаnаdi. Til tаfаkkurning mеvаsi ekan, bolaning dastlab qaysi tilda savod chiqarishi, qaysi tilni o‗rganishi uning tarbiyasini, tafakkur tarzini belgilab beradi. Milliy tilda savod chiqargan farzand milliy tafakkur qiladi, milliy muomala madaniyatini o‗ziga asta- sekinlik bilan singdira boradi, milliy o‗ylaydi, milliy so‗zlaydi. Bir so‗z bilan aytganda, unda ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz shakllantirgan sof milliy dunyoqarash, milliy o‗tirib-turish tarzi, milliy o‗zlik naqshlanadi. ―Bolalikda olingan bilim toshga o‗yilgan naqsh, qarilikda olingan bilim muzga o‗yilgan naqsh‖, degan xulosaga bekorga kelinmagan. Shu ma‘noda dastlabki, ya‘ni bolalikdagi tafakkur mustahkam, sobit bo‗lgani uchun ham uni milliy negizda shakllantirish har bir millat yashashining asosiy shartidir. Tаfаkkur

zоhiriy vа bоtiniy оlаmning insоn оngidа umumlаshgаn, til bilаn ifоdаlаnаdigаn in‘ikоsi ekan, dеmаk, MILLIY TIL TА‘LIMIGА E‘TIBОR birinchi zаrurаtdir.


    1. Download 5.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling