O‘zbek tili va uning ta’limi taraqqiyoti: muammo va yechim
Download 5.53 Mb.
|
36296 1 7E659536556E8ECFE56DD30D1582002199F3694F
(dunyoni buzadi; xullas bag‗-bug‗ etti qat ko‗kdan oshadir)
...birav yor-yor o‗qub, tag‗in bittasining quvonchi ichiga sig‗may xaxolab dunyoni buzadi, xullas bag‗-bug‗ etti qat ko‗kdan oshadir. [3:54] (ipidan-ignasigacha bo‗lg‗an qiziq holini; miridan sirini ajratib) Hasanali bekning hozirg‗i ipidan-ignasigacha bo‗lg‗an qiziq holini uzoq kuzatib turdi. [3:26] O‗g‗lining miridan sirini ajratib o‗lturg‗uchi ona yana olazarak og‗rig‗ig‗a yo‗liqdi. [3:160] (boshi qotib; miyasini qotirg‗an; bosh og‗ritish; miyasi juda shishkan) Ziyo akaning boshi qotib oxirda so‗radi...[3:43]. Azizbekning otalig‗i va kengashchisi‖ bo‗lg‗an Yusufbek hojining o‗g‗li bo‗lishi uning miyasini qotirg‗an... [3:78] Boyag‗i mukofotlar qo‗rboshini chinlab bosh og‗ritishg‗a majbur etar edi. [3:94] Mana shuningdek masalalar bilan O‗zbek oyimning miyasi juda shishkan edi. [3:359] (qirq quloq bo‗lib, uning og‗ziga tikilgan; og‗zini poylag‗an ) Bu holda butun majlis ahli qabziyatda, qirq quloq bo‗lib, uning og‗ziga tikilgan edilar. [3:102] Oshiqib og‗zini poylag‗an Oftob oyimg‗a qutidor bir iljayib qo‗ydi... [3:48] (bosh to‗lg‗ag‗an; bo‗yin to‗lg‗amas; bosh toblab; bosh tortqan) Bu taqdirda itoatdan bosh to‗lg‗ag‗an Toshkand ustiga albatta Musulmonqul zolim qo‗shin tortar. [3:269] Bizlar limaslahatan nima desak, ul bo‗yin to‗lg‗amas. [3:269] Uzoqlamay Normuhammad qushbegi Qo‗qondan bosh toblab o‗z oldig‗a mustaqil hukumat e‘lon qilg‗an bo‗ldi... [3:271] Itoatdan bosh tortqan Toshkandga qarshi Musulmonqulning tepa sochi tik turib, adab berish niyatida safar jabdug‗ini tuzdi. [3:270] (kosa-kosaga tekkanda g‗idi-g‗idi gaplar ko‗paysa; o‗rtadan so‗z chiqg‗anini eshitsa) – Gap unda emas, - dedi hoji, - umr, murosa degan gaplar bor, ayniqsa kundashlik ishi qiyin, kosa-kosaga tekkanda g‗idi-g‗idi gaplar ko‗paysa, bizga emas, o‗g‗lingga ham tatimay qoladir. [3:302] Yusufbek hoji ma‘lum aldanishdan so‗ng yurt ishidan qo‗l yuvg‗an, ko‗b vaqtini mehmonxonada ―Qur‘on‖ va ―Daloyil‖ o‗qib kechirar, kundash orasi buzilib, o‗rtadan so‗z chiqg‗anini goho eshitsa, ikkala kelinni o‗z oldig‗a chaqirtirib, ularni qator o‗tqazar edi. [3:359] Yuqorida ko‗rsatilgan phrical /syn:- razmetkalarida ―phrical‖ taksonomiyani ifodalasa, ―syn‖ sinonim so‗z ma‘nosini beradi. Bular turg‗un razmetka, ularga semantik maydon nomi sifatida qarash mumkin. ― :- ‖kabi ikkinchi darajali razmetkalar operator/klassifikator bo‗lib, LMGlarga razmetkalikni bildiradi hamda so‗z ma‘nosini aniqlashtirishga xizmat qiladi. ―phrical /syn― razmetkali konstanta bo‗lib, umumiy – uskuna degan izohni beradi; leksik-semantik maydonga mansublikni ifodalaydi; phrical /syn:- kosa-kosaga tekkanda g‗idi-g‗idi gaplar ko‗paysa; o‗rtadan so‗z chiqg‗anini eshitsa phrical /syn:- qirq quloq bo‗lib, uning og‗ziga tikilgan; og‗zini poylag‗an phrical /syn:- bosh to‗lg‗ag‗an; bo‗yin to‗lg‗amas; bosh toblab; bosh tortqan phrical /syn:- lom demay o‗lturgan; miq etmay o‗ltura ber phrical /syn:- dunyoni buzadi; xullas bag‗-bug‗ etti qat ko‗kdan oshadir kabi ma‘nolarni bildiradi, ma‘noni aniqlashtiradi. phrical /syn:- razmetkali konstanta maqomida, agar syn:- razmetkadan keyin yana izoh qo‗shilsa, operator razmetkalar hosil bo‗ladi. Abdulla Qodiriy ―O‗tkan kunlar‖ asari matnini avtomatik- semantik razmetkalashda quyidagi modeldan foydalanadi: t: sinek:- sinekdoxa Asardagi barcha kuyida tahlil kilingan sinekdoxa shu model ostida beriladi. Demak, sinekdoxaning quyidagi ko‗rinishlari mavjud. Biz Abdulla Qodiriyning "O‗tkan kunlar" romanida uchragan ko‗rinishlarinigina tahlil qilamiz: Abdulla Qodiriyning "O‗tkan kunlar" romanida sinekdoxaning butun o‗rnida qism ko‗rinishi ko‗p uchraydi: t: sinek.q:- ko‗z nurimiz, yoshliq ko‗zlar, nozik oyoqlar ...Otabekka etib ma‘lum va ravshan bo‗lg‗aykim, ... ko‗z nurimizning duoyi jonini... rabbulolamindan rajo va tamanno etmakdamiz. [3:35] Yoshliq ko‗zlar ariq bo‗yig‗a tushib, nozik oyoqlar ariq bo‗yi tomong‗a harakatlandilar. [3:50] Hammom bilan ul ... faqat jong‗ina so‗raydir, majruh ko‗kslarga o‗qqina otadir. [3:53] Yuqorida keltirilgan jumlalardagi ko‗z nurimiz birikmasi sinekdoxa bo‗lib, farzandimiz, Otabek ma‘nolarini; yoshlik ko‗zlar, nozik oyoqlar birikmalari esa Kumushbibi nomini, ko‗kslarga so‗zi esa yuraklarga ma‘nosini ifodalagan. Bu alamzada, zulmdiyda yuz eng so‗ngg‗i kurashka hozirlang‗an bir yigit edi... [3:235] gapidagi yuz so‗zi sinekdoxa bo‗lib, butunni qism nomi atash ma‘nosida, inson, odam ma‘nolarida kelgan. ...ikkinchi yoqdan o‗zini asir etkan shahlo ko‗zlar unga nafratlanib qarag‗andek bo‗lurlar... [3:136] jumlasida ham yuqoridagi tarzda shahlo ko‗zlar sinekdoxasi Kumushbibini anglatadi. Butunni qism nomi bilan atash holati quyidagi matnda birdan ortiq o‗rinda kelgan: Ikki jon, ikki yurak go‗yoki bittadek biri - birisini onglar, birisidan - birisiga o‗tib yurar edi shu vaqt. [3:151] Bu o‗rinda ikki jon, ikki yurak birikmalari sevishgan yoki Otabek bilan Kumush so‗zlari o‗rnida qo‗llangan. Xoin ila sotilg‗an ko‗zlar to‗qnashdilar - da, bir - birisidan ma‘no olishdilar. [3:93] Bu jumladagi sinekdoxa qo‗rboshi ma‘nosida, xoin so‗zi esa Homid so‗zi o‗rnida ishlatilgan. Asarda bir matnning ichida sinekdoxalar uyushib kelgan o‗rinlar ham uchraydi: Qarichg‗a keladigan uzun soqollar, boshdag‗i xun olud siyrak sochlar, bo‗zarg‗an yuzlar, qong‗a belanib, yarim ochiq holda qorachiq o‗rnida "bir oqliq bosqan ko‗zlar dunyoga va hayotka la‘nat o‗qug‗andek qaraydirlar. Ayniqsa bir bosh, ehtimolki hali 20 yilni ham o‗tmagandir, murti ham chiqmag‗an. [3:80] Bu matndagi uzun soqollar, siyrak sochlar, bo‗zarg‗an yuzlar, ko‗zlar sinekdoxa bo‗lib, jon taslim qilayotgan kishilar, murdalar ma‘nosida, bosh leksemasi esa yigit so‗zi o‗rnida qo‗llangan. Adib sinekdoxalarni o‗rinli va mahorat bilan qo‗llab, urush dahshati hamda bevaqt o‗lim manzarasini o‗quvchi o‗ngida yaqqol gadalantiradi. Romanda sinekdoxaning jins o‗rnida tur munosabati aks etgan ko‗rinishlari ham uchraydi: t : sinek.j:- hayvon, don Lekin hayvon uning qayrilg‗an qanotig‗a qaramasdan o‗zining eski adim tashlashida... tanish shahariga intilgandan intila beradir. [3:139] Bunda ot o‗rnida hayvon so‗zining qo‗llanishi sinekdoxadir. Bitta "don" hozmini ham tasavvur qilmag‗an uning me‘dasi ketma-ket tushib turg‗an luqmalarni e‘tirozsiz qabul qilmoqda edi. [3:190] Bu gapda don leksemasi gurunch so‗zi o‗rnida qo‗llangan sinekdoxadir. Ko‗rib o‗tganimizdek, asardan olingan bir necha misollarning o‗ziyoq "O‗tkan kunlar" romanida lug‗aviy sinekdoxalarning mahorat bilan ishlatilgani, ularning hissiyot uyg‗otish kuchi va xususiyatini ro‗y - rost ko‗rsatadi. Xulosa o‗rnida shuni aytish joizki, til korpusi birliklarini semantik razmetkalashda so‗zning sememalariga alohida e‘tibor qaratish lozim. To‗g‗ri, korpus tilning barcha sememalarini xuddi izohli lug‗atlardagidek ochib berolmaydi. Chunki til korpusida so‗zlarning birikuvchanligini ko‗rsatuvchi formulalar chegaralangan bo‗ladi. Ularni izohli lug‗atdagidek ko‗paytirish mumkin, ammo qidiruv yaxshi natija bermaydi, natijalarda chalkashlik yuzaga keladi. Download 5.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling